Tayanch so‘z va iboralar
• budjet tasnifi
• budjet tasnifining zarurligi
• Budjet
taqchilligini
moliyalashtirish
manbalari
• Davlat budjeti taqchilligi
• Davlat budjeti profitsiti
• G‘aznachilik kompyuter dasturi
• g‘aznachilikning yagona axborot tizimi
•
Davlat budjeti taqchilligini
qoplash manbalari tasnifi
•
O‘zbekiston
Respublikasining davlat kafolatlari
•
O‘zbekiston
Respublikasi
tomonidan jalb qilinadigan kreditlar
(qarzlar)
•
budjet
buxgalteriya
hisobining yagona hisoblar tizimi
151
Budjet tasnifi deganda Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar
daromadlari va xarajatlarini, shuningdek ularning taqchilligini moliyalashtirish
manbalarini guruhlashtirish tushuniladi.
Ma’lumki, budjet qurilishi mamlakatning davlat budjeti va budjet tizimini,
uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi budjetlararo munosabatlarni tashkil qilish
shakllarini, budjet tasnifini, budjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi
budjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, budjet mablag‘larini shakllantirish va
sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 7-moddasida qayd etilgan
budjet tizimining yagonaligi tamoyiliga muvofiq, barcha darajadagi budjetlarni
shakllantirish va ijro etishda yagona budjet tasnifi qo‘llaniladi. Barcha
darajadagi budjetlarning daromadlari va xarajatlari tasniflash ob’ektlariga
tegishli raqam(kod)lar berish bilan guruhlanadi hamda tasnif ko‘rsatkichlari
doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi.
Budjet amaliyotda qo‘llanilayotgan budjet tasnifi doimo o‘zgartirilib va
takomillashtirilib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil budjetini
shakllantirishga qadar, budjet xarajatlarini turkumlashtirishning besh xil usulidan
foydalanilgan.
1. Ijtimoiy ishlab chiqarish sohalariga budjet mablag‘larini yo‘naltirilishi
bo‘yicha-moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish soha
xarajatlari.
2. Tarmoqlar bo‘yicha budjet mablag‘larini yo‘naltirilishi-sanoat, qishloq
xo‘jaligi, qurilish, transport va boshqalar.
3. Budjet mablag‘larini maqsadli yo‘naltirilishi bo‘yicha- joriy, rivojlantirish,
qayta ta’mirlash xarajatlari.
4. Tashkiliy belgilari bo‘yicha-maqsadli dasturlar xarajatlari.
5. Boshqaruv organlarining xarajatlari bo‘yicha-respublika va mahalliy
budjetlar xarajatlari.
Ko‘rinib turibdiki, budjet xarajatlarini iqtisodiy mohiyati ko‘pgina
xarajatlarda o‘z ifodasini topgan.
152
Davlat budjeti ijrosida qatnashuvchi hamma organlarda davlat
budjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida budjet tasnifi
yotadi. Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda
ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalanish va
u budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari
bilan qiyoslanishini ta’minlash maqsadida Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi
budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek ularning taqchilligini
moliyalashtirish manbalarini guruhlash hisoblanadi. Budjet tasnifi hamma
budjetlarni yagona davlat budjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy
tashkiliy funksiyani amalga oshirishuvchi hujjat bo‘libgina qolmasdan, u katta
iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat budjeti daromadlari va
xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlashtiriladi va uning bo‘linmalari
deb yuritiladi. Bo‘limlar, paragraflar, boblar va moddalar budjet tasnifi
bo‘linmalari deb hisoblanadi.
Budjet tizimining barcha darajalaridagi budjetlari daromadlari va
xarajatlarini, shuningdek, ushbu budjetlarning taqchilliklarini moliyalashtirish
manbalari va davlat qarzi turlarini bir xil belgi bo‘yicha qonunga muvofiq
guruhlash bo‘lib, undan budjetlarni tuzish va ijro etishda tasnif ob’ektlariga
guruh kodlarini berish orqali foydalaniladi. Tasnif barcha darajadagi budjetlar
ko‘rsatkichlarining qiyosiyligini, ularni iqtisodiy va statistik tahlil qilish
imkoniyatini ta’minlaydi.
Budjet tasnifining ahamiyati shu bilan belgilanadiki, undan:
davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etishda;
budjet mablag‘larining ajratilishi va ulardan foydalanilishini
nazorat qilishda;
turli darajadagi budjetlarning ko‘rsatkichlarini bir-biri bilan
taqqoslashda;
barcha darajada jamlangan budjet tizimini tuzishda foydalaniladi.
DMBAT to‘liq tatbiq etilguniga qadar xarajatlar smetasini va xarajatlar
smetasi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni (davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni
153
qo‘shgan holda) tuzishda “Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi”, “Tashkiliy
tasnif” va “Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi” kodlari qo‘llaniladi.
Budjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hamma darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida
shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif ob’ektlariga berilgan guruhlashtirish
kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlashtiriladi.
Budjet tasnifi:
1. Budjet daromadlarining tasnifini;
2. Budjet xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifini;
3. Budjet xarajatlarining tashkiliy tasnifini;
4. Budjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifini;
5. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o‘z
ichiga oladi.
Budjet tasnifi davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda
ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun
foydalaniladi, mamlakat budjet ma’lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining
aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslash imkonini beradi.
Soliq bazalarining kengayishi, soliq tizimiga o‘zgartirishlar kiritilishi,
yangi soliq turlarining joriy etilishi yoki amaldagi soliqlarning bekor qilinishi,
shuningdek, davlat oldidagi vazifalarning o‘zgarishi bilan budjet xarajatlari
tarkibining o‘zgarishi amaldagi budjet tasnifiga tegishli o‘zgartishlar kiritilishini
taqozo etadi. Shu sababli budjet amaliyoti taraqqiyotining ma’lum bosqichlariga
kelib, mavjud budjet tasnifnomasiga o‘zgartishlar kiritib turiladi. Budjet tasnifi
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Budjet ko‘rsatkichlarining
milliy tasniflash tizimini ishlab chiqishda xalqaro tasniflash tamoyillariga rioya
qilinishi kerak.
154
Do'stlaringiz bilan baham: |