Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
tushuntirish kerak bo‘lsa? Oxir-oqibatda hammasi shunga borib taqaladiki, pul qo‘ygan odam o‘zining 
bankdagi hisobida bor-yo‘g‘i besh dollar oshiq sarmoyaga ega bo‘ladi. Agar omonat qo‘yuvchiga shu 
tarzda tushuntirilsa, u tentaklik qilayotganini tushunmasdan qolmaydi. Lekin hamma balo shundaki, 
buni unga hech kim tushuntirmayapti. — Berkxardt jimib qoldi, ammo keyin Palmerga yuz burib
so‘radi: — Nima deb o‘ylaysan, bu yerda gap nimada? 
Palmer yana qoshini chimirdi, javobini o‘ylayapti degan qiyofaga kirdi. 
— Menimcha, sababi shundaki, — deya boshladi u, yuziga uning javobi jiddiy fikrlashning mevasi 
degan tus berib, — bankda saqlanayotgan omonat bankning turidan qat’i nazar, juda kam foyda 
berayotganini tan olishdan hamma qo‘rqadi. 
— Xuddi shunday. Agar odamlarga shu tarzda tushuntiriladigan bo‘lsa, ular bu banklardan o‘z 
pullarini olib, sug‘urta kompaniyalari fondlariga topshiradilar yoxud o‘zlari birjada o‘ynaydilar. Bu 
sohada ovsarlikning yana boshqa turlari ham bor. Bu — ko‘chmas mulk sindikatlariga o‘xshash turli 
birlashmalardir. 
«Rolls-Roys» nihoyat Ist Saydda katta yo‘lga chiqib oldi va soatiga qirq besh mil1 tezlikda 
yumshoq sirpanib, shaharning ishbilarmonlar qismiga yo‘naldi. 
Palmer ma’lum muddat o‘ng tomondagi daryoda suzib ketayotgan tankerlar va yuk katerlariga ko‘z 
yugurtirdi. Yengil tuman qoplagan daryo yaltirab va qariyb harakatsiz turganga o‘xshardi. Avgust 
quyoshi nuri jilvalanib, daryo sathida jimir-jimir qilardi. Mashina O’ttiz to‘rtinchi ko‘chaga burildi, 
shundagina Palmer ular anchadan beri gaplashmay kelayotganini sezdi. 
Palmer Berkxardtga o‘girilib qaradi-yu, hayron bo‘ldi. Qariyaning yuzi og‘riqdan burishib ketgandi. 
Uning xira-moviy ko‘zlari chimirilgan qoshlari ostiga berkilgan, og‘zi burchaklaridan achchiq ajinlar 
tortilgan, ichida qandaydir og‘riq azob berayotganday edi. Palmer biror joyingiz og‘riyaptimi, deb 
so‘ramoqchi bo‘ldi, lekin qayta o‘ylab, indamay qo‘ya qoldi. Gapirishga ehtiyoj — faqat bo‘shliqni so‘z 
bilan to‘ldirish Palmerning o‘smirlik odati edi, bu qilig‘ini hech tashlay olmasdi. 
Gapirib boshiga balo orttirgandan ko‘ra jim turish — hayot hikmati. Bu hikmatni unga otasi 
singdirgandi. Otasi unga o‘n ikki yoshidan aytgan bo‘lsa ham, juda kech, o‘ttizdan oshgandan so‘ng 
tushundi. 
Endi bo‘lsa, u qirq yoshdan oshgandan so‘ng bu haqiqatga shubhalana boshladi. Hozir, shimolga 
uchib borayotgan «Rolls-Roys»ning o‘rindig‘i suyanchig‘iga yastanganicha jim turmoq chindan ham 
ko‘ngilsizlikdan asrar ekan. Buni bahslashish ortiqcha. Biroq yillar o‘tishi bilan Palmer tez-tez 
ko‘ngilsizlik nima degan savol haqida o‘ylab qolardi. Rostdan ham ularning mohiyatidan qat’i nazar, 
ko‘ngilsizlikdan qochish kerakmikin? 
Mashinada Berkxardt bilan yonma-yon o‘tirib, ayni damda «ko‘ngilsizlik» o‘zi bilan hali uzoq yillar 
unga boshliq bo‘ladigan odam o‘rtasida aloqalarni mustahkamlashi mumkinligini tushunardi. 
Yoshligida otasi bergan o‘gitni buzib, endi gap boshlayman deganda: 
— Jin ursin, qari tentak! — deb xitob qildi Berkxardt. 
Palmerning peshonasi tirishdi, Berkxardtni junbushga keltirgan nima bo‘ldiykin, deb o‘yladi. 
— Siz Lumis haqida aytyapsizmi? — so‘radi u. 
— La’nati chol! Esini yegan tentak! Shayton aqldan ozdirdi, shekilli, ertalab menga telefon qildi! 
— Nima kerak ekan? 
— Butun sayyoramiz... faqat shu kerak ekan. 
— Aftidan, bunga jamg‘arma banklar aralashgan. Shundaymi? 
— Mana shunisi menga alam qilayapti-da! — to‘ng‘illadi Berkxardt. — U, xabaring bor, tul bo‘lib 
qoldi. Yiliga bir bor shahrimizga dam olgani keladi. Kamdan-kam birga ovqatlanamiz. Ba’zan klubda 
uchrashamiz, bir qadahdan otib olamiz. U YuBTK boshqaruvi majlisiga umuman kelmasligi mumkin. 
Biz u bilan asosan jamoat ko‘z o‘ngida uchrashamiz. Men undan shaxsiy manfaatlariga mos 
tushadigan hech narsa so‘raganim yo‘q. U ham menga nisbatan xuddi shunday yo‘l tutardi. Lekin 
bugun, jin ursin, u birdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Merrey Xill» vasiylari majlisidan telefon qilib qoldi. Ular bu 
yil shtatning qonun chiqaruvchi yig‘ilishiga taqdim etishga tayyorlanayotgan qonun loyihasiga YuBTK 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish