99
Bayoniy kabi ijodkorlar tashabbusi bilan tarjima maktabining maydonga kelishidir.
Shu munosabat bilan o‘nlab asarlar fors tilidan tarjima qilindi. Toshkentda mashhur
hind eposi “Kalila va Dimna”ni Fazlulloh Almaiy (1852-1891), arab ertaklari
“Ming bir kecha”ni Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934) forschadan o‘zbekchaga
o‘giradilar. Shuningdek, Murodxo‘ja domla tomonidan Sa’diy Sheroziy
“Guliston”ining yangi tarjimasi amalga oshiriladi. Natijada, XIX asrning 80-
yillarida L.N.Tolstoy, 90-yillarda A.S.Pushkin, A.A.Krillov nomlari badiiy
tarjimalar orqali o‘zbek o‘quvchilariga tanila bordi. Keyinchalik bu adiblarning
asarlari jadid maktablari darsliklariga ham kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: