O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

B. Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash 
(Jinoyat kodeksining 123-moddasi) 


 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  66-moddasida:  «Voyaga  yetgan,  mehnatga  layoqatli 
farzandlar  o‘z  ota-onalari  haqida  g‘amxo‘rlik  qilishga  majburdirlar»,  deb  ta’kidlanadi.  Oila  kodeksi 
qonunlarga  muvofiq,  voyaga  yetgan  farzandlar  mehnatga  layoqatsiz,  moddiy  yordamga  muhtoj  o‘z  ota-
onalarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashga majburdirlar. 
Ushbu  jinoyatning  obyekti  –  axloq,  ota-onalar  yoki  ularning  o‘rnini  bosuvchi  shaxslarning  sog‘lig‘i  va 
hayoti. 
Jinoyatning  obyektiv  tomoni,  sudning  hal  qiluv  qaroriga  binoan  mehnatga  layoqatsiz  va  moddiy 
yordamga  muhtoj  bo‘lgan  ota-onani  yoki  ularning  o‘rnini  bosuvchi  shaxslarni  moddiy  ta’minlash  uchun 
undiriladigan  mablag‘ning  voyaga  yetgan  shaxslar  tomonidan  jami  uch  oydan  ortiq  muddat  mobaynida 
to‘lanmasligida ifodalanadi. 
Shaxsni Jinoyat kodeksining 123-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortish uchun farzandlar zimmasiga 
ota-onalarini  yoki  ularning  o‘rnini  bosuvchi  shaxslarni  moddiy  ta’minlash  uchun  mablag‘  to‘lab  turish 
majburiyatini yuklovchi sudning hal qiluv qarori mavjudligini aniqlash zarur. Ota-onalar – 55 yoshga to‘lgan 
ayollar, 60 yoshga to‘lgan erkaklar hamda I va II guruh nogironlari mehnatga layoqatsiz shaxslar hisoblanadi.  
Sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ning kamida uch oydan ortiq muddat 
to‘lanmasligi qilmishni tugallangan jinoyat, deb e’tirof etilishiga asos bo‘ladi. Bo‘yin tovlash usuli (masalan, 
yashash  joyini,  ish  joyini  o‘zgartirish,  maoshining  haqiqiy  miqdorini  yashirish  va  h.k.)  qilmishni 
kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas.  
Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivi va ko‘zlangan 
maqsad uni kvalifikatsiya qilishda ahamiyat kasb etmaydi.  
Jinoyatning  subyekti  sudning  hal  qiluv  qaroriga  binoan  ota-  onalarini  yoki  ularning  o‘rnini  bosuvchi 
shaxslarni  moddiy  ta’minlash  majburiyati  yuklangan  voyaga  yetgan  tug‘ishgan  farzandlar,  farzandlikka 
olingan o‘g‘il va qizlar, o‘gay o‘g‘il va qizlar bo‘lishi mumkin.  
D. Bolani almashtirib qo‘yish 
(Jinoyat kodeksining 124-moddasi) 
 
Ushbu  jinoyatning  obyekti  bola  va  uning    ota-onalarining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlari,  axloq 
normalari hisoblanadi.  
Obyektiv tomondan jinoyat tamagirlik yoki boshqa past niyatlarni ko‘zlab bolani almashtirib qo‘yishda 
ifodalanadi.  
Bolani  almashtirib  qo‘yish  yangi  tug‘ilgan  chaqaloq  yoki  emizikli  bolani  boshqa  bolaga  (kasal  bolani 
sog‘iga,  qiz  bolani  o‘g‘il  bolaga  yoki  aksincha,  bir  millatdagisini  boshqa  millatga  va  h.k.)  almashtirib 
qo‘yishdan iboratdir. Qilmish bola almashtirib qo‘yilgan paytdan e’tiboran tugallangan, deb hisoblanadi.  
Subyektiv  tomondan  jinoyat  to‘g‘ri  qasd  bilan  sodir  etiladi.  Qilmishni  kvalifikatsiya  qilish  uchun 
jinoyatning sodir etilish motivi aniqlanishi shart – bu tamagirlik yoki boshqa past niyat (o‘ch olish, hasad va 
hokazo) bo‘lishi mumkin. Ehtiyotsizlik, beparvolik tufayli bola almashtirib qo‘yilgan bo‘lsa, aybdor jinoyat 
qonunlari bilan jazolanmaydi. Unga nisbatan ma’muriy yoki intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin. 
Jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan, aqli raso, tug‘uruqxona, chaqaloqlar uyi va h.k. muassasalarning 
xodimi  bo‘lgan har qanday shaxs bo‘lishi mumkin.  
 
E. Farzandlikka olish sirini oshkor qilish 
(Jinoyat kodeksining 125-moddasi) 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  151-moddasi,  1-qismida:  «Farzandlikka  olishni  sir  saqlash 
qonun bilan himoya qilinadi», deb belgilab qo‘yilgan. Ushbu jinoyatning obyekti oila manfaatlari, bolaning 
normal axloqiy rivojlanishi hisoblanadi. 
Jinoyat  obyektiv  tomondan  farzandlikka  oluvchi  (mazkur  shaxslar  vafot  etgan  hollarda  vasiylik  va 
homiylik  organlari)ning  roziligisiz  farzanlikka  olingan  o‘g‘il  yoki  qiz  bola  haqidagi  ma’lumotlarni  oshkor 
etishi,  fuqarolik  holatini  qayd  etish  yozuvlari  kitobidagi  farzandlikka  oluvchilar  bolaning  qon-qarindoshi 
emasligini anglash mumkin bo‘lgan ko‘chirmalarni berishida ifodalanadi.  


O‘g‘il  yoki  qiz  bolaning  farzandlikka  olingani  haqidagi  sirning  oshkor  etilishi,  farzandlikka  olingan 
bolalarning tug‘ishgan ota-onasi emasligi to‘g‘risidagi axborotni (og‘zaki, yozma ravishda, bosma usulda va 
h.k.) oshkor qilish jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Bunda axborot farzandlikka oluvchilarning 
xohish-irodasiga qarshi yoxud ularning vafotidan so‘ng vasiylik va homiylik organlarining ruxsatisiz oshkor 
etilgan bo‘lishi mumkin. 
Farzandlikka olish siri ana shu sirni rasmiy yo‘l bilan olish imkoniga ega bo‘lmagan har qanday shaxsga 
ma’lum  qilinishi  mumkin.  Basharti,  farzandlikka  olish  sirining  oshkor  etilishi  farzandlikka  olishni  haqiqiy 
emas,  deb  e’tirof  etish  yoki  farzandlikka  olishni  bekor  qilish  talabi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  hollarda,  ushbu 
talablar  tegishli  rasmiy  organlarga  (sud,  vasiylik  organi  va  h.k.)  qonunda  ko‘zda  tutilgan  tartibda  ma’lum 
qilingan bo‘lsa, bunday harakat jinoyat hisoblanmaydi.  
O‘g‘il  yoki  qiz  bolaning  farzandlikka  olingani  haqidagi  sir  oshkor  etilgan  paytdan  e’tiboran  jinoyat 
tugallangan hisoblanadi.  Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi.  
Mazkur  jinoyatning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan,  aqli  raso,    har  qanday  shaxs,  shu  jumladan,  bolani 
farzandlikka  olgan  er-xotindan  birontasi  ham  bo‘lishi  mumkin.  Jinoyatning  sodir  etilish  motivi  va  undan 
ko‘zlangan maqsad qilmishni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas.  
Farzandlikka olish sirini oshkor etish kasb faoliyati yoki egallab turgan xizmat mavqeyi munosabati bilan 
buni  sir  saqlashi  lozim  bo‘lgan  shaxs  tomonidan  sodir  etilgan  bo‘lsa,  aybdorning  qilmishi  Jinoyat 
kodeksining 125-moddasi, 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.  
O‘g‘il  yoki  qiz  bolaning  farzandlikka  olinganligi  haqidagi  ma’lumotlar  vasiylik  va  homiylik,  fuqarolik 
holati dalolatnomalarini qayd etish organining mansabdor shaxsi tomonidan oshkor etilgan hollarda, aybdor 
jinoyatlarning jami bo‘yicha, ya’ni Jinoyat kodeksining 25-moddasi, 2-qismi va  mansabdorlik jinoyati uchun 
ham javobgarlikka tortiladi.  
Farzandlikka  olish  sirini  aybdor  tamagirlik  yoki  boshqa  past  niyatlarda  (o‘ch  olish,  hasad  va  h.k. 
maqsadlarda)  oshkor  etgan  hollarda  qilmish  Jinoyat  kodeksining  125-moddasi,  2-qismi  bilan  kvalifikatsiya 
qilinadi.    Jinoyat  kodeksining  125-moddasi,  2-qismi  mohiyatidan  kelib  chiqib,  og‘ir  oqibatlar  deganda, 
oilaning buzilishi; odamlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi  va h.k. tushunish zarurdir.  

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish