Mazkur jinoyatning obyekti ayol kishining erki va qadr-qimmati, uning erga tegish yoki eri bilan birga
yashashda davom etish masalasini mustaqil hal qilish erkinligi hisoblanadi. Jinoyat obyektiv tomondan
ayolni
erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u
bilan nikohda bo‘lish uchun o‘g‘irlash,
shuningdek, ayolning erga tegishiga to‘sqinlik qilishdan iboratdir.
Ayolni erga tegishga yoki nikohda birga yashashni davom ettirishga
majbur qilish deganda,
unga nisbatan
jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik ishlatilishini tushunish lozim. Ko‘rib chiqilayotgan modda mohiyatidan kelib
chiqib jismoniy zo‘rlik ishlatish deganda, ayol kishini urish, kaltaklash, badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir
shikast yetkazilishini tushunish kerak.
Ayolni majbur qilish vaqtida uning badaniga og‘ir shikast yetkazilgan hollarda aybdor Jinoyat
kodeksining 136 va 104-moddalari bilan jinoyatlar jami bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. Ruhiy zo‘rlik
deganda, jismoniy zo‘rlikni qo‘llash, ayol kishi sir saqlashni istagan ma’lumotlarni oshkor qilish, mol-
mulkini nobud qilish bilan qo‘rqitish va h.k.larni tushunish lozim.
Aybdor ayol kishini o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatib shikast yetkazish bilan qo‘rqitgan hollarda, aybdorning
qilmishi Jinoyat kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan qo‘shimcha
ravishda kvalifikatsiya qilinmaydi. Ayolni o‘g‘irlash ayolning xohish-irodasiga qarshi, nikohdan o‘tish uchun
aldash yoki zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan, uni biron-bir yerda yakkalab qo‘yish (masalan, biron-bir transportda
olib qochish va h.k.)dan iboratdir. Ayol kishi xohish-irodasiga qarshi nikohdan o‘tish uchun o‘g‘irlangan
hollarda aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksining 136, 137-moddalari bilan jinoyatlarning jami bo‘yicha
kvalifikatsiya qilinishi lozim. Ayol kishi odatga ko‘ra, nikohdan o‘tish uchun o‘g‘irlangan bo‘lib, bunga
o‘g‘irlangan ayolning o‘zi rozilik bergan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 136-moddasida nazarda tutilgan
jinoyatning tarkibi mavjud bo‘lmaydi.
O‘g‘irlangan shaxs 16 yoshga to‘lmagan va aybdor uning roziligi bilan jinsiy aloqa qilgan yoxud jinsiy
ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirgan hollarda aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksining 136 va 128-
moddalari bilan jinoyatlar jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyatni bunday kvalifikatsiya qilish uchun
jabrlanuvchining o‘n olti yoshga to‘lmaganligi aybdorga oldindan ayon bo‘lgan bo‘lishi lozim. Basharti, u
jabrlanuvchining yoshiga nisbatan haqiqatan ham adashgan bo‘lsa, u faqat Jinoyat kodeksining 136-
moddasiga ko‘ra javobgar bo‘ladi.
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Mazkur jinoyatning sodir etilish motivi jinoyatni
kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli
raso shaxs bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda jinoyat ayolning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari, yaqin
qarindoshlari, kuyov tomonidan sodir etiladi.
D. Odam o‘g‘irlash
(Jinoyat kodeksining 137-moddasi)
Mazkur jinoyatning obyekti odamning erkinligi, ya’ni istagan yerida bo‘lish erkinligi hisoblanadi.
Obyektiv tomondan jinoyat Jinoyat kodeksining 245-moddasi (shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish)da
nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmagan holda odam o‘g‘irlashda ifodalanadi.
Odamni o‘g‘rilash deganda, odamning yashirincha, oshkora yoki aldash yoxud ishonchini suiiste’mol
qilish yo‘li bilan shaxsiy erkinligi (masalan, bir yerdan ikkinchi yerga borish erkinligidan mahrum qilish, bir
yerda ushlab turish va hokazo)dan mahrum qilinishini tushunish zarur.
O‘g‘rilash usullari jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas. Odamni o‘g‘rilash vaqtida unga
nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘rlik qo‘llanilishi mumkin.
Agar odamni o‘g‘rilash vaqtida jabrlanuvchining badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilgan
bo‘lsa, qilmish jabrlanuvchining sog‘lig‘iga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan
moddalar bo‘yicha qo‘shimcha kvalifikatsiyani talab qilmaydi, jinoyat Jinoyat kodeksining 137-moddasi, 1-
qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Odam o‘g‘rilash vaqtida badanga og‘ir shikast yetkazilgan hollarda aybdorning qilmishi Jinoyat
kodeksining 137-moddasi, 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Odam erkinligidan mahrum qilingan paytdan
e’tiboran jinoyat tugallangan, deb hisoblanadi. O‘g‘irlangan odamning qancha muddat mobaynida ushlab
turilganligining qilmishning kvalifikatsiya qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan
har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. Agar aybdor bolani o‘g‘rilab, uni almashtirib qo‘ygan bo‘lsa va bunda
tamagirlik yoki boshqa past niyatni ko‘zlagan bo‘lsa, uning qilmishi Jinoyat kodeksining 124-moddasi va
136-moddaning 2-qismi bilan jinoyatlarning jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Odamni o‘g‘rilash yo‘li bilan garovga olish sodir etilgan hollarda, aybdor faqat Jinoyat kodeksining 245-
moddasi bilan javobgarlikka tortilishi kerak. Odam o‘g‘rilashda:
1) voyaga yetmagan shaxs o‘g‘rilangan bo‘lsa;
2) jinoyat tamagirlik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa;
3) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
4) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning qilmishi mazkur moddaning
2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Odam o‘g‘rilash o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan yoxud og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa,
aybdor shaxs Jinoyat kodeksining 137-moddasi, 3-qismi bilan javobgarlikka tortiladi.
Og‘ir oqibatlar deganda, ehtiyotsizlik natijasida o‘g‘rilangan odamning o‘lib qolishi, ota-onalari yoki
qarindoshlaridan birining o‘zini o‘zi o‘ldirishi yoxud ularning ruhiy xastalikka chalinishi va h.k.larni
tushunish zarur.
Odam o‘g‘rilash zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish bilan birgalikda sodir
etilsa, jinoyat Jinoyat kodeksining 137 va 138-moddalari bilan jinoyatlarning jami bo‘yicha kvalifikatsiya
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: