www.ziyouz.com kutubxonasi
278
javob berilmagan telefon raqamlariga nigoh tashladi. Virjiniya bu telefon raqamini bilarmidi? Balki.
Balki, uni Berkxardt ham bilar, YuBTKda deyarli hamma, Palmerning kabinetiga kirganlar telefon
raqamini ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Demak, Berns ham. Birdan Palmer sukut cho‘zilib ketganini his
qildi.
— Pit kimga o‘xshaydi? — nihoyat so‘radi u.
— Eshit, azizim uchrasha olamizmi?
— Gap nima haqida bo‘lishiga qarab.
— O, mucho1 narsalar haqida azizim.
— Xudoyim, ko‘p tillarni biluvchilarga ofarin. Ayt-chi, nima uchun ovozing boshqacha?
— Ovozim boshqacha bo‘lishi kerakmi? — e’tiroz bildirdi Berns. — Bunday deyishingga biror sabab
bormi?
— Bir dunyosini sanab berishim mumkin.
— Chunki ichaklarim jang bo‘lib o‘tgan dalalarga osib qo‘yilganimi? — so‘radi Berns. — Meni
xonavayron qilding-ku, bolaginam? Ko‘richagimni kesishgandan buyon bunday jarrohlikka duch
kelmagan edim.
— Iltimos, xushomad qilmasdan gapiraver.
— Hech qanday og‘riq qoldiruvchi vositasiz — davom etdi Berns. — Do‘stim, sen so‘yganda ham
astoydil, chinakamiga so‘yar ekansan. Faqat soat to‘rtdagina nemis xoini haqidagi yangilikdan voqif
bo‘ldim. Do‘stlaring g‘aroyib ekan.
— U — do‘stim emas.
— Endi do‘sting bo‘lmay qoldimi? To‘xta, undan foydalanganingni u qachon bila oladi?
— Nima keragi bor, Mak. Jet-Texda ahvoli yomon bo‘lib qolgan ekan. Boshqa ish taklif qilgan har
qanday odam unga qatta yaxshilik qilgan bo‘lardi.
— Eddi Xeygen-chi? Sen uni qaerga tiqishtirganingni tushunadimi?
— General Xeygen tadqiqot ishlarida yangi rahbarga ega bo‘ldi. Bu ishni kim qilsa ham generalni
og‘ir vaziyatdan chiqargan bo‘lardi.
— Va senat komissiyasi oldiga qo‘ygan bo‘lardi, — qo‘shimcha qildi Berns.
Palmer qaddini rostladi.
— Tushunmadim.
— Xeygen tushunadi. Gauss ham, Jet-Texdagi rahbarlar ham.
— Ular komissiya oldida turishadi demoqchimisan?
— Vashingtondagi meni odamim yaqindagina qo‘ng‘iroq qildi, og‘ayni. Mana shunday ishlar bilan
shug‘ullanuvchi departamentdagilar quturib ketishibdi, dedi u. Yarim soatdan keyin matbuot
konferentsiyasi bo‘ladi. Ular bunday o‘tishga qarshilik ko‘rsatish maqsadida tekshiruv o‘tkazishni talab
qilishmoqchi.
— Bunday qilishga qonuniy huquqlari bor, — javob berdi Palmer.
— Ish tahlil qilinganda ismingni tilga olmaslikka kim xalaqit bera oladi?
— O’ylaymanki, hech kim.
— Bunisi qandoq bo‘ldi? — so‘radi Berns.
— Nima qipti? Mamlakatimiz erkin mamlakat, Mak. Agar ular meni milliy xavfsizligimiz uchun katta
foyda keltirishga qodir odamni faoliyati cheklab qo‘yilgan boshqa odam bilan uchrashtirib, har ikkisini
yo‘ldan urdi deb aytishni xohlasalar, ularni to‘xtata olmayman. Harakat ham qilmayman.
— Azizim, senatorlar hamma narsaga boshqacha ko‘z bilan qarashi mumkin. Ular seni o‘ta zarur
“Uotan” loyihasi bilan mashg‘ul ishdan chalg‘itishda ayblashlari mumkinligini unutma.
— Gaussni nazarda tutayapsanmi? — so‘radi Palmer, chamamda u voqeani butunlay boshqacha
izohlaydi. U, ehtimol, “Uotan”ning omadi yurishmayotganiga Jet-Texning xasisligi sabab, bu
kompaniya uni mablag‘ bilan puxta ta’minlay olmayapti, deb izoh bera oladi. Dunyoda uning
nohaqligini isbotlaydigan o‘n nafar odam topilmaydi. Binobarin, u haq bo‘lib chiqadi.
Berns anchagina jim qoldi. Keyin yengilgina kinoya bilan “ha-a” deb qo‘ydi.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |