O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

Uchinchisi  esa  o‘zbek  bolalar  matbuoti  inkishofi  va  ularning  yosh  avlodga 
alohida  ta’siri  hodisasidir.  1919-yildan  e’tiboran  yosh  kitobxonlarni  bir  maslakka 
uyushtirish,  tarbiyalashda  matbuotning  roli  kata  bo`lgan.  Garchi  20-yillardagi 
adabiy-badiiy  jurnallarning  faoliyati  birmuncha  qisqa  bo‘lgan  esa-da,  ularning 
bolalar  adabiyoti  rivojiga  qo‘shgan  hissasi  diqqatga  sazovor.  20-yillar  o‘zbek 
bolalar  adabiyoti  matbuot  sahifalarida  tug‘ilganligi,  ular  ta’lim-tarbiyani 
jonlantirishda  samarali ta’sir ko‘rsata  olganligini  ta’kidlovchi  e’tiroflar  talaygina.
17
 
Haqiqatan,  1919-yil  23-mayda  Samarqanddagi  1-totor  bilim  yurti  o‘quvchilari 
tomonidan  chiqarilgan  “Bolalar  yo‘ldoshi”  jurnali  o‘z  faoliyatini  shunday  da’vat 
                                                 
16
Qarang: Barakayev R. O`zbek bolalar adabiyoti va Abdulla Avloniy ijodi. T., “Fan”, 2004.
 
17
 Bu  haqda  qarang:  Oripov  Q.  O`zbek  sovet  bolalar  adabiyotining  vujudga  kelishida  matbuotning  roli.(20-yillar)  / 
Xalqlar do`stligi–adabiyotlar do`stligi. – Т., 1972. – Т.99. – B. 121-144; yana:  Suyumov А. Bolalar jurnallari haqida 
// Sovet maktabi. - 1970.  № 6. – Б. 32-37; yana: Qoriyev B. 30-yillar o`zbek sovet adabiy jurnallari / O`zbek sovet 
adabiyoti tarixi. – Т., 1971. – Т.2. – B. 614-625. 


100 
 
bilan boshlagan edi: “Majalla ikki bo‘lak berilib, avvalgi bo‘lagi o‘quvchilar qalami 
ila olib borilur, keyingi bo‘lagi  o‘quvchilar  to‘ldira olmaganda  yozuvchilar  to‘dasi 
(hay’at  tahririyati)  qo‘lindan  o‘tkazilur  va  mumkin  bo‘lgan  qadar  o‘quvchilarga 
o‘rin  ko‘proq  beriladir...  Turkiston  o‘lkasidagi  yosh  o‘qituvchilar,  albatta,  bu  zo‘r 
tilak  ila  maydonga  qo‘yilgan  majallaga  tovush  bersunlar”
18
.  Nashrlar  atrofiga 
uyushgan  Sadriddin  Ayniy,  Rahim  Mahmudiy,  Abdulxabir  Abdulla  o‘g‘li, 
Abdurashid  Abdujabbor  o‘g‘li  kabi  yozuvchi  va  shoirlar  bolalar  hayotiga  oid 
maqola, hikoya va she’rlar yozib turishgan. 
Manbalarda  shu  yili  yana  bir  jurnal  chiqqanligi  qayd  etiladi:  “1919  yil  may 
oylarida,  –  deb  ma’lumot  beradi  Q.Oripov,  –“Yosh  sharq”  nomli  jurnal  bosmadan 
chiqadi.  Bu  jurnalga  Finkelshteyn  muharrirlik  qiladi,  jurnalning  redkollegiyasida 
mahalliy  yoshlardan  Rahim  Inomov,  Botu  va  boshqalar  bor  edi.  Biroq  bu  yoshlar 
jurnali  birinchi  sonidan  so‘ng  gazetaga  aylantirildi”.  Ziyo  Said,  Botu,  Akmal 
Ikromov,  A’zam  Ayub,  Usmonxon,  Julqunboy,  Mirmulla,  Cho‘lpon,  Elbeklar 
gazeta  bilan  hamkorlik  qilib,  uning  5-dan  10-sonigacha  chiqarishga  muvaffaq 
bo‘ladilar.
19
 
1921-yilning  martida  xalq  maorifi  komissarligi  tomonidan  “Bolalar  dunyosi” 
nomli yana bir jurnal chop etilgan. Ushbu nashrning yetakchi maqsadlari bolalar va 
o‘smirlarning  qiziqishlari  hamda  yangicha  qarashlarini  targ‘ib  etish  bo‘lgan.  U 
“yosh  o‘qituvchilar  orasida  ong-bilim  tarqatuv  yo‘lida  chiqarilaturg‘on  o‘zbekcha 
bolalar jurnali” edi.  
Bundan  tashqari,  o‘sha  yillarda  Davlat  nashriyoti  tomonidan  bolalar  uchun 
“Sharq chechagi” nomli yana bir jurnal chop etilgan. Biroq unga doir ma’lumotlar 
Bois  Qoriyev  (Oltoy)ning  dissertatsiyasidagina  uchraydi.  “Bolalar  dunyosi” 
jurnalining, – qayd etilgan mazkur tadqiqotda, – 3-4-sonlari birga “Sharq chechagi” 
nomida chiqdi. Bu sonda Andersenning “Margaritka”, “Qush qo‘shig‘i” sarlavhali 
hikoyalarining  tarjimasi  berilgan.  Yana,  Yoqub  Fayziyning  “Kichkina  yozuvchi” 
hikoyachasi, A.Qodiriyning  “Julqunboy”  imzosi bilan “Tayoq maktabi” sarlavhali 
asarlari e’lon qilindi”
20

Bu  dalillar  nashr  sahifalarida  ko‘proq  badiiy  ijod  namunalari  berilgani,  ular 
asosan,  bolalarga  mo‘ljallab  yozilganini  asoslaydi.  Masalan,  Abdulla  Qodiriyning 
“Julqunboy”  imzosi  bilan  yozilgan  “Tayoq  maktabi”da  eski  maktab  o‘quvchisi 
Muxtor  timsoli,  uning  obrazi  orqali  ilm  dargohlaridagi  ichki  tartiblar,  o‘qitish 
usullarining  qoniqarsizligi,  domlalarning  tayoqli  munosabati  real  aks  ettirilgani 
qayd etilgan. 
Turkistonda  bolalar  jurnallarining  uzviy  nashri  1929-yildan  boshlangan. 
“O‘zbekiston  Maorif  xalq  komissarligi  tomonidan  chiqarilgan  oylik  badiiy, 
tanqidiy-bibliografik “Yosh kuch” jurnali” shu ma’nodagi dastlabki nashrdir. Uning 
maqsadi va yo‘nalishi quyidagi murojaatnomada ayonlashadi: “Bolalar! Qo‘lingizda 
bo‘lgan  jurnalimiz  sizlarni  to‘plashda,  uyushtirishda,  tarbiyalashda  katta 
                                                 
18
   Qarang: Bolalar yo`ldoshi. –1919.  № 1. – B. 3. 
19
O`sha manba 
20
Qoriyev  B.  (Оltoy).  20-yillar  o‘zbek  adabiyotining  asosiy  xususiyatlari  (shu  davr  jurnallari  asosida):  filol. 
fanl.nomz. diss. – Т., 1967
.
 


101 
 
ko‘makchidir. Jurnalga mushtariy bo‘lishingiz yetmaydi. Unga yozuvchi bo‘lib, har 
xil  she’r,  hikoyacha,  maqolalar  berib  turish  uchun  yozg‘uvchi  yosh  kuchlar  jurnal 
tegrasiga to‘planishlari kerakdir."
21
 
Shuningdek,  1929-yilda  “O‘zbekiston  Markazqo‘mi  qoshidagi  firqa  bolalar 
tashkiloti  Markaziy  byurosining  fikr  tarqatuvchisi”  sifatida  ish  boshlagan  “Lenin 
uchquni”  (  1991-  yildan  “Tong  yulduzi”")  gazetasini  ham  uzluksiz  nashr  sifatida 
e’tirof  etish  mumkin.  Muhimi,  shu  kabi  bolalarga  ixtisoslashgan  gazeta-jurnallar 
faoliyati,  so‘ngra,  1925-27-yillardan  boshlab  “O‘zbek  seksiyasi”  nashriyotining 
(O‘zGIZ) chet el va qardosh xalqlar bolalar adabiyotidan tarjima asarlar nashr eta 
boshlagani,  qolaversa,  S.Ayniy,  A.Qodiriy,  G‘.G‘ulom,  G‘ayratiylarning  bolalar 
uchun  yozgan  asarlari  o‘zbek  bolalar  adabiyotining  takomili  uchun  mustahkam 
poydevor vazifasini o`taydi. Qolaversa, o`z davrida  Shokir Sulaymon va G‘ayratiy 
kabi iste’dodli adiblar bolalar uchun ko‘plab hikoyalar va she’rlar yozgani diqqatga 
sazovor.  Binobarin,    o‘zbek  bolalar  adabiyotining  shakllanishida  o‘qish  kitoblari, 
xrestomatiyalar, teatr asarlarining  ham ahamiyati katta bo`lgan.    
Ta’kidlash  joizki,  o‘tgan  asrning  20-yillarida  maktab  darsliklari  va  matbuot 
sahifalarida  e’lon  qilingan  bolalar  adabiyoti  namunalari  hodisaning  muayyan 
tizimlashuvini  boshlab  bergani  bilan  e’tiborlidir.  Binobarin,  o‘zbek  bolalar 
adabiyoti  –  she’riyati,  nasri  va  dramaturgiyasi  o‘tgan  asrning  20-yillarida  shu 
zaylda  qaror  topib  ulgurdi.    A.Qodiriyning  “Uloqda”,  “Jinlar  bazmi”  hikoyalari 
yosh  qahramonlar  ruhiyati  talqiniga  ko‘ra  bolalar  adabiyoti  hodisasining  ehtiyoji 
bilan paydo bo‘lgani-da, shu haqiqatni oydinlashtiradi. 
XX asrning arafasi va boshlarida o‘zbek bolalari uchun ixtisoslashgan maxsus 
badiiy  adabiyot  yaratish  harakati  shu  tariqa  yuzaga  kelib,  izchil  tusga  kira 
boshlagach,  Sirojiyning  “Bolalar  adabiyoti  to‘g‘risida  bir  fikr”  (“Maorif  va 
o‘qitg‘uvchi”  jurnali,  1921-yil,  3-son,  30-31-b.),  “Qizil  o‘zbek  matbuotida  bolalar 
adabiyoti”  (“Zarafshon”  gazetasi,  1924-yil  21-iyun,  157-son),  Zarif  Bashirning 
“Bolalar  adabiyoti  kerak”  (“Turkiston”  gazetasi,  1923-yil,  27-aprel),  G‘ozi  Olim 
Yunusovning  “Bolalar  adabiyoti  haqida”  (“Maorif  va  o‘qitg‘uvchi”  jurnali,  1925-
yil,  3-son),  Shokir  Sulaymonning  “Bolalar  adabiyoti  nashr  qilish  kerak”  (“Qizil 
O‘zbekiston”  gazetasi,  1926-  yil,  30-sentabr,  224-son)  maqolalarida  yigirmanchi 
yillar  bolalar  adabiyoti  oldida  turgan  muhim  vazifalar  xususida  fikr  yuritilgan. 
Nihoyat,  bolalar  adabiyotiga  avvalo,  shu  olam  vakillari  uchun  maxsus  yaratilgan 
asarlar sifatida qarash an’anaga aylandi. Bunda, jahon va rus bolalar adabiyotining 
ilg‘or an’analari, boy tajribalarining ta’siri ham katta bo‘ldi. Nihoyat, bolalar olami 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish