98
Reja:
1. Milliy uyg‘onish harakatining bolalar adabiyotini yuzaga keltirishdagi roli
2. Abdulla Avloniy – islohotchi pedagog va bolalar shoiri
3. Hamza Hakimzoda Niyoziy – ma’rifatparvar bolalar shoiri
4. Elbek – bolalar shoiri, nosiri va islohotchi muallimi
MAVZUGA DOIR TAYANCH TUSHUNCHALAR: jadid, usuli savtiya, alifbo, masal,
allegoriya, rus-tuzem, devon, g‘
azal, poema, “Chig‘
atoy gurungi”, jurnalistika, nazm, obraz,
ramz.
Milliy uyg‘onish harakatining bolalar adabiyotini yuzaga keltirishdagi
roli. O‘lkamizning ilmiy-ma’rifiy taraqqiyoti tarixida buyuk islohotlar ko‘p
kuzatilgan. Miloddan yetti asr ilgari Xorazm zaminida yuzaga kela boshlagan
“Avesto” ming yildan ziyodroq vaqt mobaynida O‘rta Osiyo xalqlarining nafaqat
diniy, balki ma’naviy-ma’rifiy mayog‘i bo‘lib keldi. IX-XI asrdayoq yurtimizdan
yetishib chiqqan Forobiy, Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abulqosim
Zamaxshariy, Imom Ismoil Buxoriy singari o‘nlab mutafakkir allomalarning ilmiy-
badiiy merosi nafaqat bizning, umuman, insoniyatning ma’naviy-madaniy
taraqqiyoti uchun bebaho xazina sanaladi. Shuningdek, temuriylar davrida ilmiy
kashfiyotlari bilan jahonga dong taratgan Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, Qozizoda
Rumiy ilm-ma’rifat olamida yakdillik bilan e’tirof etiladi. Alisher Navoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mutafakkirlarning so‘z va qalam sehri ham
dunyo tamaddunida alohida o‘ringa ega.
XIX asrdagi O‘rta Osiyoning Buxoro amirligi, Xiva hamda Qo‘qon
xonligidagi iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, diniy inqiroz va nizolarning
oqibati, o‘lkaning jaholat va mustamlaka botqog‘iga botirgan edi. XX asr
Sharqining eng mashhur, eng taraqqiyparvar harakati – jadidchilikka asos solgan
Ismoilbek Gasprali to‘g‘ri e’tirof etganidek: “Shijoat maydonida Temurlarning,
Shayboniylar ismi-shariflari unutilgani kabi ilm maydonida Ibn Sinolar, Farobiylar,
maorif maydonida Ali Qushchi, Ulug‘beklar yoddan chiqib, butun Movarounnahr
bir xonaqoyi parishon va diyori darveshon o‘lmish edi. Ilm, hilm, maorif izzat-nafs
va haysiyat (hurmat-e’tibor) riyokorlikka aylangan edi...”
Alal-oqibat XIX asrning 90-yillarida yangi usuldagi maktablar tizimi
Turkistonga ham yetib keladi. 1893-yili Ismoilbek Gaspralining o‘zi Buxoroga
kelib, amir bilan uchrashadi va yangi maktab ochishga muvaffaq bo‘ladi. Chor
hukumatining maqsad va intilishlariga zid bo‘lgan bunday maktablar Turkistonning
boshqa o‘lkalarida ham birin-ketin ochila boshlaydi. Ma’lumotlar shuni
ko‘rsatadiki, 1907- yili Turkistonda 30 ta jadid maktabi bo‘lib, 1300 nafar bola
o‘qigan. Rost, 1884 -yilda Toshkentda birinchi rus-tuzem maktablari ochilgan edi.
1892- yilda o‘lkada ularning soni 21 taga yetgan bo‘lsa, 1917 yilning boshlarida
170 tani tashkil qilgan.
Shunday bo‘lsa-da, “ikki buyuk asr oralig‘i”da o‘zbek bolalar adabiyotining
chinakam mohiyatiga mos qiyofasi
uch asosiy voqelik asosida qad rostladi.
Do'stlaringiz bilan baham: