O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishning subyektiv belgilari. Subyektiv tomondan o‘ldirish
yoki kuch ishlatish bilan qo‘rqitish qasddan sodir etiladi. Aybdor o‘zga shaxsni qo‘rqitayotganini, uning
mazmunini va tahdidi jabrlanuvchiga ma’lum bo‘lajagini va uning tomonidan haqiqiy, deb idrok etilishini
anglagan bo‘lishi kerak. Aybdorning tahdidini amalga oshirish niyatida bo‘lganligi yoki jabrlanuvchini faqat
cho‘chitmoqchi bo‘lganligi jinoyat tarkibi mavjud bo‘lish uchun ahamiyati yo‘q. Bu jinoyatning motivlari
har xil bo‘lishi mumkin. Bular tamagirlik, o‘ch olish, g‘azab, jabrlanuvchining muayyan harakatlarni sodir
etishiga erishish istagi, shaxsan xush ko‘rmaslik kabilardan iborat bo‘lishi mumkin. Garchi, motiv jinoyat
tarkibi doirasidan chetda tursa va jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatmasa ham, ular qilmishning
ijtimoiy xavfliligi darajasiga ta’sir qiladi va jazo tayinlashda hisobga olinishi kerak.
O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishning maqsadlarini aniqlash juda muhim. Aynan maqsadiga
ko‘ra, bu jinoyatni boshqa o‘xshash ijtimoiy xavfli xatti-harakatlardan farqlash mumkin. Masalan,
jabrlanuvchini jinoyatchiga mulkni topshirish, mulkiy manfaatlar berishga majbur qilish maqsadida
qo‘rqitish, tovlamachilikdan (Jinoyat kodeksining 165-moddasi), o‘zganing mulkini talon-taroj qilish uchun
zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishdan foydalanish – murakkab talonchilikdan (Jinoyat kodeksining 166-mod-
dasi, 2-qismi), ayol bilan jinsiy aloqa qilish uchun zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish esa, nomusga tegishdan
(Jinoyat kodeksining 118-moddasi) iborat bo‘ladi.
Qo‘rqitish jinoyatining subyekti jinoyat sodir etilganga qadar 16 yoshga to‘lgan, aqli raso shaxs bo‘lishi
mumkin.
B. Тanosil yoki OIТS kasalligini tarqatish
(Jinoyat kodeksining 113-moddasi)
Ushbu modda to‘rt qismdan iborat bo‘lib, jinoyatning obyekti shaxsning sog‘lig‘i yoki hayotidir.
Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 1-qismida bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi
ostida qoldirganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Ushbu jinoyat obyektiv tomondan Jinoyat
kodeksining 113-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan harakatlarda, ya’ni bila turib boshqa shaxsni tanosil
kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirishda ifodalanadi.
Тanosil kasalliklari – zaxm, so‘zak, pereloy, triрper, yumshoq shankr, moyaklar (jinsiy)
limfogranulsmatozi kabilar. Тanosil kasalligining xususiyati, uni davolash mumkinligi yoki kasallik tufayli
yuz bergan oqibatlar jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi.
Bila turib, shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish o‘zida tanosil kasalligi borligini
bilgan shaxs tomonidan jabrlanuvchiga nisbatan shunday kasallikni yuqtirishi mumkin bo‘lgan turli
harakatlar sodir etishidan iborat. Yuqtirish xavfi ostida qoldirish aybdor tomonidan jabrlanuvchiga tegishli
sharoitlarda kasallikni yuqtirish mumkin bo‘lgan shunday harakatlar sodir etilishini nazarda tutadi, bunda
kasallik faqat tasodifiy holatlar yoki jabrlanuvchi o‘ziga yuqtirmaslik choralarni ko‘rganligi tufayligina
yuqmasligi mumkin.
Bila turib deganda, aybdorning o‘zida tanosil kasalligi borligini bilgani holda jabrlanuvchini kasallikni
yuqtirish xavfi ostida qoldirishi tushuniladi. Boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish
usullari har xil. Masalan, jinsiy aloqa qilish, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, turmushda, ishda
gigiyena qoidalarining turlicha buzilishlari va h.k. bo‘lishi mumkin.
Lekin ular jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Jabrlanuvchi o‘zini tanosil kasalligini
yuqtirish xavfi ostida ixtiyoriy ravishda qoldirishi o‘zida tanosil kasalligi borligini bilgan va jabrlanuvchini
kasallikni yuqtirish xavfi ostida qoldirgan yoki unga yuqtirgan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
uchun asos bo‘la olmaydi.
Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat jabrlanuvchi kasallikni yuqtirish
xavfi ostida qoldirilgan paytdan e’tiboran tamom bo‘lgan, deb topiladi, agar jabrlanuvchiga kasallik yuqsa,
unda aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim.
Subyektiv tomondan jinoyat faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi, ya’ni bila turib va oqibat ro‘y berishini
xohlab amalga oshiriladi.
Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan va o‘zining tanosil kasalligiga chalinganligini bilgan shaxs
hisoblanadi. Aybdorning tanosil kasalligiga chalinganligini bilgan bo‘lishi jinoyatni Jinoyat kodeksining 113-
moddasi bilan kvalifikatsiya qilishning zaruriy shartidir.
Aybdor o‘ziga tanosil kasalligi yuqqanligini bilmagan va bilishi mumkin bo‘lmagan hollarda u Jinoyat
kodeksining 113-moddasi bilan javobgarlikka tortilmaydi. Masalan, shifokor tahlilni tekshirib, tanosil
kasalligiga chalinganligi taxmin qilingan bemorga uning sog‘lomligini aytadi va «bemor» sog‘lomligiga
ishonib, jinsiy aloqa qiladi va natijada kasalini jabrlanuvchiga yuqtiradi. Bunday holda ham Jinoyat
kodeksining 113-moddasida belgilangan javobgarlik vujudga kelmaydi.
Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomoni o‘zida tanosil
kasalligi borligini bilgan shaxsning bu kasallikni boshqa shaxsga yuqtirishida ifodalanadi. Agar
jabrlanuvchiga tanosil kasalligi yuqtirilgan bo‘lsa, shaxs Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 2-qismi bilan
javobgarlikka tortiladi, agar bunday oqibatlar yuz bermagan bo‘lsa, aybdorning qilmishini Jinoyat
kodeksining 113-moddasi, 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish zarur.
Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat jabrlanuvchiga tanosil kasalligi
yuqtirilgan paytdan tamom bo‘lgan, deb hisoblanadi. Biroq, barcha hollarda ham tanosil kasalligiga chalingan
bemorning harakatlari bilan jabrlanuvchiga kasallik yuqtirilishi o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish mavjudligini
aniqlash zarur. Agar bunday bog‘lanish bo‘lmasa, aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 1-
qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Mazkur jinoyatning subyekti o‘zida tanosil
kasalligi borligini bilgan har ikki jinsdagi shaxs bo‘lishi mumkin.
Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 3-qismida:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsni;
b) voyaga yetmagan shaxsni bila turib, tanosil kasalligini yuqtirish xavf ostida qoldirganlik yoki ularga
kasallikni yuqtirganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
Agar avval sodir etilgan tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirganlik yoki yuqtirganlik uchun
jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketmagan bo‘lsa, aybdor ikki yoki undan ortiq shaxsni tanosil
kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirgan yoki ularga yuqtirgan bo‘lsa, bunday holda qilmish Jinoyat
kodeksining 113-moddasi, 3-qismi, «a» bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Boshqa hollarda jinoyatni
yuqoridagi belgilarga ko‘ra, kvalifikatsiya qilish uchun birinchi marta tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida
qoldirganlik yoki yuqtirganlik bilan keyingi sodir etilgan qilmish oralig‘ida qancha vaqt o‘tganligining
ahamiyati yo‘q.
Jabrlanuvchi 18 yoshga to‘lmagan hollardagina aybdorning harakatlari: voyaga yetmagan shaxsni bila
turib, tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirishi yoki unga bu kasalni yuqtirishi Jinoyat kodeksining
133-moddasi, 3-qismi, «b» bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Subyektiv tomondan Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat to‘g‘ri
qasddan sodir etiladi.
Aybdorning qilmishini Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilishda uning bila
turib 18 yoshga to‘lmagan shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirganligi yoki kasallikni
yuqtirganligini yoki ongli ravishda bunga yo‘l qo‘yganligini aniqlash zarur. Aybdor voyaga yetmagan
shaxsning yoshi xususida adashgan hollarda, uning qilmishini Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 1 yoki 2-
qismlari bilan kvalifikatsiya qilish kerak bo‘ladi.
Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 3-qismi, «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti 16 yoshga
to‘lgan shaxs va o‘zining tanosil kasalligini bilgan, 18 yoshga to‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin.
Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 4-qismida bila turib, boshqa shaxsni OIТS (orttirilgan immunitet
tanqisligi sindromi) kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirganlik yoki unga OIТS kasalligini yuqtirganlik
uchun javobgarlik belgilangan. OIТS virusi jinsiy aloqa natijasida, ukol qilish uchun sterillanmagan
shprislardan foydalanilganda, tarkibida virus bo‘lgan donor qoni yoki dorilarni tomirga yuborish yo‘li bilan,
ona suti orqali va boshqa shu kabi manbalardan yuqtirilishi mumkin. Shuni esda saqlash kerakki, bunday
kasallikka chalingan shaxsga, hozircha davo yo‘q va bu kasallikka chalingan shaxs o‘lim xavfidan xoli emas.
Ushbu kasalliklarning oldini olish va qarshi kurash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining
1991-yil 14-iyundagi «OIТS bilan kasallanishning oldini olish to‘g‘risida»gi hamda 1999-yil 19-avgustdagi
«Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIТS kasalligining) oldini olish to‘g‘risida»gi
Qonunlari qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |