"Ey insonlar! Sizlarga ne bir musibat yetsa, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa –
gunoh sababli yetur. Yana U ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) avf qilib
yuborur" (30-oyat). Keyin dedilar: "Dunyodagi musibatlar gunohlar tufaylidir. Agar
Alloh taolo bandasini dunyoda gunohi uchun jazolasa, dunyoda ham, oxiratda ham
ikkinchi bor azoblamaydi. Alloh taolo bunday qilishdan pokdir".
339. Oyisha onamiz (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U
zot (a.s.) aytdilar: "Mo‘minga biror musibat kelsa, hatto tikan kirsa yoki undan katta
narsalar yetsa, Alloh shu sababli uning gunohlarini to‘kadi".
____________
Do'stlaringiz bilan baham: |