Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Parvardigorlari tomonidan salovot va rahmat bordir"; "Agar shukr qilsanglar



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/628
Sana21.07.2021
Hajmi1,37 Mb.
#125298
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   628
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn

Parvardigorlari tomonidan salovot va rahmat bordir"; "Agar shukr qilsanglar
albatta, ziyoda qilaman", dedi; agar gunohlarni qilaverib, uning gunohlari kufrgacha 
yetsa, keyin tavba qilsa, tavbasini qabul qilib, uni yaxshi ko‘radi:  
"Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutuvchilarni sevadi" 
(Baqara, 222); agar sizlarga berilgan narsalar Jabroil va Mikoilga ham berilganda
ularning ajrlari kattaroq bo‘lardi. Bas, Alloh taolo aytdiki:  
"Menga duo qilinglar, Men ijobat qilaman" (Fofir, 60). 
 
350. Yahyo ibn Jobir Toiydan rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Kim o‘zining o‘n ikki yoshli farzandini o‘zidan oldin oxiratga kuzatsa, u kishi uchun 
undan ko‘ra ajri buyukroq va mahbubroq narsa bo‘lmaydi". 
 
Aytiladi: Sabr qilish musibatga birinchi to‘qnashganda muhimdir. Chunki vaqt o‘tgach, 
kishi xohlasa ham, xohlamasa ham, sabr etadi. Oqil musibatning avvalida sabr qilgan 
kishidir. 
 
Ibn Muborakning o‘g‘illari vafot etdi. Bir majusiy ta’ziyaga kelib aytdi: "Oqil inson 
bunday kunda johil besh kundan keyin qiladigan ishni qilmog‘i lozim". Bu gapni eshitib 
Ibn Muborak: "Bu hikmatni yozib olinglar", dedilar. 
 
351. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim musibat yetgan kishiga 
ta’ziya bildirsa, uning ajri kabi unga ham ajr bo‘ladi". 
 
352. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Sabr uch xil bo‘ladi. Toatga sabr 
qilish, musibatga sabr qilish va gunohdan tiyilish uchun sabr qilish. Kim musibatga sabr 
qilib, uni go‘zal suratda qaytarsa, Alloh unga uch yuz darajani yozadi. Kim toatga sabr 
qilsa, Alloh unga yetti yuz darajani yozadi va kim gunohdan sabr bilan tiyilsa, Alloh unga 
to‘qqiz yuz darajani yozadi. Har darajaning orasi yerning tagidan to arshgacha bo‘lgan 
masofaning ikki barobaridir". 
 
Ibn Abbosdan rivoyat. U kishi aytadilar: "Alloh taolo Lavhul-mahfuzda yozgan birinchi 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
163
narsa: Men Allohman, Mendan boshqa iloh yo‘q, Muhammad Mening elchimdir. Kimki 
qazoi qadarimga o‘zini topshirsa, balolarimga sabr etsa va ne’matlarimga shukr qilsa, 
uni siddiq deb yozaman va qiyomat kunida siddiqlar bilan turgizaman, kim qazoi 
qadarimga taslim bo‘lmasa va balolarimga sabr etmasa, ne’matlarimga shukr qilmasa, 
Mendan boshqa ilohni topib olsin". 
 
Ibn Muborak aytadilar: "Musibat bittadir. Agar musibatzada dod-voy solib, to‘polon qilsa, 
ikkita bo‘ladi". Ya’ni, musibati ikkitaga aylanadi. Birinchisi – o‘sha musibatning o‘zi, 
ikkinchisi – musibatga berilgan ajrning ketmog‘i. Bu esa, musibatning eng kattasidir. 
 
353. Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Kimga musibat yetsa, menga bo‘lgan musibatni eslasin, chunki u musibatlarning eng 
kattasidir". 
 
354. Yana Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Kim jannatni yaxshi ko‘rsa, yaxshiliklarga shoshiladi. Kim do‘zaxga tushishdan qo‘rqsa, 
shahvatlarni tark qiladi. Kim o‘limni kutsa, lazzatlarni tark etadi. Kim dunyoda turib, 
dunyoni tark qilsa, unga musibatlari yengil bo‘ladi". 
 
Ba’zi kitoblarda oltita satr zikr qilingan: Birinchi satr – kim dunyoga haris bo‘lib tong 
ottirsa, Alloh taologa g‘azab qilgan holda tong ottiribdi; ikkinchi satr – kim o‘ziga 
tushgan musibatdan shikoyat qilsa, Rabbidan shikoyat qilibdi; uchinchi satr – kim 
rizqining qaerdan kelishiga parvo qilmasa, Alloh uning qaysi eshikdan do‘zaxga kirishiga 
parvo qilmaydi; to‘rtinchi satr – kim xatolar qilib kulsa, do‘zaxga kirganda yig‘laydi; 
beshinchi satr – kimning eng katta g‘ami shahvat bo‘lsa, Alloh uning qalbidan oxirat 
qo‘rqinchini oladi; oltinchi satr – kim boyga boyligi uchun tavozu’ qilsa, ikki ko‘zi och 
kambag‘alga aylanadi. 
 
___________________ 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   628




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish