www.ziyouz.com kutubxonasi
279
— Tanlash imkoni yo‘q, — Virjiniya uning gapini yakunladi. — Hozir men senga asosiysini aytaman.
Juma kuni oqshomda jamg‘arma banklar menga ish taklif qilishdi. Men “yo‘q” deb javob berdim. Biroq
shanba va yakshanba kunlari boshdan kechirganlarim holdan toydirdi. Dushanba kuni menga ish
taklif qilgan odamga qo‘ng‘iroq qilib, “xo‘p” dedim. Men xohlagan paytimda ishga tushishim mumkin.
Ular uch yilga shartnoma tayyorlashyapti. Ish haqi YuBTKdagidan yuqori. Biroq puli meni
qiziqtirmaydi. — U cho‘zilib, Palmerning qo‘liga qo‘lini qo‘ydi. Ayolning qo‘li muzday edi.
Virjiniya Palmerning qo‘lini qattiq qisdi.
— Boshqa gaplar ham bor. Men, masalan, chin yurakdan tijorat banki xodimi bo‘lmayman, deb ahd
qildim. Erta yetilyapman. Sharqiy Garlemlik bechora qiz. YuBTK... U zabt eta olmagan dunyo. Men
muxolifchilar bilan baxtliroq bo‘laman deb o‘ylayman. Bunday turdagi odamlarga yaqinroqman. Ular
davlat va olamga ega emaslar. YuBTK hamisha meni qo‘rqitar edi. Biroq bu ham eng yaxshi istagim
emas. — U Palmerning ikkinchi qo‘lini ham oldi va ularni qattiq qisdi. — Asosiysi, azizim, men sendan
uzoqda bo‘laman. — U Palmerning qo‘llarini ehtiyotkorlik bilan stolga qo‘ydi, o‘rnidan turib, eshik
tomon yo‘naldi. — Ko‘rdingmi, ishlar qanaqaligini?
— YuBTK bilan shartnomang yo‘qmi?
— Hech qanaqa. O’ylaymanki, meni shartnoma bilan ishlashga munosib emas deb bilishgan.
— Jamg‘arma banklar yutib chiqishi mumkin emas, sen buni bilasan.
— Endi Mak ikkovlaring bunday bo‘lmasligi uchun harakat qilinglar. U yana senga ittifoqdosh bo‘ldi,
to‘g‘rimi? Uni hamisha kuchli tomon o‘ziga tortadi. Lekin biz yutqazamizmi-yutqazmaymizmi, menga
baribir. Meni YuBTKda qolishga ko‘ndirsang qanchalik jahling chiqishini tasavvur qilaman.
— Menimcha, bunday bo‘lishiga umid juda kam, — dedi Palmer. — Kel, mavzuni o‘zgartiramiz.
— Yo‘q. Jimmi Klerining aytmoqchi bo‘lgan fikrlari bor hali. Xudo haqqi, tumtayma. Sening
tumtayishingga sabab juda kam, sen noshukur bandasan. — U yana Palmerning qo‘lini olib lablariga
olib bordi va asta lablariga surdi.
— Kerak emas. — Palmer qo‘lini tortib oldi va bilinar-bilinmas qolgan lab bo‘yog‘i iziga qaradi. —
Yo sevimli bo‘l, yo umuman qo‘l yetmas bo‘lgin. Bir vaqtning o‘zida ikkalasi bo‘lishi mumkin emas.
— Men faqat o‘z-o‘zimga o‘xshagan bo‘lishim mumkin, — javob berdi Virjiniya. Bir necha muddat
ular bir-birlariga ehtiyotkorlik bilan qarab qolishdi...
— Vuds, men ish haqida gapiryapman. YuBTKni nazarda tutyapman. Men... — U qo‘lini yengil
silkitdi. — Men bechorahol ayolman. Bizni tirsaklari bilan turtib, o‘zi uchun yuqoriga yo‘l ochadiganlar
ko‘p. Bilasanmi, hamma narsa ruxsat berilgan ma’lum toifalar bo‘ladi. Yahudiylar ancha keng
imkoniyatlarga ega. Ularning olim bo‘lishlari shart emas. Ular musiqachi, masxaraboz yoki hakam
bo‘lishlari mumkin. Mana men ham shunday bo‘ldim: borlig‘im bilan YuBTK nikiman. Qanday qilib bu
holga tushib qolganimni bilmayman, tushunmayman, bu mashg‘ulotni qadrlamayman va
yoqtirmayman. Balki jamg‘arma bankni ham tashlab ketarman, shunday bo‘lishi mumkin. Biroq ayni
paytda, sening sharofating bilan, menimcha, bank ekperti bo‘ldim va u menga katta pul keltiryapti.
— Bu qanaqa qoida? — so‘radi Palmer. — Ularni kim o‘rnatadi?
— Bolaginam, do‘mbog‘im, — dedi Virjiniya Bernsning ovoziga taqlid qilib. — Nahotki sen
bilmasang? Qoidani sen o‘rnatasan.
— Men?
— Sen va senga o‘xshaganlar.
Palmer asta bosh irg‘adi:
— Umuman, OAPlar.
— Bu atamadan, xabardorligingni bilmayman.
U kinoyali jilmaydi:
— Yashirin tashkilot xushyorlikni yo‘qotibdi. Sirli raqamlar dushman qo‘liga tushibdi.
— Xo‘p, mayli. — Bir necha soniya u gangib qolganday bo‘ldi. Keyin boshini asta chayqadi. — Nima
bo‘lganda ham hammasi ayon. Hech kim meni YuBTKda tutib qololmaydi. Shuning uchun men
ketaman.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |