www.ziyouz.com kutubxonasi
291
mayda-chuyda tafsilotlari, yolg‘on-yashiq iplardan to‘qilgan to‘rini ko‘rishdan ojiz edilar. Ular o‘z
tasavvurlariga mos keladigan odamdan boshqasini ko‘rishga qobil emas edilar.
Kutilmaganda Palmer ular o‘zlaricha haq ekanligini his qildi. O’zi ham ana shu odamlardan biriga
aylanib qolgan edi. Va nihoyat...
U telefon xonasidan chiqib, asta-sekin bank tomonga qarab yura boshladi.
Chorrahaga kelganda Palmer hech kutilmaganda ko‘cha o‘rtasiga o‘zini urdi. Quloqlari ostida
avtomobilning vahimali chinqirig‘i yangradi. Palmer hech narsaga e’tibor bermay yurib boraverdi.
Qo‘lansa daryo hidi dimog‘iga to‘lib ketdi.
Palmer gavanga orqa o‘girdi va ufqning notekis chizig‘iga tikilgancha bunday serg‘alva hayotga
yana qancha chiday olarkinman, deb xayolan o‘zidan so‘radi. Edis bilan birga bu dahshatli shaharda
shod-xurram yashay olamizmi, deb ham o‘yladi. U Michiganning sokin ko‘llarini, qalin o‘rmonzor
tepaliklarini eslar ekan, yozni qanday o‘tkazamiz, degan o‘y xayolidan o‘tdi. Ammo bironta savolga
javob topa olmadi.
Moliya binolari joylashgan xududdagi qoyadek tikkaygan silliq oq marmarli baland binolar ustida
yana bitta qoya paydo bo‘ldi: havo harorati va vaqtni bildiruvchi jadval miltillay boshladi.
U qo‘llariga ko‘z yugurtirdi: kichkinagina o‘tkir, qoramtir zang bo‘lakchalari kaftlariga yopishib
qolibdi. U kaftlarini bir-biriga ishqalab, tozaladi.
Biroq, janoblar, mening yoshimda hech kim iste’foga chiqmaydi-ku, deb o‘yladi u shu asnoda. Men
pianino chalmayman, marka yig‘mayman, suratlar chizmayman-ku.
Palmer nihoyat bankka kirdi, eshik og‘asi ta’zim qilib, salom berdi. Palmer jilmayib, bosh irg‘adi va
tilla suvi hamda yashil ranglar qorishib ketgan bu baland ulug‘vor koshona ostonasida bir lahza turib
qoldi. U tinimsiz chiqillayotgan hisoblash mashinalarining g‘uvuriga quloq soldi. Bir tekis chiqayotgan
ovozlardan mashina jamg‘arma hisoblarining bir choraklik kartochkalarini sanayotgani va chop
etayotganini angladi.
Uning yuzidagi tabassum sekin-asta yo‘qolib bordi. Ko‘pchilik xizmatchilar uni nimalarga qodirligini
anglagan holda ehtirom bilan kuzatib turishganini his qilgan ko‘yi lift tomon yo‘l oldi. U, ayni
zamonda, hozirgi ko‘rinishi hammada ishonch uyg‘otadigan darajada ekanligini ham bilib turardi. U
bank bilan birga yuksalib borayotganga o‘xshardi.
Va nihoyat, uning ne chog‘li ishlarga qodir bo‘lgan aqli, kuch-qudrati faqat mana shu dovonda
to‘xtab, toliqib qolmasa bo‘lgani...
Roman juz’iy qisqartishlar bilan bosildi.
Ruschadan
Fayzi ShOHISMOIL,
Amir FAYZULLA,
Shahzoda XUDOYBERDIEVA,
Jahongir ABDULLAEV
tarjimasi.
________________________
R u m p ye l — kemaning rul pishangi.
Ya r d — 0,91 metr.
P r i ch a l — qayiqlar to‘xtagach, qoziq-ustunlarga bog‘lab qo‘yiladigan maxsus joy.
Birja aktsiyalari narxi ko‘rsatkichi.
K l i m a k s — jinsiy bezlar faoliyatidagi o‘zgarish.
YuBTK — «Yunayted benk end trast kompani».
B a n k n o t — bank tomonidan chiqariladigan va pul o‘rnida yuradigan foizsiz kredit chiptasi.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |