tomondan ma’rifatparvarlik g‘oyalari zamirida paydo bo‘lgan milliy uyg‘onish va
jadidchilik harakati, ikkinchidan uzoq asrlik mumtoz adabiyoti an’analarining
qayta tiklanishi, uchinchidan, rus bolalar adabiyotida kattalar yozuvchisi sifatida
tanilgan M.Gor’kiy, M.Mayakovskiy, A.Tolstoy, A.Bryusov, A.Benua, I.Repin
singari san’at arboblarining bolalar uchun yozgan asarlarining o‘zbek bolalar
adabiyotiga qilingan tarjimalar ta’sirida, M.Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdurauf
Fitrat, S.Ayniy, Elbek kabi adiblarning bolalarbop hikoya, qissa va darsliklar
yaratishi, to‘rtinchidan, ilk o‘qish kitoblaridagi she’r, hikoya, masal kabi
janrlarning vujudga kelgani, shuningdek, bolalar dramaturgiyasi, publitsistika va
adabiyotshunosligi kabi alohida-alohida tarmoqlari qaror topa boshlagani muhim
omil bo‘la olgan. Ta’kidlangan ijod yo‘nalishlari keyinchalik har biri mustaqil
adabiy sohalar sifatida taraqqiy etgan bo‘lsa-da, ularning barchasi avvalo, bolalarga
bag‘ishlangan va ular haqidagi ijod namunasi ekanligiga ko‘ra umumiydir.
Bu davr o‘zbek bolalar dramaturgiyasining shakllana boshlagani ham
alohida ta’kidga loyiq. G‘ulom Zafariyning o`tgan asr 20-yillarida ijod etgan bir
27
Mirvaliyev S. Abdulla Qodiriy.Toshkent, “Fan”, 2004. –B.53
113
pardali yoki bir ko‘rinishli pyesalari bolalar dramaturgiyasining ilk qadami sifatida
qayd etiladi. Bu haqda M.Olimova, B.Imomov kabi adabiyotshunos olimlarning
e’tirofi e’tiborga loyiq: “U 20-yillarning dastlabki kunlaridan boshlab, – deb yozadi
tadqiqotchilar G‘.Zafariy haqida, – bolalar uchun kichik-kichik sahna asarlari
yaratishga kirishdi. Adib ularda xalqchil kuy-qo‘shiqlardan, bolalar olamida
tarqalgan o‘yin usullaridan mo‘l-ko‘l foydalandi. Bolalarning farahli tabiat
quchog‘ida shod-xurram yashashlarini sahnaviy usullar yordamida jonlantirdi”.
28
Jumladan, G‘ulom Zafariyning dastlabki pyesalaridan biri “Tilak”dir (1922). U
bolalarni ilm olishga, o‘zaro do‘stona yashash, birodarlik, zamonaga munosib
ma’rifatli bo‘lishga da’vat etadi. Muallif asar qahramoni Murodning o‘y-fikrlarini
ochishda, uni individuallashtirishda sirli-romantik usullarni qo‘llab, sahnaviylikka,
ta’sirchanlikka erishgan. Umuman, o‘zbek bolalar dramaturgiyasining 1920-80-
yillardagi namunalari, ularning ayrim xususiyatlari haqida tasavvurga shu tariqa
ega bo‘lish mumkin. G‘.Zafariyning 1915-1926-yillarda yozgan “Bahor”,
“Binafsha”, “Quyon”, “Rahimli shogird”, “Mozorlikda”, “Erk bolalari”, “Tatimboy
ota” singari bir pardali “operetta”lari bolalar va yoshlar hayotidan olingan bo‘lib,
ular o‘zbek adabiyoti tarixida bolalar musiqali dramasining dastlabki namunalari
ekanligini professor N.Karimov ham alohida ta’kidlaydi.
29
Ta’bir joiz bo‘lsa, bu jihatlar o‘zbek bolalar adabiyoti hodisasining to‘la-to‘kis
qaror topganligi va uning turli tarmoqlari ham ko‘zga tashlanayotganidan dalolat
edi. Shu ma’noda, bolalar adabiyotining mavjud ahvoli va uning oldida turgan zarur
vazifalarning o‘sha davr matbuotida muhokama etilishi (bu yuqorida zikr etilgan
edi) o‘z navbatida, bolalar adabiy tanqidchiligini ham boshlab berdi.
“Eng nozik, eng qiyin nuqtalardan biri, – deb yozadi Sirojiy o‘zining bir
maqolasida, – bu haqda bolalarning tushunchalariga, ko‘rishlariga, yoshlariga qarab
va bolalar tili bilan anglata olmoqdir... buning uchun bolalarga asar yozadiganlar,
avvalo, haqiqiy bolalik davrini o‘tkazib, u davrdan qolgan jonli sezgilarni
tinglamakka majburlar; ikkinchidan, bolalar ruhiyati bilan yaqindan tanish bo‘lishi,
ya’ni, tarbiyachi bo‘lish shartdir”.
30
Yoki, Abdurahmon Sa’diyning fikrlarida ham
o‘sha davr adabiyotshunosligidagi dolzarb muammo ilgari surilgan: “Bolalarning
o‘z turmushlari, o‘z tillari, o‘z erklari, o‘z qiziquvlari bordir,– deb yozadi muallif. –
Bularning ruhi ham kattalarnikidan farq qiladi. Ularning adabiyotlari ham shunga
muvofiq bo‘lishi kerak”.
31
Ijodkor tanlagan uslub asar tilining yoqimli, ta’sirchan
chiqishiga qarab baholanishi, bolalarbop asarlarda fikrni bola tafakkuriga
muvofiqlashtirib, sodda ifodalash ularning o‘ziga xos uslubini belgilashi haqida
adabiyotshunos H.Yoqubov ham to‘xtalaib o‘tgan. Olimning ta’kidicha, g‘oyaviy
boylik va murakkablik, aniq va tugal fabula, ritmik harakatni sodda ifodalagan,
mayin yumorni ishlata bilgan tilnigina bola tili, deb qayd etish mumkin.
32
28
Bu haqda qarang: B.Imomov, Q.Jo`rayev, H.Hakimova. O`zbek dramaturgiyasi tarixi. Toshkent, “O`qituvchi”,
1995. –B. 205.
29
Qarang: Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari.Toshkent, “O`zbekiston”, 2008. –B.167.
30
Qarang: O`zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon. Т.: “Fan”, 1989. –B.
31
O`sha joy
32
Yoqubov H. Bolalar adabiyoti sifatini ko`taraylik. // Sovet adabiyoti. - 1936. - № 6. – B. 15.
114
XX asr boshlaridagi o‘zbek bolalar adabiyotining maydonga kelishi, ravnaq
topishida davr ijtimoiy muhitining ta’siri ham katta bo‘lgan. B.Qosimov ta’biri
bilan aytganda, zamon yangilanish zamoni edi. Millat yashamoqchi bo‘lsa, hamma
narsani
– maktab-maorifdan jamiyat idora tuzumigacha yangilamog‘i,
o‘zgartirmog‘i lozim bir davrda o‘zbek bolalar matbuoti, adabiyotiga ham asos
solingani oydinlashadi. Tezkorlik bilan yangi avlod tarbiyasiga kirishmoqning
yagona yo‘li sifatida ularga mo‘ljallangan matbuot va adabiyotga ehtiyoj katta
bo‘lgan. Shu tariqa, ma’rifatparvar pedagoglarning darsliklari, yetuk adiblarning
bolalarga bag‘ishlangan didaktik hikoyalaridan bolalarga mo‘ljallangan maxsus
Do'stlaringiz bilan baham: |