Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

Tayanch so‘zlar:
reklama, reklama turlari, reklama vositalari, reklama maqsadi
va vazifalari, targ‘ib qilish.
Nazorat savollari:
1. Reklamaning mohiyati va uning talabni shakllantirishdagi
ahamiyati nimadan iborat?
2. Reklamaning asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
3. Reklamaning qanday turlarini bilasiz?
4. Reklama xarajatlari qanday hisoblanadi?


2 3 1
X O T I M A
Hozirgi kunda jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyot jadal,
ko‘p hollarda esa ziddiyatli o‘zgarishlarning kurashi zaminida
rivojlanmoqda. Bu jarayonlarning asosini ikki yirik kuch tashkil
qiladi. Birinchisi — globallashuv, ya’ni mamlakatlar o‘rtasida
xalqaro savdoning yuqori darajalar bilan o‘sishi va xalqaro
raqobat kurashining yanada keskinlashuvi. Ikkinchisi esa — sodir
bo‘lgan texnologik o‘zgarishlar, ya’ni XX asrning so‘nggi o‘n
yilligida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, yangi
materiallar, biogenetika va farmatsevtika, elektronika kabi
sohalarda olamshumul kashfiyotlar amalga oshirildi.
Yuqoridagilarning barchasi biznes olamining murakkablashib
va shu bilan birga foydalilik darajasi jihatdan yuksalib
borayotganidan dalolat beradi. Bu o‘rinda biznesni
boshqarishning samarali usullarini mukammal egallash har bir
kishidan malakaviy ko‘nikma, mustahkam iroda, sabr-qanoat,
ishonch kabi xislatlarga ega bo‘lishni talab qiladi.
Bu o‘rinda marketingni samarali boshqarishning ahamiyati
yanada oshib borishi bejiz emas. Prezidentimiz I.Karimov
ta’kidlaganlaridek «... bizda mahsulot eksport qiluvchilar faoliyati
ham, tashqi iqtisodiy faoliyat marketingi ham, tashqi bozorga
tovar chiqarishga xizmat qiladigan tizim ham juda zaif tashkil
etilgan».
5
 Ko‘pgina mutasaddi xodimlar, korxona rahbarlari
marketing bo‘limi — rejalashtirish, tadqiqot o‘tkazish, reklama
va tovarni tarqatish, loyihalashtirish va tovar dizayni bo‘yicha
mutaxassislar jam bo‘lgan korxonaning bir qancha bo‘limlaridan
biri, deb hisoblaydilar. Aksincha, marketing bo‘limi qolgan
barcha bo‘limlarning o‘zaro bog‘lovchisi, ishlab chiqarishning
boshida turuvchi asosiy bo‘g‘in sifatida qaralishi lozim. Ularning
birgalikdagi hamkorligi natijasida bozor tadqiq qilinadi,
korxonaning biznes sohasidagi yangi imkoniyatlari izlanadi,


2 3 2
marketing strategiyasi va taktikasi yaratiladi, reklama va tovarlar
harakati bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi, baholar
o‘rnatish amalga oshiriladi, rejalar yaratiladi va uning bajarilishi
ustidan nazorat olib boriladi. Demak, marketing korxonaning
butun faoliyatini zamon talablari va bozor nuqtai nazaridan
boshqarishning eng samarali usuli ekan. Shu jihatdan,
marketingni boshqarishning qamrab oladigan sohasi juda ham
keng va turli-tumandir. Qo‘lingizdagi kitobda bayon qilingan
fikr-mulohazalar teorema yoki aksioma emas, aksincha
jamiyatning taraqqiyoti bilan birgalikda ular ham o‘zgarib,
rivojlanib, takomillashib boradi.
Bizning fikrimizcha, marketingni boshqarishda muhim
ahamiyat kasb etishi mumkin bo‘lgan zamonaviy bozor
rivojlanishining asosiy jarayonlari quyidagilardan iborat:
1. Iste’molchilar ehtiyojlarining qondirilishi, tovarning sifati
va bahosiga bo‘lgan ahamiyatning o‘sishi.
2. Iste’molchilar bilan doimiy munosabat o‘rnatishning
ustuvorligi.
3. Boshqarish vazifalarining integratsiyalashuvi va biznes
jarayonini boshqarishning yuqori darajaga chiqishi.
4. Global fikrlashning va lokal bozorlar ahamiyatining o‘sishi.
5. Strategik rejalashtirish va hamkorlik sohalarini kengayti-
rishning o‘sishi.
6. Bevosita va onlayn marketingi ahamiyatining kuchayishi.
7. Xizmatlar marketingining rivojlanishi.
8. Yuqori texnologik jarayonlarni talab qiluvchi tarmoqlar
va marketingni boshqarish masalalarining ahamiyati oshishi.
9. Marketingni boshqarishda axloqiy fazilatlarga qo‘yiladigan
talablarning ustuvorligi.


2 3 3

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish