Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
157
yaxshiliklardan mast bo‘lib turganlarida "ularni to‘satdan ushladik. Bas,
butunlay nomurod bo‘ldilar" (An’om, 44). Ya’ni, hamma yaxshiliklardan noumid
bo‘lurlar.
335. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning:
"Odamlarning qaysilariga balolar qattiqroq keladi?" deb so‘rashdi. Aytdilarki:
"Payg‘ambarlarga, keyin solihlarga keyin shularga o‘xshashlarga".
Aytilishicha, uch narsa yaxshilik xazinasi: Sadaqani, og‘riqni, musibatni yashirish.
Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Havoriylardan bir kishining kitobidan ushbularni ko‘chirib
yozdim: "Agar sen balolar yo‘liga tushib qolsang, ko‘zing quvonsin. Chunki bu yo‘ldan
payg‘ambarlar va solih kishilar yurgandir. Agar rohatli yo‘l boshlansa,
sen nafsingga
yig‘lagin. Ularning yo‘lidan adashtirilibsan".
Zikr qilinishicha, Muso alayhissalomga ham Alloh shunga o‘xshash vahiy yuborgan.
Fath Mavsuliydan zikr qilinadi. U kishining ahliga bir balo yetgan ekan. Shunda: "Ey
Parvardigor, koshki meni qaysi amalim uchun ikrom qilganingni bildirsang edi, uni
ziyoda qilardim", degan ekanlar.
336. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. U zot: "Kimning moli
kamayib, bolalari ko‘paysa, namozi yaxshi bo‘lsa, musulmonlarni g‘iybat qilmasa, u kishi
men bilan qiyomat mana shunday keladi", deb ikki barmoqlarini birlashtirib ko‘rsatdilar.
337. Mujohid rivoyat qiladilar. Abu Hurayra (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) aytdilar:
"Allohga qasamki, men ochlikdan ko‘kragimni yerga berib, katta toshni qornimga bog‘lab
olardim. Bir kuni kattalar o‘tadigan yo‘lda o‘tirib, ularning o‘tishini kutib turdim. Abu
Bakr Siddiq (r.a.) o‘tdilar. Shunda men u kishidan meni uyiga boshlab ketsinlar uchun
Qur’ondagi bir oyat haqida so‘radim. O‘tib ketdilar-u, lekin unday qilmadilar.
Keyin Umar
(r.a.) o‘tdilar. U kishidan ham shu maqsadda bir oyatni so‘radim. U kishi ham o‘tib
ketdilar. Shundan so‘ng Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘tdilar. Meni ko‘rgach,
holatimni bilib tabassum qildilar. Keyin: "Ey Abu Hurayra, menga ergash", dedilar va
oldinda yurib ketdilar. Men u zotning orqalaridan yo‘lga tushdim. Uylariga yetganimizda
kirishga ruxsat so‘radim. Ruxsat berganlaridan keyin uyga kirib, bir suti bor idishchani
topdim. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam so‘radilar: "Bu qaerdan keldi?" "Falonchi
sizga hadya qildi", deyishdi. "Ey Abu Hurayra", dedilar menga Rasululloh. "Labbay", deb
javob berdim. "Borib suffa ahlini chaqirib kel", dedilar. Bu so‘z meni xafa qildi. Ichimda,
bu sutga suffa ahlining nima haqqi bor,
axir buni ichib, bir oz quvvat olishga men
haqliroqman-ku, deb o‘yladim. Lekin Alloh rasulining toatida bo‘lishim lozim bo‘lganligi
uchun bu gapdan to‘xtab, ularni chaqirdim. Ular kelib kirishga ruxsat so‘rashdi, ruxsat
berganlaridan keyin, joylarini topib o‘tirishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey
Abu Hurayra, idishdagi sutni olib, ularga ber", dedilar. Ularga birma-bir bera boshladim,
ular sutdan to‘ygunlaricha ichishar, keyin idishchani menga qaytarishar edi. Hammalari
to‘yganlaridan keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yetdi.
U kishi idishchani
olib: "Ey Abu Hurayra", dedilar. "Labbay, yo Rasululloh", dedim. "Ikkalamiz qoldik.
O‘tirib sen ham ichgin", dedilar. O‘tirib icha boshladim. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam, ich, deganlarida ichaverdim, u kishi to‘xtovsiz, ich, der edilar, to‘yib oxiri
aytdimki: "Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, endi ichishga joy
qolmadi", deb u kishiga idishchani berdim.
U zot Allohga hamd aytib, sutdan ichdilar".
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
158
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari (r.a.) ochlik aziyatlaridan
qiyinchilikda edilar. Ular sabr qildilar va Alloh bu qiyinchiliklarni ketkazdi. Shuningdek,
kim sabr qilsa, Alloh undan qiyinchiliklarni yengil qilib qo‘yadi. Albatta, yengillik sabr
bilandir va qiyinchilik bilan birga yengillik bordir. Solih bandalar qiyinchilik kelsa,
xursand bo‘lishar va Allohdan savob umid qilishar edi.
Muslim ibn Yasor aytadilar: "Bahraynga
kelganimda meni bola-chaqali, boy, qullari
xizmatida bo‘lgan bir xotin mehmon qildi. Lekin uni xafa ko‘rdim. Ketayotganimda:
"Senda biron hojat bormi?" deb so‘radim. "Ha, – dedi u, – agar shahrimizga kelsang,
yana menikiga tush". Bir necha yil o‘tdi. Keyingi kelganimda darvozasida bironta qulni
ko‘rmadim. Kirishga ruxsat so‘rab, ichkariga kirsam, u xursand edi. "Bu nima hol?"
dedim. "Sen ketganingdan keyin kimni dengizga jo‘natsam, g‘arq bo‘laverdi. Quruqlikka
kimni yuborsam, u ham halok bo‘laverdi.
Qullar ketdi, farzandlar o‘ldi", dedi u. Unga:
"Allohning rahmati bo‘lsin senga, seni avval xafa ko‘rgan edim, hozir esa, xursandsan",
dedim. "Ha, u kunlarda mening dunyoim ko‘p edi, – dedi u, – Alloh hasanotlarimni shu
dunyoda berganmikin deb qo‘rqar edim, mol, farzand va qullarim ketgach, Allohdan
umid qildimki, shoyad oxiratim uchun ularni zahira qilgan bo‘lsa".
338. Hasan Basriy rivoyat qiladilar: "Sahobalardan biri johiliyatda tanigan bir ayolni
ko‘rib qoldi. U bilan bir oz gaplashdi. Keyin u ayol bilan ajrashdi
va unga qarab-qarab
keta boshladi. Birdan devorga urildi va yuzida bir iz paydo bo‘ldi. U Payg‘ambar (a.s.)
huzurlariga kelib, voqeani so‘zlab berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Agar Alloh taolo biror bandasiga yaxshilikni iroda qilsa, uning gunohiga jazoni shu
dunyoda beradi".
Ali ibn Abu Tolib (r.a.): "Men sizlarga Allohning kitobidagi eng umidbaxsh oyatning
xabarini beraymi?" dedilar. "Ha", deyishdi. Shunda ularga Sho‘ro surasidagi quyidagi
oyatni o‘qib berdilar:
Do'stlaringiz bilan baham: