Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/628
Sana21.07.2021
Hajmi1,37 Mb.
#125298
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   628
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn

 
O‘TTIZINCHI BOB 
TAHORATNING FAZILATLARI 
 
355. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmatiga olsin) Abu Umoma 
Bohiliydan rivoyat qiladilar: "Men Amr ibn Abasaga: "Qanday qilib, Islomning to‘rtinchisi 
bo‘lding", dedim. Aytdilarki: "Men odamlarning zalolatda ekanini ko‘rardim. 
Sanamlardan boshqa narsalarni bilmasdim. So‘ng bir kishidan Makkadagi xabarlarni 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
164
eshitdim. Ulovimga minib, Makkaga keldim. Bu kunlarda Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam yashirin da’vat etardilar. Chunki qavmlari u zotning ishlariga to‘sqinlik qilar edi. 
Men u kishiga o‘zimni bildirib, oldilariga kirdim va: "Siz kimsiz?" deb savol berdim. U 
kishi: "Men payg‘ambarman", dedilar. Men: "Payg‘ambar degani nima?" deb so‘radim. 
"Allohning elchisi", dedilar. "Alloh sizni yubordimi?" dedim. "Ha", dedilar. "Sizni qaysi ish 
bilan yubordi?" deb so‘radim. "Allohni bir demog‘imiz va Unga hech narsani sherik 
qilmasligimiz, butlarni sindirish va qarindoshlikni bog‘lashimiz uchun", dedilar. "Siz bilan 
yana kimlar bor bu ishning boshida?" dedim. "Hurlar va qullar bor", dedilar. O‘shanda u 
kishi bilan birga Abu Bakr va Bilol bor edi. Men: "Sizga ergashaman", dedim. "Sen 
hozirgi kuningda hech ham qodir bo‘lmaysan. Hozir sen uyinga qayt va mening ishim 
ko‘ringanini eshitsang, menga ergash", dedilar. So‘ngra ahlimga qaytib, musulmon 
bo‘ldim". 
 
Amr ibn Abasa hikoyalarini davom ettiradilar: "O‘sha kunda men Islomdagi to‘rtinchi 
kishi bo‘lganman. (Ya’ni, o‘sha vaqtda bu to‘rttalaridan boshqa musulmon yo‘q edi). 
So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qildilar. Ulovimga minib, 
men ham Madinaga keldim va u zotning oldilariga kirib: "Ey Rasululloh, meni 
taniyapsizmi?" dedim. "Ha, tanidim, – dedilar, – Makkada mening oldimga kelgan sen 
emasmiding?" "Ey Rasululloh, Alloh sizga o‘rgatgan narsalardan menga ham o‘rgating", 
dedim. "Bomdod namozini o‘qiganingdan keyin quyosh chiqquncha namoz o‘qima. 
Quyosh chiqayotganda ham namoz o‘qima, to ko‘tarilguncha. Chunki u shaytonni ikki 
shoxi orasidan chiqadi. Shu vaqt kofirlar unga sajda qilishadi. Agar bir nayza bo‘yi yoki 
undan ko‘proq ko‘tarilsa, namoz o‘qiyver. Chunki namoz farishtalar hozir bo‘lib, guvohlik 
beradigan amaldir. Quyosh qiyomga yaqin bo‘lsa ham, namoz o‘qima, chunki bu paytda 
jahannam qizdiriladi. Agar zavolga ketsa, namozingni o‘qiyver, chunki namoz shohidlik 
beruvchidir. Keyin asrni o‘qi, uni o‘qiganingdan keyin quyosh botgunicha namoz o‘qima. 
Chunki u shaytonning ikki shoxi orasida botadi. Bu payt kofirlar sajda qilishadi", dedilar. 
Men aytdim: "Ey Allohning payg‘ambari, tahoratdan xabar bering". "Sizlardan kim 
tahorat qilishga kelsa, keyin og‘ziga suv olib, g‘arg‘ara qilsa, keyin burnini chaysa, qilgan 
xatolari og‘zidagi va burnidagi suv bilan yuvilib ketadi. So‘ng Alloh buyurganidek yuzini 
yuvsa, yuzining xatolari suv bilan chiqib ketadi. Keyin Alloh buyurganidek qo‘lini 
tirsagigacha yuvsa, Alloh qo‘llarining xatolarini suv bilan chiqarib yuboradi. Keyin Alloh 
buyurganidek boshiga mash tortsa, boshidagi, sochining atrofidagi xatolar suv bilan 
chiqib ketadi. Keyin Alloh buyurganidek ikki oyog‘ini to‘piqlari bilan yuvsa, ikki 
oyog‘ining va barmoqlarining atrofidagi xatolari suv bilan chiqib ketadi. Keyin turib 
Allohga hamd va sano aytib, ikki rak’at namoz o‘qisa, onasidan yangi tug‘ilgandek 
gunohlardan xoli bo‘ladi", dedilar u zot sollallohu alayhi vasallam. 
 
356. Faqih aytadilar: Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilindi: Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam: "Alloh taolo xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsalarni sizlarga 
aytaymi?" dedilar. "Ha", deyishdi. "Qiyinchilik vaqtlarda tahorat qilish, makruh 
narsalarga sabr etish, masjidlarga qadamlarni ko‘paytirish, namozning ketidan namozni 
kutish. Bu ishlar sizlarga qo‘rg‘ondir" (ya’ni, dushmandan qo‘rg‘ondir). 
 
Faqih aytadilar: Otam (r.a.) Abdulloh ibn Salomdan rivoyat qildilar: "Alloh tushirgan 
kitoblarning ba’zisida o‘qidimki, kim har tahorat ketganda, tahorat qilsa, xotinlarning 
huzuriga ko‘p kiravermasa, nohaqdan mol topgan bo‘lmasa, Alloh uni hisobsiz dunyo 
bilan rizqlantiradi". 
 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   628




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish