O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

Munavvarqori  Abdurashidxonov  (1878-1931).  Munavvar  –  “nur  olgan”, 
“nurli”  degani.  Bu  so‘zni  ziyoli  o‘rnida  ham  qo‘llaydilar.  Qori  –  Qur’onni 
maromiga yetkazib o‘qiydigan kishilarga nisbatdir. 
Munavvarqori  o‘z  nomiga  munosib,  maktab-maorif  islohoti,  milliy  maktab 
yaratish,  chet  elga  bolalarni  o‘qishga  yuborish,  boylarning  boshini  qovushtirib, 
maorifga  xizmat  qildirish,  turli  xayriya  jamg‘armalari  tuzish  kabi  faoliyatida  ham, 
adib  va  murabbiy  sifatida  ham  ziyo  tarqatuvchi  zot  edi.  Ta’kidlash  joiz, 
Munavvarqori  boshqa  jadid  adiblariga  nisbatan,  juda  kech  –  1999-yilning  aprelida 
oqlandi.  Shungacha  u  haqda  xorijda  maqolalar  yozilgan,  xolos.  Faqat  istiqloldan 
                                                 
22
Qarang: Barakayev R. O‘zbek bolalar adabiyoti va Abdulla Avloniy ijodi. T., “Fan”, 2004.–B.27-29. 
23
 Qarang: B.Qosimov va boshq. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. Т., 2004. –B.210. 


103 
 
keyingina  B.Qosimov,  S.Xolboyev,  S.Axmedov,  I.Abdullayev,  N.Avezov, 
N.Ergashova kabi tadqiqotchilar maqolasida adibning jadidchilik, ma’rifatparvarlik 
hamda  pedagogik  faoliyati  keng  o‘rganila  boshlangan.  Bu  haqda  B.Qosimov 
shunday yozadi: “Munavvarqori yaqin tariximizning eng yorqin shaxsiyatlaridan. U 
millatning uyg‘onishiga yordam beradigan deyarli hamma soha bilan  shug‘ullandi. 
Lekin  ulardan  uchtasi  ajralib  turadi.  Bular:  maorif,  matbuot,  siyosiy  faoliyat”
24

Darhaqiqat,  muallimlik  uning  birinchi  kasbidir.  Munavvarqori  1901-yilda 
Toshkentda  birinchilardan  bo‘lib  “usuli  jadid”  maktabi  ochadi.  Bunda  uning 
darsliklari alohida qiymatga ega. U madrasalarda asosiy darslarni arab tilida emas, 
balki  ona  tilida  olib  borish,  diniy  saboqlar  bilan  birga,  ijtimoiy  fanlarni  o‘qitish 
masalasini kun tartibiga qo‘yadi. Usuli jadid maktablari faoliyatini teran o‘rganib, 
ongda,  fikrlashda,  maorifda  o‘zgarish  yasamay  turib,  jaholatdan  qutulib 
bo‘lmasligini  birinchilar  qatori  anglab  yetadi.  Munavvarqori  madrasalarda  yillar 
mobaynida  o‘qitiladigan  bilimga  tez,  oson  va  yengil  olib  boradigan  yo‘lni  topish 
haqida  qayg‘uradi.  U  yangi  qo‘llanmalarni,  fundamental,  zamonaviy  pedagogika 
asosida kichik maktab-madrasalarni tashkil etishni xohlardi. 
Munavvarqori  usuli  jadid  maktablari  uchun  suv  va  havodek  zarur  bo‘lgan 
darslik va dasturlarni ishlashga kirishadi. 1907-yilga kelib “Adibi avval” darsligini 
yaratdi.  O‘zbek  tilining  deyarli  ilk  alifbolaridan  bo‘lgan  bu  kitob  Saidrasul 
Aziziyning “Ustozi avval” darsligi bilan oldinma-ketin bosilib chiqadi. U tez orada 
Turkistondagi  barcha  maktab  o‘qituvchilari  tomonidan  yaxshi  kutib  olinadi  va 
amaliyotga tatbiq qilinadi. 
Islohotchi pedagog 1912-yilga kelib, o‘quvchilarga husnixat, jug‘rofiya, islom 
tarixi,  turk  qavmlari  tarixi  fanlarini  o‘qita  boshlaydi,  maktab  ostonasiga  qorovul 
qo‘yib, ijtimoiy sohalardan saboq beradi. 
Uning “Adibi avval” alifbe va “Adibus-soniy” o‘qish kitoblari darslik-majmua 
yo‘sinida yozilgan bo‘lib, ko‘plab she’r va ixcham hikoyalarni o‘z ichiga olganligi 
bilan  diqqatga  sazovor.  Ular  mavzusiga  ko‘ra  rang-barang:  ko‘pchiligi  axloqiy-
tarbiyaviy,  tarixiy,  ijtimoiy  mavzuda  bo‘lib,  yo‘nalishiga  ko‘ra,  ibratomuz 
pandlardan tashkil topgan; tili sodda, o‘qilishi qiziqarli. 
Xususan,  “Adibus-soniy”  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  alifbedan  keyingi 
o‘qish kitobi ekanligi sababli bevosita kichkintoylar didi, tiliga mos, sodda usulda 
yozilgan.  O‘sha  davr  alifbo  va  o‘qish  kitoblarining  o‘ndan  ortiq  ro‘yxati  nazarda 
tutilsa,  Munavvarqori  darsligi  kichkintoylar  yosh  xususiyati  inobatga  olinib 
yozilgan dastlabki o‘qish kitobi ekanligi oydinlashadi. 
“Adibus-soniy”da bolalarni kindik qoni to‘kilgan ona-Vatanga mehr-muhabbat 
ruhida  tarbiyalash,  Vatan  tuprog‘ini,  uning  benazir  tabiatini  to‘lib-toshib  kuylash 
ruhidagi  hikoyatlar  alohida  o‘rin  egallaydi.  Muhimi,  bunday  matnlar  bolalarbop 
ifoda  uslubiga  egaligi  bilan  e’tiborni  tortadi.  “Adib  us-soniy”dagi  matnlarning 
ba’zilari  mumtoz  adabiyotdan  davom  etib  kelayotgan  va  xalq  orasida  ancha 
mashhur  rivoyatlar  (“Iskandar  Zulqarnayn”,    “Odob”,  “Iskandar  ila  Arastu”, 
“Yolg‘onchilik zarari”) bo‘lsa, ayrimlari rus adabiyotidan qilingan tarjimalar (“Ikki 
                                                 
24
 Bu haqda qarang: B.Qosimov. Milliy uyg‘onish.Toshkent, “Ma’naviyat”, 2002. –B  235. 


104 
 
yo‘ldosh”)dir.  Shu  bilan  birga,  o‘qish  kitobidan  bolalar  olami,  ularning  turli  fe’l-
atvoridan  hikoya  qiluvchi  didaktik  matnlar  (“Ko‘r  ila  do‘xtir”,  “Orif  ila  Sodiq”, 
“Ahmad ila onasi”) ham o‘rin olgan. Darslikdagi hikoya va she’rlar, qissadan hissa 
tariqasida  keltirilgan  baytlar  esa  uning  bolalar  adabiyoti  namunasi  sifatida 
o‘rganishga ham asos bo‘ladi.  

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish