22
muvofiqligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
7
Budjetlashtirishda asosiy e’tibor xarajatlar ob’ektidan mablag‘larni
davlatning strategik maqsadlarini ijrosini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan
davlatning dasturlarini amalga oshirishga ajratilishiga qaratiladi.
Mablag‘lar turli maqsadlar (natijalar) va davlat mablag‘larini
boshqaruvchi organlari xarajatlari uchun ajratiladi, shu bilan birga natijalarga
erishishning iqtisodiy jixatdan foydaliroq va innovatsion usullarini izlashadi.
Markaziy budjet boshqaruvi har bir tashkilotning dasturiy maqsadlariga
erishish uchun qaratilgan.
8
O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 18-moddasida budjet
tasnifi tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
Budjet tasnifi budjet tizimi budjetlarining
daromadlari va xarajatlari,
shuningdek Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat
bo‘lib, budjet tizimi budjetlarini
shakllantirish, tuzish va ijro etishni
tizimlashtirish uchun foydalaniladi. Budjet tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga
muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlanadi.
Budjet tasnifi:
• davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish
hamda ijro etish
maqsadida budjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalaniladi;
• mamlakat budjet ma’lumotlarini xalqaro
tasnif tizimlarining aynan
shunday ma’lumotlari bilan qiyoslash imkonini beradi.
Soliq bazalarining kengayishi, soliq tizimiga o‘zgartirishlar kiritilishi,
yangi soliq turlarining joriy etilishi yoki amaldagi soliqlarning bekor qilinishi,
shuningdek, davlat oldidagi vazifalarning o‘zgarishi bilan budjet xarajatlari
tarkibining o‘zgarishi amaldagi budjet tasnifiga tegishli o‘zgartishlar
kiritilishini
taqozo etadi.
7
“Budget Classification” Davina Jacobs, Jean-Luc Hélis, and Dominique
Bouley. December 2009. International Monetary FundFiscal Affairs
DepartmentWashington, DC.USA
8
Budgeting andbudgetaryinstitutions.Anwar Shah. 2007. The International Bank
for Reconstruction and
Development / The World Bank 1818 H Street,NWWashington, DC. ISBN 0-8213-6939-3
23
Shu sababli budjet amaliyoti taraqqiyotining ma’lum bosqichlariga kelib,
mavjud budjet tasnifnomasiga o‘zgartishlar kiritib turiladi. Budjet tasnifi qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Budjet ko‘rsatkichlarining milliy
tasniflash tizimini ishlab chiqishda xalqaro tasniflash tamoyillariga rioya
qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: