Sadriddin Ayniy (1878-1954). Ustod Sadriddin Ayniyni bolalar uchun ijod
etishga ma’rifatparvarlik faoliyati boshlab kelgan edi. U zullisonayn (ikki til egasi)
adib sifatida ma’lum va mashhur. Sadriddiy Ayniy ham jadid ma’rifatchilik
harakatining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lib maydonga chiqqan. Adib
vatandoshlarini uyg‘otishning yagona yo‘li – ularni o‘qish va o‘qitishga jalb qilish,
deb tushundi; o‘zi eski maktab va madrasalarda uzoq yillar tahsil ko‘rgani, uning
barcha mashaqqatlarini anglab yetganligi sababli usuli jadid maktablari haqida
ko‘proq bilishga intiladi.
1903-yilda Samarqandga borib, Mahmudxo‘ja Behbudiy tashabbusi bilan
tashkil etilib, o‘sha davrda dovruq yoygan Abdulqodir Shakuriyning “usuli
jadidiya” maktabini ko‘radi, undagi o‘qish va o‘qitish jarayonlari bilan tanishadi. U
yerda va Buxoroda o‘zi ko‘rgan tatarcha maktablar tajribasiga asoslanib, do‘sti
107
Abdulvohid Munzim bilan hamkorlikda 1908-yilda shunday maktab ochishga
muvaffaq bo‘ldi.
Ayni choqda Ismoil Gaspiralining “Xo‘jayi sibyon” (“Bolalar muallimi”) va
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Kitobat ut-atfol” (“Bolalar kitobi”) darsliklaridan
ilhomlanib, shuningdek, “Chor kitob” hamda Shayx Sa’diyning “Guliston”,
Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”
asarlariga xos an’analardan ijodiy foydalanib, 1910-yilda “Tahzib us-sibyon”
(“Yoshlar tarbiyasi”) darsligini yaratadi. Muallifning e’tiroficha, “bu adabiy kitob
xarakterida bo‘lib, bolalarni xiyla zavqlantirar edi”. Darslik o‘qituvchiga metodik
maslahat beruvchi (“Ogoh etish”) uqtirishi bilan boshlanib, dastavval “Tarbiyali
bola” sarlavhali didaktik maqola berilgan. So‘ngra, shu didaktik maqoladagi fikrlar
“Hikoyat”, “Odobli bola”, “Ota-ona” va “Savol-javob” sarlavhali maqolalarda
rivojlantirilgan. Chunonchi, “Hikoyat”da
Yo‘ldosh ismli
o‘quvchining
yolg‘onchiligi, har gal qalamini o‘zi sindirib, boshqa biror safdoshi boshiga qo‘yib,
uni gunohkorga chiqarish bilan shug‘ullanishi, har qancha nasihat qilinsa-da,
qulog‘iga olmagani, baribir yolg‘on tuhmat qilishdan toymay, oxiri safdoshlari
muallim va mudarris bo‘lib yetishganlari holda u hammol va mardikor bo‘lib
yashashga mahkum bo‘lgani bayon qilingan.
“Odobli bola” didaktik maqolasida odob va odoblilik qoidalari tushuntirilsa,
“Ota-ona” didaktik maqolasida farzandning ota-ona oldidagi burch va mas’uliyati
haqida so‘zlanadi. So‘ngra, “Savol” sarlavhasi ostida she’riy topishmoq berilib,
uning birinchi bandida ona fazilatlari, ikkinchi bandida ota fazilatlari jumboqlanib,
o‘sha fazilatlar tafsilotiga ko‘ra jumboqlarni yechish o‘quvchi zimmasiga
yuklanadi. Jumboqlanish esa mumtoz she’riyatdagi chistongo‘ylik an’analari
asosida voqe bo‘lib, shu xususiyati bilan bolalarni qiziqtiradi, o‘ylashga majbur
qiladi. Bola mustaqil fikr qila turib, chistonda onaga xos fazilatlar jumboqlanganini
anglab yetadi va uning javobi ona ekanligini aniq topadi. Shu tariqa, bola
tarbiyasida ota-ona va maktab hamkorligi masalasi alohida ta’kidlanadi. Muallif
“Ustoz–muallim” rukniga mansub “Maktab”, “Savol-javob”, “Marhamatli
Ahmadjon”, “Maktab qoidasi haqida hikoyat”, “Maktab vasfiga oid masnaviy”,
“Maktab qanday bo‘lishi kerak?”, “To‘g‘rigo‘y va o‘g‘ri bola”, “Tosh hikoyati”,
“Aqlli odam va baland baxt egasi”, “Badbaxt odam”, “Arabbek va ukalari
hikoyati”, “Arabbek chorbog‘i”, “Aqlli bola”, “Esli bola”, “Hikoyat”, “Muallim va
shogird hikoyati” va “Hikoyat” singari didaktik maqolalar va she’rlarda bu
muddaoni oydinlashtiradi.
S.Ayniy tojik va o‘zbek maktablari uchun talay alifbe, o‘qish kitoblarini tartib
berdi. Jumladan, “Qiz bola yoki Xolida” (1922), birinchi sinf uchun “Soli naxustin”
(“To‘ng‘ich yil”, 1924), “Tojik alifbesi” (1927), “Qiroat kitobi” (1930),
Ismoilzoda, Payrav Sulaymoniy va Rahim Hoshimlar bilan hamkorlikda birinchi
bosqich maktablar va texnikumlar uchun “5 dar 4” qiroat kitoblarini (1931) tartib
berdi.
Bu darsliklar orasida “Qiz bola yoki Xolida” qizlar maktabiga mo‘ljallangan
bo‘lib, o‘zbek tilida yozilganligi bilan ajralib turadi. Bu axloqiy-adabiy asar
adibning yangi zamon maktablari uchun tuzgan birinchi darsligi edi.
108
“Qiz bola yoki Xolida”o‘ttiz darsga mo‘ljallangan. Har bir dars materiali
o‘ziga xos adabiy-axloqiy lavha shaklidadir. Ularda nazariy bilimning amaliyot
bilan aloqadorligi, mehnatning foydasi va mehnatsevarlik, xotin-qizlarning
jamiyatdagi roli va boshqa qator masalalar to‘g‘risida bahs yuritilib, muallif ular
talqini jarayonida Xolida shaxsining kamol topishini ko‘rsatishga harakat qiladi.
Asarning asosiy qahramoni – Xolida. Darslikdagi 16 lavhada bevosita uning
xulq-atvori, ishlari va boshqalarga munosabati haqida gapirilsa, 10 lavhasida o‘qishi
va tarbiyasi xususida to‘xtalgan. Umuman, Xolida oilada, maktabda va tabiat
qo‘ynidagi faoliyat jarayonida ko‘rsatilib, inson shaxsi shakllanishida bu uch
omilning ta’siri badiiy tarzda gavdalantiriladi.
Darslik qizlar maktabida o‘qishga mo‘ljallanganligi bois, dastlabki uch
lavhasida qizlarning jamiyatdagi o‘rnini ifodalovchi umumlashtiruvchi saboq
beriladi: “Qiz bola ota-onaning eng sevukli bir mevasidur.
Qiz bola ota-onaning qayg‘ulik chog‘larinda eng mehribon bir sirdoshidir.
Qiz bola qavmu qarindoshlarining obro‘yi va nomuslaridir.
Qiz bola uyning ziynati va xonadonning davlatidir.
Qiz bola yurtning bog‘i va butun el-u ulusning chirog‘idir…”
25
Ayniy odobli bo‘lmoq yaxshi bo‘lmoqning bosh sharti ekanligini 2- va 3-
darslarda o‘rganiladigan “Adabli qiz bola” va “Yaxshi qiz bola” lavhalarida
tushuntirib o‘tgach, keyingi darslarga mo‘ljallangan lavhalarda Xolidani harakatga
soladi. Olti yashar Xolida ota-onasining yakka-yu yagona qizi bo‘lganidan bir qadar
tantiq, injiqroq va o‘zgalarni nazarga ilmaydigan bir qiyofada kitobxonga ilk bor
tanishtiriladi: “Xolida qabatma-qabat kiyimlarni kiyib, halqa va uzuklarni taqib,
yasanib yurar va boshqa qizlarni nazari ilmas edi. Chunki odamning odamligi kiyim
bilan deb gumon qilar edi”(10-b). U ilk bor oddiy mashkobning qizi Fotima bilan
to‘qnashib, asl haqiqatni anglab olishga muyassar bo‘ladi. Xolidada o‘qishga, ilm
olishga havas uyg‘onadi, mehnatsevarlik, insondo‘stlik fazilatlari shakllana boradi.
“Xolida xat va savoddan bo‘lak narsani istamaydur”, “Xolida maktabga boradir”,
“Xolida shohi va baxmal kiyimlarini sug‘urib tashlaydir”, “Xolida qo‘l ishlarini
o‘rganadur”, “Xolida tikish tikadur”, “Xolida Qunduzni o‘limdan qutqaradur” va
boshqa qator lavhalarda Xolidaning inson sifatida shakllanishi ko‘rsatilgan. Har bir
lavhada turli mavzudagi suhbatlar yo muallimaxonimning shogirdlariga o‘giti, yo
Xolidaning mulohazalari, yoki Xolida haqidagi hikoyalar tarzida berib boriladi.
Masalan,
“Sog‘liqni
saqlamoq
kerak”
sarlavhali
lavhada
o‘qiymiz:
“Muallimaxonim o‘z shogirdlarining ilmlarini ko‘paytirishga va axloqlarini
tuzatishga qancha g‘ayrat ko‘rsatsa, alarning sog‘liqlarini saqlashga ham o‘shancha
harakat qilar edi. Bu to‘grida aytar edi: “Qizlarim! Odam bolasi kasal bo‘lg‘andan
keyin, ko‘p azoblar chekar, tabibga borar, bir talay jamalg‘a tortar, ota-onasini,
og‘a-inisini, qavmi-qarindoshlarini qayg‘uga solar, shuning ila barobar yo sog‘ayur,
yoki yoshlik chog‘inda o‘lub ketar. Shuncha azob va uqubatlardan qutulishning
birdan bir yo‘li: sog‘liqni saqlashdir”(18-bet.) Yoki, “Mashhur xotinlar” lavhasida
shunday hikoya qilinadi: “Bir kuni Xolidaning otasi bozordan yangi bosilib chiqqan
25
Ayniy S. Qiz bola yoki Xolida. Toshkent. 1964. 9-bet
109
“Mashhur xotinlar” otli kitobni keltirdi. Xolida ushbu kitobni bir-ikki qatla diqqat
bilan o‘qib chiqdi. Ushbu kitobda yozilg‘an xabarlarga ko‘ra Islom dunyosinda
ancha mashhur xotinlar o‘tgan ekanliklari, she’r aytg‘onlar sakson to‘rt nafar,
mudarris bo‘lib dars aytg‘onlar yigirma to‘rt nafar, xalqqa va’z so‘ylab, xalqni
to‘g‘ri yo‘lg‘a undab yurg‘anlar yigirma sakkiz nafar ekan…” (21-bet.)
“Qiz bola yoki Xolida” asarini shu fazilatlariga ko‘ra professor I.Braginskiy
povest deb ataydi va hatto uni adibning “Tahsib us-sibyon”idagi “Xonadoni
xushbaxt”
hikoyasining
mantiqiy
davomi
sanaydi.
Adabiyotshunos
P.Shermuhamedov esa bu darslik haqida: “S.Ayniyning bu lavhalarini badiiy asar
deyish mumkin emas, chunki bu yerda bolalar xarakteri hayotiy to‘qnashuvlar,
ruhiy holatlar orqali ochilmaydi, faqat maqola uslubida avtorning qarashlari bayon
qilinadi, xolos”,– deb ta’kidlaydi.
