www.ziyouz.com kutubxonasi
27
keyingi so‘zlarini anglab bo‘lmadi.
Palmer viskidan sipqargancha Bernsni kuzatardi. Aftidan qiladigan ishi shundan iborat edi. Bu
tomoshaning hammasi: bank binosidagi uchrashuv sahnasi, unga va oilasiga oid ma’lumotlarni
namoyish qilish, nihoyat, bezaklari bilan mijozlarni lol qoldirishga mo‘ljallangan ushbu restoran —
chindan ham yaxshi taassurot qoldirardi. Berns nufuzli odam sifatida jamiyatda muayyan o‘rin tutardi.
Palmer buni bilar, lekin o‘z nufuzini tasdiqlatib olish uchun nega bunchalik be’mani yo‘ldan
borayotganiga hayron bo‘lardi. Aslida Berns unga yopishtirishayotgan kuchga egami? Palmer birdan
shubhalar qurshovida qoldi, Bernsning shuhratiga, umuman, ishonish mumkinmi? U ziyrak odamga
o‘xshardi, lekin lo‘ttibozliklari qanchalik o‘rinsiz taassurot qoldirayotganini nahotki sezmasa?
Berns telefon go‘shagini joyiga qo‘ydi-da, Palmerga qaradi.
— Vudi, meni yana bir daqiqaga kechirishingizga to‘g‘ri keladi, — dedi u va tag‘in go‘shakni
ko‘tardi. — Do‘ndiqcha, meni Venesueladagi Karakas bilan ulang, — uning telefonchi qizga murojaat
qilib gapirgani aniq eshitildi. — Raqami San-Martin 00-40, shu davr ichida meni idoram bilan ulashga
ham ulgurasiz. Rahmat, qizaloq.
Palmer o‘zini noqulay sezib, Bernsga qaramaslikka urinib, qo‘lidagi shotland viskisi to‘la qadhning
qahrabo rangini tomosha qilardi. Qulog‘iga Bernsning gapi chalindi:
— Vudi, kechirasiz, yana bir daqiqa. — Palmer boshini ko‘tarib, Bernsning tag‘in engashib olib
telefonga shivirlayotganini ko‘rdi. — Bu men, jonginam, telefonga... chaqirib bering... — nima
deyayotganini eshitib bo‘lmadi.
Palmer o‘rindiq suyanchig‘iga yastanib ko‘zini yumdi. Bunday noqulay vaziyat nihoyat tugar degan
umidda edi. Berns sira uyalmayapti-ku, nega endi men buncha bezovta bo‘lishim kerak? Palmer
ko‘zini ochib, Bernsga qarab, uni kuzatishda davom etdi.
U taxminan Palmer bilan tengqur — qariyb qirq besh yoshlarda edi. Bug‘doy rang. Kalta sochi
orqaga qarab silliq taralgandi. Palmer diqqat bilan bu odamning yuzi qanchalik tez o‘zgarib turishini
kuzatardi. U bunday bashara yoshlikda og‘ir kun kechirgan odamdagina bo‘lishi mumkin degan
qarorga keldi. Palmer uni kuzata turib, Berns umuman, o‘ziga yarasha maroqli, hatto orasta, lekin
g‘alati qiliqli odam ekan, degan xulosaga keldi. Bernsning atayin qilayotgan imolari unga niqob
bo‘libgina xizmat qilmasdan, o‘z xarakterining tub mohiyatini o‘zining anglab yetishiga xalaqit berardi.
Hatto uning oqish sochlari ham, aftidan, unga niqob bo‘lib xizmat qilardi. Lekin, baribir, uning aslida
kim ekanini tasavvur qilish qiyin edi. O’zining da’vogarligi va shuhratparastligiga qaramay, aslida o‘zi
kim ekanligini hisobga olmay, Berns hozirgi mavqeiga erisha olishi amri mahol edi.
Palmer stoldan qadahini qo‘liga olib, uning bo‘shligini payqadi. Shu zahoti huzurida ofitsiant paydo
bo‘ldi. U qoshi bilan bo‘shagan qadahga imo qilib, Bernsning telefondagi suhbatiga xalaqit berishdan
hayiqayotganini bildirib, qisqacha: «Yanami, ser?» dedi.
Palmer ham «quy» deganday imo qildi. So‘ng:
— Shotland viskisi soda bilan, — dedi baland ovozda. Buni kutmagan ofitsiant bir qalqib tushdi.
— ... yakshanbalik chiqish haqida o‘ylamang ham... — dedi telefon go‘shagiga Berns.
Buyurtma berib bo‘lgach, Palmer diqqat bilan Bernsning ignatugmasini kuzata boshladi. Ularning
har biri atom tuzilishi shaklidagi zarhal gardishli bo‘lib, uning unsurlari ko‘k yoqut va to‘rt dona mayda
olmosdan yasalgandi.
Nihoyat, Berns go‘shakni qo‘ydi.
— Karakasga ulanib bo‘lmayapti, — dedi u beparvogina. — E-ha, sizni qiziqtirgan bumi? Bu mening
timsolim. — U ignatugmasini yechib olib, ko‘ziga yaqinroq olib bordi. — Uglerod bo‘lmasa, — dedi u,
— yerda hayot bo‘lishi mumkin emasdi. Albatta, hayotning o‘zini hisobga olmaganda, uglerod
tangrining bebaho in’omidir.
— Demak, ko‘k yoqut — atom yadrosi, olmoslar esa elektronlardir, — dedi Palmer.
Bernsning og‘zi gapirish uchun ochildi-yu,yana yopildi va yuzini tabassum qopladi: — Leyn haq
ekan. Siz bankirlik uchun ancha aqlli ko‘rinasiz. Ammo bu narsaning boshqa ma’nosi ham bor. — Shu
so‘zlarni aytarkan, Berns qo‘lini shunday qayirdiki, olmoslarga urilib qaytgan nur to‘g‘ri Palmerning
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |