www.ziyouz.com kutubxonasi
24
— Ha, yana bir narsa, — dedi sekingina Berkxardt ulkan shisha eshik oldida to‘xtatib. Bu o‘sha
zamonaviy bank binosining eshigi edi.
— Xo‘sh? — dedi Palmer qariyaga burilib.
— Berns unga qanday munosabatda ekanimni yaxshi biladi. Men buni yashirolmayman. Shuning
uchun sen u bilan do‘stlashib olishing lozim. Bu muvozanat uchun kerak. Buni uddalay olasanmi?
— Nega uddalab bo‘lmas ekan?
— Senga bu odam bilan yelkama-elka va uzoq vaqt ishlashga to‘g‘ri keladi. Eplay olasanmi?
— Eplayman.
— Bernssiz biz tamom bo‘lamiz.
Ular sukut saqlagancha bir-biriga qarashdi. Palmer jamg‘arma banklari bilan bog‘liq voqealar tufayli
cholning miyasi aynib qolgan, shekilli, deb o‘yladi. U qariyadan burildi-da, bank binosini ko‘zdan
kechira boshladi. To‘ppa-to‘g‘ri uning boshi uzra nozik kumush halqalar o‘ralgan shisha minora
yuksalib turardi. Palmerning miyasidan, bu bino istalgan paytda putur ketib, yerga qulashi mumkin,
degan fikr kechdi.
Beshinchi bob
Do'stlaringiz bilan baham: |