26
Rost, “Qiz bola yoki Xolida” avvalo, darslik
tarzida yozilgan. Unga badiiy jihatdan mukammal qissa talabidan yondashib
bo‘lmaydi. Qolaversa, yangi o‘zbek adabiyotining ilk namunalari, qissa va
hikoyalari ham shu kabi didaktik ifodalar, bayon uslubiga xos bo‘lgan. Darslikning
bolalar uchun mo‘ljallanganligi nazarda tutilsa, bu tabiiy. Ammo shunisi muhimki,
bolalar adabiyoti shu qolipda qolib ketmadi. Badiiy, janriy ko‘lamiga ko‘ra o‘zining
mustaqil o‘zanlarini topa bordi. Binobarin, “Qiz bola yoki Xolida” bolalar nasrining
shakllanishi va rivojlanishiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.
XX asrning 30-yillaridagi bоlalar adabiyotiga nazar sоlinsa, ijоd ahlining
maktabga ijоdiy munоsabati birmuncha jоnlanganligini kuzatish mumkin. Buning
sababini sho‘rоlarning maktabni qayta qurish, umumiy majburiy bоshlang‘ich
ta’limga o‘tish, savоdsizlikni оmmaviy ravishda tugatishga qaratilgan siyosati bilan
izоhlash mumkin. Aftidan, хuddi shu hоlat Ayniyga eski maktabdagi o‘qitish
jarayonini eslatgan ko‘rinadi. Va u 1933-yilda “Eski maktab” avtоbiоgrafik
qissasini yozdi. Dastlab tоjik tilida bitilgan bu qissa 1935-yilda alоhida kitоb
shaklida bоsildi, so‘ngra, qayta-qayta nashr etilib, maktab darsliklariga kiritildi.
Ayniy bu asarini 1938-yilda o‘zbеk tilida qayta ijоd qildi. Hоzirga qadar uning
o‘zbеkcha nusхasi o‘n martadan ziyod qayta nashr etildi.
Asar o‘tmishdagi eski maktablarda amal qilingan ta’lim va tarbiya tizimining
mоhiyatini badiiy оbrazlarda gavdalantirib, sarguzasht shaklida – avtоbiоgrafik
yo‘sinda ifоdalab bеrdi. Zеrо, uning o‘zi eski maktabning barcha achchiq-
chuchugini tatib ko‘rgan edi. Shu sababli qissa markazida uning o‘z оbrazi turadi.
“Eski maktab” qisasida o‘tmishdagi diniy maktab hayotining haqqоniy tasvirini
yaratib bеrgan. Asarda yosh Sadriddinning hayoti aks etadi. Bu avtоbiоgrafik
qissada eski usuldagi maktabda bеrilgan ta’limning qоlоqligi va tan jazоsidan
bоlalarning azоblanishi; dоmlaning layoqatsizligi va qo‘pоlligi, shоgirdlarning
bеfоyda o‘yin va mashg‘ulоtlar bilan shug‘ullanishlarini tasvirlab, muallif
o‘tmishda bоlalik davrining bеfоyda va zеrikarli o‘tganidan afsuslanadi.
Eski maktablarda bоlalar to`rt yasharligidan bоshlab qatnashishi mumkin
bo‘lgan. Sadriddin ham maktabga to‘rt yasharligidan qatnay bоshlagan. Lеkin оta-
оnasi uning maktabda qiynalayotganini ko‘rib, tо оlti yoshigacha maktabga
26
Qarang: O`zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon. Т.: “Fan”, 1989. –B.33.
110
uzatmaydilar. Eski maktabхоnalar uy хоnalari kabi yorug‘ va tinch bo‘lmay, tоrgina
bir хоnadan (hujradan) ibоrat bo‘lgan. Ularga tuynuklardan оzgina yorug‘lik kirib
turgan, хоlоs. Shu tоrgina, хira хоnada uch yuz uylik Sоktarе qishlоg‘ining to‘rt
yashardan o‘n ikki yashargacha bo‘lgan barcha bоlalari sabоq оlishgan. Undan
tashqari, Sоktarе хo‘jalar qishlоg‘i bo‘lgani uchun “Tabarruk” qishlоq
hisоblanganidan, atrоf qishlоqlardagi ba’zi “iхlоsmandlar” ham o‘z bоlalarini bu
maktabga yubоrganlar. Maktabхоnada bоlalar Ayniy ta’biri bilan aytganda “amir
zindоnida qamalgan bandilar kabi” bir-birоvlarini bоsib, tiqilib, qiynalib tahsil
оlishgan.
Eski maktablarning sharоitini rеal aks ettiruvchi bu tasvirni o‘qigan hоzirgi
yoshlar bеiхtiyor o‘zlariga o‘qish, bilim оlish uchun yaratilgan qulay imkоniyatlar,
yorug‘ va kеng sinf хоnalari, turli хil darsliklar, o‘tirishga mo‘ljallangan
o‘rindiq,dоska eng muhimi, ularning barchasi bеpul tashkil qilinganligini ko‘z
оldilariga kеltirishlari va bundan ta’sirlanishlari tabiiy.
Ushbu kitоbni o‘qigan o‘quvchi o‘z davri maktablarini bеiхtiyor qissada
tasvirlangan maktabga qiyos qilar ekan, istiqlоl davri yoshlariga uning barkamоl
avlоd bo‘lib ulg‘ayishi uchun bеqiyos imkоniyatlar yaratib bеrilganini yanada
chuqurrоq his etadi. O‘z Vatani bilan faхrlanish, оzоd va mustaqil, farоvоn va
baхtiyor hayotdan minnatdоrchilik hissi оrtadi.
Sеrqirra faоliyat sоhibi bo‘lgan Sadriddin Ayniy faоliyatida pеdagоglik ham
o‘ziga хоs o‘rin tutgani bоis, u o‘z davrining maktab va madrasalari hayotiga
alоhida qiziqish bilan qaraydi hamda ular haqida ko‘rgan-kеchirganlarini “Eski
maktab”, “Esdaliklar” singari asarlarida alоhida tasvirlab ko‘rsatdi.
“Ko‘p asrlik o‘zbek adabiyoti tarixida, – deb yozadi professor N.Karimov,–
XX asr adabiyoti alohida ahamiyatga ega. Milliy uyg‘onish adabiyoti yoki jadid
adabiyoti atamalari bilan tilga olinib kelayotgan bu davr, avvalo, Mahmudxo‘ja
Behbudiy, Fitrat, Hamza, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon singari o‘lmas ijodkorlarning
nomlari bilan bog‘liq. Bu ulug‘ zotlar, birinchi navbatda, shoir yoki yozuvchi
bo‘lganlari holda XIX asr oxiri, XX asr boshlarida vujudga kelgan yangi ta’lim
tizimi, milliy matbuot va teatr san’atiga ham asos soldilar”.
Darhaqiqat, olim yuqorida zikr etgan allomalar serqirra adib, islohotchi
ma’rifatparvar, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘zbek bolalar adabiyoti uchun ham hissa
qo‘shgan ilg‘or ziyolilar edilar. Jumladan, Abdurauf Fitrat (1886-1938) siymosida
nafaqat yangi o‘zbek adabiyoti asoschilaridan biri, dramaturg, shoir, nosir, balki,
zabardast olim va fidoyi pedagog, yoshlar rahnamosini ko‘rish mumkin. U 1913-
yilda Istanbuldan Buxoroga maorif homiysi, ma’rifiy g‘oyalari bilan qaytib keladi.
Biroq o‘z maqsadlarini bu davrda mutaassiblik avj olgan Buxoroda amalga
oshirolmagach, Shahrisabz va Karkida yangi maktablar ochish bilan shug‘ullanadi.
Ayni paytda, yangi maktablar uchun darsliklar ham yozadi. Fitratning 1917- yilda
tartib bergan “O‘qu” (Boku) darsligi ibtidoiy maktablarning so‘ng sinfi uchun
mo‘ljallangan. Unda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari,
qiziqishlari inobatga olinib, talay lavhalar, mashq(tamrin), ibratomuz hikoyat va
savol-javoblar berilgan. Ba’zi matnlar esa badiiy-tasviriy jihatdan ahmiyatga esga.
Aytaylik, darslikdagi “Yurtimiz, Arslon bilan Botir” sarlavhali matnida obrazli
111
vositalar yuksak mahorat bilan go‘zal va ta’sirli bayon etilgan. Bunda sharqliklarga
xos odob-axloq belgilari badiiy talqin etiladi; unda hikoyaga xos tasviriy detallar
talaygina. Xususan, muallif poklikka yo‘g‘rilgan tongning bolalar qalbida
farahbaxsh tuyg‘u uyg‘otishi, Arslon va Botirning yarim kechadan buyon dalada
qo‘sh haydayotgan “sevukli otalari Hasan boboga salom berib, qo‘lini o‘pib,
duosini olib kelish uchun” otlanishlarini, bunda ota-o‘g‘il munosabati, ularning bir-
birlari oldidagi burch va mas’uliyat milliy qadriyat tarzida ulug‘lanishini tasviriy
ifodalarda bayon etadi: “Hasan bobo ham endigina namoz o‘qib bo‘lib, qiblaga
qarab, bolalarining haqiga duo qilayotgan edi. Ikkigina ho‘kizi boboning duosiga
omin, deya turgan kabi yonida boshlarini egib turgan edilar” tarzidagi voqelik
bayoni ota duosining ulug‘ligini obrazli ifodalayotir. Fitrat bolalarga mo‘ljallangan
mazkur hikoyasida kundalik voqealar, dolzarb mulohazalarni ham xalq ertaklariga
monand obrazli bayon etishga erishadi. Aka-ukalar otalarining duosini olgach, uyga
qaytayotib, o‘ng qo‘ldan “Voy, tangrim!” degan tovushni eshitib to‘xtaydilar.
Qarasalar, “Qurigan yog‘ochning ko‘lankasida, yirtiq bir choponni yuzlarigacha
tortib o‘tirgan va ehtimolki, qattiq bir isitma tutgan bir xotin”ga ko‘zlari tushadi.
Ramzlardan iborat bu detallarga, chunonchi, “qurigan yog‘och”– qulatilishga
mahkum etilgan mustabid tuzum; “ko‘lanka”– millatning erkli turmushiga soya
tashlagan ijtimoiy tuzum; “yirtiq chopon”–mazlum o‘lka qiyofasi; “isitmali xotin”–
dardchil Turkiston timsoli ekanligiga, harqalay, bolalarning idroki hali yetmasligi
ayon. Shu sababli muallif bolalar tabiatiga xos ketma-ket savol berish detalidan
foydalanib, mavzu mohiyatini oydinlashtirishga erishadi. Botir va Arslonning:
“Onajon! Nima bo‘ldi sizga?”; “Biron o‘g‘lingiz yo qizingiz yo‘qmidimikim, kelib
qo‘lingizdan tutib, holingizni so‘rsin?”; “Qanday tosh yurakli ekan ular?” kabi
so‘roqlariga javoban “ayol”ning: “Men butun O‘zbekistonning, chig‘atoylarning
onalari erurman, otim Turkistondur”,– deyishi yozuvchi badiiy niyatini
oydinlashtirishga xizmat qilgan. Millat yoshlarining ilmsizliklari va jaholat
oqibatida “ona”ning shunday ahvolga tushganini anglab yetgan o‘g‘lonlar yaxshi
o‘qishga bel bog‘laydilar. Shu ma’noda Arslon va Botir obrazlarini ham ramziy
ma’no tashishi anglashiladi. Zotan, Abdurauf Fitrat o‘sib kelayotgan yosh avlodga
o‘z yurti, mamlakatini mustamlakadan qutqarish, dardiga darmon bo‘lishlarini shu
tarzda uqtiradi.
Yetuk satirik va tarixiy romannavis adib Abdulla Qodiriy (1894-1938) ham
o‘z davrida bolalar hayotini aks ettiruvchi hikoyalar yozgan. Uning Julqunboy
taxallusi bilan yozilgan “Tayoq maktabi”da yangi maktabning afzalligi, uning
bolalar tarbiyasida tutgan roli, eski maktabning qiyinchiliklari bolalar tili orqali
qiziqarli tasvirlansa, “Uloqda” hikoyasining qahramoni o‘n ikki yasharli Turg‘un
chavandozdir. Hikoyadagi yosh Turg‘un ta’rifi, bolalik zavqi, uning yangi kiyim
kiygandagi quvonch va g‘ururi tabiiy tasviri bilan e’tiborni tortadi. Shuningdek,
xalq orasida keng tarqalgan uloq o‘yinining yetuk chavandoz darajasi o‘smir
Turg‘un his-tuyg‘ulari, ruhiy olami, sevinchu shodligi orqali ifodalanishi voqea
tasviri emas, ruhiyat va xarakter holati tasviri ustuvorligiga ko‘ra XX asr
boshlaridagi o‘zbek hikoyachiligidagina emas, bolalar nasrida ham jiddiy yutuq,
112
deyishga asos bo‘ladi. Adibning “Jinlar bazmi” asari ham bola tilidan hikoya
qilingan. Unda bolalarcha qo‘rquv hissiyotlari, tuyg‘ulari real aks etgan.
“Ushbu hikoyani necha bor o‘qib chiqmaylik,– deb yozadi adabiyotshunos
S.Mirvaliyev,– hamisha yoshlikning qandaydir asov to‘lqinlari bilan qayta-qayta
uchrashgandek bo‘lamiz; ...xususan, asar qahramoni holatlari biz boshimizdan
kechirgan hayot – turmush manzaralaridek jonli, ishonarli va tabiiy, ayni chog‘da
jozibali”.
27
Darvoqe, aynan bolalikdagina barcha sirli tilsimlar, ajoyibotlar olami,
g‘aroyib voqealar haqiqiy tuyuladi. “Jinlar bazmi”ning dastlab, bolalarga alohida
zavq bag‘ishlashi, fantastik ertaklarga xos qiziqarliligi ham shundan. Agar hikoyada
yoshgina murg‘ak bola tasavvuri teran aks etmasa, ehtimol, uning ta’sirchanligi
ham bu qadar tabiiy chiqmas edi. O‘quvchi ko‘proq hikoyachi (O‘sarqul) emas, bu
voqeani tinglagan (“Otam bu hikoyani boshlagan vaqtda mening vujudimni qo‘rquv
o‘rab olar edi-da, ichimdan “Meni ham shunday jinlarga yo‘liqtirma”– deb tangriga
yolvorib qo‘yar edim”) bola holatini yorqin ko‘radi, qo‘rquvdan titrayotgan, rangi
oqarib, ko‘rpa ostiga bekinib olgan bolakay ahvolini his qiladi. Yozuvchi ushbu
voqea tafsilotlarini shu qadar teran, yorqin bo‘yoqlarda chizadiki, chindan ham
o‘sha kichkintoy bola yosh Abdulla obrazini, ruhiyatini aks ettirganday tuyuladi.
Shu sababli, “Menga qolsa, – deb ta’kidlagan edi S.Mirvaliev bu asar haqida – uni
avtobiografik hikoya ham derdim”.Olim muallif tasvirlagan joy – bog‘-ishkomlar,
ovloq jin ko‘chalar, pastqam dala hovlilarni adib yoshligida yashagan uyga
o‘xshatadi. Demak, bu ham yozuvchi tasvirining aniqligi, ishonarliligi va ayni
paytda bolalik xotiralarining uyg‘oqligi dalolatidir. Binobarin, adabiyotshunos
P.Shermuhamedov ham “Uloqda” va “Jinlar bazmi” hikoyalarining bolalar
adabiyoti taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilganini o‘rinli e’tirof etadi.
Binobarin, XX asrning birinchi choragini tom ma’noda, o‘zbek bolalar
adabiyoti va adabiyotshunosligi shakllanib, yosh nihol singari bo‘y cho‘za
boshlagan davr, deb aytishga asos bor. Ayni paytda uning tadrijiy taraqqiyotida bir
Do'stlaringiz bilan baham: |