Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy


 REKLAMANING TURLARI VA VOSITALARI



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

12.2. REKLAMANING TURLARI VA VOSITALARI
Reklama 
o‘z 
oldiga 
qo‘yilgan 
maqsadi, 
tuzilishi, 
yo‘naltirilishi,
amalga 
oshirilishi, 
moliyalanish 
manbai, 
amal 
qilish 
muddati
kabilarga 
qarab 
turlicha 
bo‘lishi 
joiz. 
Ularni 
quyidagi 
guruhlarga
ajratish 
mumkin:
Tovarlar va nufuzli (firma) reklamasi. Tovarlarga
yo‘naltirilgan reklamaning asosiy maqsadi xaridorlarga ayrim
tovarlarga nisbatan talabni shakllantirish, uni sotib olishga
ishontirish va rag‘batlantirishdir. Bunday reklama ma’lum
tovarni har tomonlama xaridorlarga tanishtiradi va targ‘ib qiladi.
Tovarning barcha xossalari, xususiyatlari, ko‘rinishi, sifat
ko‘rsatkichlari haqida iste’molchilarga chuqur, har tomonlama
va to‘liq ma’lumot beradi. Bu bilan u xaridorda tovarga nisbatan
qiziqish uyg‘otadi. Asosan, Janubiy Koreya bilan hamkorlikda
ishlab chiqarilayotgan «Neksiya» yengil avtomobilining qan-
chalik tejamkorligi, uning tezligi, qulayligi va shu klassdagi yengil
avtomashinalardan boshqa ustun tomonlariga televideniye, radio,
matbuotda urg‘u berilishi bu mashinaga havas va qiziqish
uyg‘otdi. Bu xabarning bir necha bor qaytarilishi, uning atrofida
shov-shuv tug‘dirish «Neksiya»ga bo‘lgan qiziqishni talabga
aylantira boshladi.
Oqibatda, iste’molchi mashinani ishlab chiqaruvchi Asaka
«Neksiya» avtozavodiga va uning joylardagi vositachi va maxsus
magazinlariga har xil savollar bilan murojaat qila boshladi va,
nihoyat, xaridor bo‘lish ehtimolligidan real xaridorga aylandilar.
Nufuzli reklama firmaning raqobatchilarga nisbatan
ustunliklarini barchaga targ‘ib qilib ko‘rsatuvchi reklama bo‘lib,
uning asosiy maqsadi ham barcha xaridor bo‘lishi mumkin


2 2 6
bo‘lgan xaridorlar va keng jamoatchilik orasida firmaning yaxshi
nomini — imidjini yaratish va firmaga nisbatan xaridorlarni
ishontirishdir. Tabiiyki, bunda firmaning tovari doimo a’lo,
kafolatli sifatga ega, degan fikrni xaridor ongiga singdirishga
harakat qilinadi. Masalan, «Neksiya» mashinasini reklama qilish
bir vaqtning o‘zida, uni ishlab chiqaruvchi zavod Janubiy
Koreyadagi «ona» zavodning texnika va texnologiyasi, ishchi
va xodimlari, mutaxassislari, ularning turmush tarzi, yashashi,
bilimdon mutaxassislar ishlayotgani, yaxshi asbob-uskunalar
bilan qurollangani, avtomatlashgan texnologiyaga ega bo‘lgan
zavod sifatsiz mashina chiqarishi mumkin emasligi haqidagi
fikrni uyg‘otadi va mustahkamlaydi.
Nufuzli reklama firmani iste’molchining g‘amxo‘ri, tashqi
muhitni e’zozlab saqlovchi, jonkuyar, barcha sa’y-harakati faqat
yaxshilikka yo‘naltirilgan farishta qilib ko‘rsatishga intiladi. Bu
bilan firma tovarlariga yangidan-yangi xaridorlarni jalb qilishga
va kelajakda ham uning tovarlari uchun bo‘lajak xaridor
yaratishga intiladi. Bunday reklama har xil yo‘llar va usullar
bilan amalga oshiriladi. Masalan, «Neksiya» ishlab chiqaruvchi
zavod respublika miqyosida xayriyalar o‘tkazdi, 1100 ta yengil
avtomashinani xalqimizga sovg‘a qildi. O‘z ishchilarining
turmush darajasini oshirish maqsadida uy-joy bilan ta’minladi,
ko‘pgina xodimlariga bepul mashina in’om qildi va hokazolar.
Bunday sa’y-harakatlar zavodning o‘z ishchi xodimlari, aholi
o‘rtasida obro‘si ortishiga olib keldi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish