Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
165
o‘tgandir-ov deb chama qildi. 
Shiddatli. Qaysar. O’ziga ishongan. Kuydi-pishdi. 
Shu bilan birga, dilidan o‘tkazdi Palmer, birjadagi YuBTK aktsiyalari nima bo‘layotganini kimdir 
sezib qolganidan xabar topib, oyog‘i kuygan tovuqday pitillab ham qoldi. 
Ofitsiantni qidirib, Palmer u yoq-bu yoqqa alangladi. U yo‘q edi. Palmer o‘tirdi, yana chekdi va 
sigareta uchiga tikildi. Hech kimning yordamiga muhtoj bo‘lmagan qaysar va beso‘naqay chollar 
uning me’dasiga tega boshlagandi. Ilgarilari bunday hollarda u har doim otasiga yon berardi va bahsli 
o‘rinlarga boshqa qaytmasdi. Lekin bu ilgari shunday edi, hozir esa — boshqa zamon. Bu gal u 
boshlagan ishini tashlamoqchi emas. 
 
 
 
O’ttiz uchinchi bob 
 
Palmer oteldagilar kutubxona deb ataydigan choqqina bir xonada o‘tirardi. Bolalarning uxlaganiga 
ham bir soatlar bo‘lib qolgandi. Olti xonali kvartiraning allaqaysi bir chekkasida xotinining nimalar 
bilandir kuymanib yurgani qulog‘iga chalindi. Hozir “kutubxona” bo‘m-bo‘sh edi. Nyu-Yorkka ko‘chib 
o‘tishlarida Edis Chikagoda saqlagani qoldirishga ko‘nmagan sonsiz suvratlaru kitoblarga to‘la qutilar 
g‘oyib bo‘lgan. Bugun kunduzi, hoynahoy, yukchilar kelgan va Palmerlarning bor bud-shudini 
kvartiradan olib ketgan. Faqat almashtirilgan toza choyshabu yostiqpo‘shlargina qolgandi. Edis bilan 
otel oqsochi barcha kastyumlar, ko‘ylaklar, mayda-chuyda kiyim-kechaklarni plastik jomadonlarga 
joylashdi, shkaf va yozuv stoli tortmasida ertangi kunga asqotishi mumkin bo‘lgan narsalarnigina 
qoldirishdi. Oteldagilar “mutolaa chirog‘i” deb ataydigan chiroqning xira yog‘dusida o‘tirib, Palmer 
ertangi kunga xotini qaysi kostyumni tayyorlab qo‘ygani ustida bosh qotirardi. 
U, albatta, Chikagodan Nyu-Yorkka, endi esa oteldan ularning yangi uyga ko‘chib o‘tishlarida 
tashabbus ko‘rsatgan Edisdan minnatdor. Uyni epaqaga keltirish esa uning sira-sira qo‘lidan 
kelmasligi aniq edi. Shuncha ishlarni Edisdek qoyilmaqom qilib uddalash har qanday ayolning qo‘lidan 
kelavermasligini ham tushunardi Palmer. 
So‘ng uning fikrlari asta yo‘nalishini o‘zgartirdi-da, o‘zining gunoh va xatolari haqida o‘ylay 
boshladi. 
Uning o‘zi, deylik, mana, bir oy bo‘ldiki, qurilishda qorasini ko‘rsatgani yo‘q. Aylantirib kelganda, u 
uyni bor-yo‘g‘i ikki martagina ko‘rgan: Edis bilan ular uyni sotib olishga qaror qilgan kuni va ikkinchi 
gal ichki devorchalarni qurib bo‘lishgan kuni. Boshqacha aytganda, — dedi u o‘ziga-o‘zi, — qurilish 
ishlari boshlab yuborilgandan keyin u uyga mutlaqo e’tibor bermay qo‘ygandi. Agar Edisning 
chizmalari bilan apil-tapil tanishib chiqqanini hisobga olmasa, u yoqda nima qurilayapti yoki qanday 
ko‘rinishga ega va unga yoqadimi, yo‘qmi — hech baloni bilmas edi. 
Mana shuning o‘zi, endi bilishicha, uyga nisbatan loqaydlik va hatto Edisga nisbatan 
shafqatsizlikdir. 
Darvoqe, Edis hech buni uning yuziga solmasdi. Asosiy ishlar qilib bo‘lingan so‘nggi bir necha 
haftada hali talay ishlar qarab yotardi, masalan, oshxonadagi plintus yong‘oq yog‘ochidan bo‘lsinmi 
yo tik yog‘ochidanmi? Oqshomlari eridan uning xohishini aniqlab olish uchun Edisning vaqti bemalol 
bo‘lardi: ha, katta mehmonxona bo‘lmaning poli sidirg‘asiga dub taxtalardan bo‘lgani ma’qul. 
Qoplamalar fabrika matosidan emas, qo‘lda to‘qilganidan bo‘lsin. Oshxonadagi esa zarang yaprog‘i 
shaklidagi plastikdan qoplansin; bolalar xonasiga esa hech qanaqangi vinil-asbes taxtachalari 
ketmaydi (yalang oyoqlar uchun juda sovuqlik qiladi, yaxshisi, eman yog‘ochidan bo‘lsin). Liftning o‘zi 
ochilar eshiklari uchun o‘n soniya ochiq turish yetarlimi? Yetarli. Ha. 
Kutubxonada o‘tirar ekan, Palmer, mana, ikki oydirki, Edis oddiy pudratchi, chizmakash-ixtirochilik 
ishini, shuningdek, me’mor ishining bir qismini o‘z zimmasiga olgani haqida fikr yuritar edi. Bular 
barchasi uchun men undan minnatdor bo‘lishim kerak, deb o‘y surardi Palmer. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish