Majburiy blok.Tarix
1. Kir II va massagetlar o'rtasidagi urush tafsilotlari qaysi tarix manbada yozib qoldirilgan?
A) Gerodotning " Tarix" asarida;
B) " Behistun" bitiklarida;
C) "Avesto" da;
D) Straboning " Geografiya" asarida.
2. O'rta Osiyodan topilgan ilk tangalar nechanchi asrga oid?
A) Mil.av IV-III asrlar;
B) Mil.av VI-V asrlar;
C) Mil.av V-IV asrlar;
D) Mil. IV-V asrlar.
3. "Qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishiga ishonch" qaysi e'tiqodning ta'rifi hisoblanadi?
A) Totemizm;
B) Fetishizm;
C) Animizm;
D) Shomonizm.
4 Dastlabki diniy e'tiqodlar qaysi davrda vujudga kelgan?
A) O'rta tosh davri;
B) So'nggi qadimgi tosh davri;
C) Ilk qadimgi tosh davri;
D) O'rta qadimgi tosh davri;
5. Zardushtiylik dining muqaddas kitobi " Avesto" qachon 21 kitobga jamlangan?
A) Mil.av IX-VIII asrlarda;
B) Mil.III asrda;
C) Mil.av VIII-VII asrlarda;
D) Mil.av III asrda.
6. Qiziltepa shahri hozirgi qaysi viloyatda joylashgan?
A) Surxondaryo;
B) Qashqadaryo;
C) Sirdaryo;
D) Buxoro;
7. Mil.av IV asrda Xorazm qaysi davlatdan ajralib chiqib, mustaqil davlatga aylangan?
A) Ahamoniylar davlatidan;
B) Salavkiylar davlatidan;
C) Makedoniyalik Aleksandr davlatidan;
D) Yunon-Baqtriya davlatidan.
8. " Shahar qudratli mudofaa devorlari bilan o'ralib , devor burchaklarida burjlar qurilgan . Markazdan o'tgan ko'cha shaharni ikki qismga bo'lgan, undan esa, yon-atrofga ko'chalar ketgan , mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxonlar joylashgan" - Qadimgi Xorazmning qaysi shahariga ta'rif berilmoqda?
A) Ko'zaliqir;
B) Tuproqqal'a;
C) Oybo'yirqal'a
D) Qal'aliqir.
9. "Diodot, Yevtidem, Demetriy" ushbu tarixiy shaxslar qaysi qadimiy davlatning hukmdorlari hisoblangan?
A) Salavkiylar;
B) Parfiya;
C) Baqtriya;
D) Yunon-Baqtriya.
10.Qadimgi Baqtriya davlati qachon tashkil topgan?
A) Mil.av 250-yilda;
B) Mil.av VI asrda;
C) Mil.av 140-130-yillarda;
D) Mil.av VII asrda.
11. " Buyuk Ipak yo'li"ga ushbu nom qaysi tarixiy shaxs tomonidan berilgan?
A) Chjan Syan;
B) A.Dyuperron;
C) J.F.Shampallyon;
D) F.Rixtgofen.
12. " Politemet" hozirgi qaysi daryoning qadimiy nomi hisoblanadi?
A) Zarafshon;
B) Qashqadaryo;
C) Amudaryo;
D) Sirdaryo.
13. Oromiy yozuvi qaysi hududda paydo bo'lgan?
A) Old Osiyoda;
B) G'arbiy Osiyoda;
C) O'rta Osiyoda;
D) Kichik Osiyoda.
14. Buxoroda qaysi sulola hukmronlik davrida Samarqandagi registon ansambilining hozirgi qiyofasi qad rostlagan?
A) Ashtarxoniylar;
B) Shayboniylar;
C) Temuriylar;
D) Mang'itlar.
15. O'zbekistonda "Yoshlar yili" nechanchi yil etib belgilangan?
A) 2008-yil;
B) 2007-yil;
C) 2006-yil;
D) 2005-yil.
1.a 2.C 3.b 4.d 5.d 6.a 7.a 8.b 9.d 10.d 11.d 12.a 13.b 14. a 15.a
Do'stlaringiz bilan baham: |