www.ziyouz.com kutubxonasi
275
maromda yonib o‘cha boshladi.
— Menga yana kimdir qo‘ng‘iroq qilyapti, — muloyimlik bilan dedi Palmer.
— Tupurdim.
— Aytdim-ku, o‘zingizni tutishni bilmaysiz deb, — gapini bo‘ldi Palmer. — Bu hali yumshatib
aytganim. Tinchlaning! Hammasi tugagach, men sizni uyg‘otaman.
— Palmer sen kichkina...
— Leyn, keyinroq qo‘ng‘iroq qilaman. — Palmer Berkxardt bilan gapni to‘xtatib, boshqa
tugmachani bosdi. — Eshitaman?
— Janob Mollet, ser.
—Ulang. Jorj?
— Mendan qochib yuribsizmi? — so‘radi Mollet.
— Hozirgina kirdim. Boshlig‘im qulog‘imni tom bitirdi.
— Tushlik qanday o‘tdi?
— Zo‘r, — javob berdi Palmer. – Sizlarniki-chi?
— Judayam zo‘r. Qulog‘ingiz qizidimi?
— Qizishi kerakmidi?
— Aytingchi, bu eski safdosh qadrdonlarning oddiy uchrashuvimidi?
— Qandaydir ma’noda – ha.
— Nima? Gauss Xeygen uchun ishlamoqchimi?
— Yaxshisi, birortasidan so‘rganingiz ma’qul.
— So‘radim. Xeygen javob bermayapti. Gauss shaharda yo‘q.
— Shu ishga aloqador davlat departamentidan bilib ola qolmaysizmi?
— Masalan, aynan kimdan? – so‘radi reportyor.
— Janob Karvi degani bor. Tim Karvi. U biror narsa bilishi mumkin.
— Matbuot uchunmi? – so‘radi Mollet. – U hech narsani aytmaydi, shunday emasmi?
— Holi-jonimga qo‘ymasdan so‘rayverasiz...
— Eng osoni – sizni bezovta qilish.
— Agar Timdan ma’lumot olsangiz, men barcha norasmiy narsalarni aytib beraman, — va’da berdi
Palmer. – Shunda siz Xeygenga, Lumis va Gaussga qanaqa savollar berishni bilasiz.
— Boshqacha qilib aytganda, siz Karvi bezovta bo‘lishini xohlaysiz. Va buni boshqalarning qo‘li
bilan amalga oshirmoqchisiz.
— Odatda “Star”ning muxbiri bundan boshqa savolni bilmaydi.
— Hozir hammasini tugataman, — javob berdi Mollet.
— Yaxshi. Ko‘rishguncha.
Palmer yana shahar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa tugmachasini bosdi va Mak Berns telefoni
raqamini terdi. Endi soat ikkidan qirq besh daqiqa o‘tgandi.
— Azizim, nima uchun tomirlaringda Livan qoni oqayotganini menga aytmading?
Berns to‘ng‘illadi:
— Birjaning yopilishini kutib o‘tirolmadim. Hammasi boshlanganda gap nimadaligini darhol
fahmladim. Men faqat bunga qanday erishganingni bilmoqchi edim.
— Nimaga erishibman?
— Aqldan ozish mumkin. Eshit, men senga dastyordan bir narsa yubordim. Har daqiqada u
oldinga borib qolishi mumkin.
— Nima o‘zi?
— Magnitofon tasmasi. U endi seniki.
— Minnatdorman, Mak.
— Men esa hayratdaman. Menga hamma tomondan qo‘ng‘iroq qilishmoqda, azizim. Bugun
oqshomda senga qo‘ng‘iroq qilishimga ruxsat ber. Yaxshisi, kel, birga ovqatlanamiz.
— Mak, agar sodiqligingga asos bo‘ladigan narsani o‘zgartirmoqchi bo‘lsang, yaxshisi vaqtingni
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |