www.ziyouz.com kutubxonasi
164
o‘smoqchiladi Palmer.
— Ozmi, ko‘pmi darajada. Lekin bu unaqa bema’ni narsa emas-da.
— Albatta, — uni quvvatladi Palmer, — agar men kabi sizning ham orqa miyangizda ilgarigiday
noxush sezgi qolib ketayotganini hisobga olmaganda.
Berkxardt miyig‘ida kulib qo‘ydi.
— Seni nima tashvishga solayapti, shuni ayt, men senga o‘z tashvishlarim haqida so‘zlab
beraman.
— Birinchi bilmoqchi bo‘lgan narsam shuki, nima uchun Kliffda bunday tashvish yo‘q?
— Kliffni esdan chiqar! — qo‘lini siltadi Berkxardt. — Bular ortidan sen nimani ko‘rib turibsan, meni
shu qiziqtiradi.
— Ehtimol, u yerda biror narsa bordir, ehtimol, u yerda aytarli hech nima yo‘qdir. Bordi-yu, mana
shu nimadir bor bo‘lsa, demakki, kimdir ham bor. Mantiq meni mana shu nuqtaga olib kelib qo‘ydi. Bu
yog‘iga menga o‘zimda yo‘q dalillar kerak. Lekin ular sizda bor.
— Menda?
— Bo‘lmasa-chi, — dedi Palmer qat’iy va sipolik bilan. — Siz mana shu “kimdir”ga ism qo‘yishingiz
mumkin. Juda bo‘lmaganda ichidan bittasini tanlab olish uchun ismlar ro‘yxatini berishingiz mumkin.
Men bunday qilolmayman. Siz esa qila olasiz.
— Kimdan boshlashimni ham bilmay qoldim. — Berkxardt o‘zini stul suyanchig‘iga tashladi-da,
yonidagi devorga chizilgan qizil suvratlardan biriga tikildi. Suvratda simyog‘ochga tirmashib
chiqayotgan, tepada o‘tirgan Jenni degan qiz tomon talpinayotgan qandaydir Charli tasvirlangan edi.
— Qo‘lingizdan kelmaydimi, — zo‘r berardi Palmer, — yoki xohishingiz yo‘qmi?
Berkxardt zimdan unga yeb qo‘yguday bo‘lib qaradi. Ko‘zlari chaqnadi, qansharidagi tomir bo‘rtdi.
— O’zingni bos, Vudi. Nima deyayotganingni o‘ylab ko‘r, bolakay.
— Men sizni haqorat qilmoqchi emasman, — endi Palmerniki ham tutib ketdi. — Men sizga yordam
bermoqchiman.
— Sendan yordam so‘ramagandim, shekilli?
— Nega so‘rashlarini kutib turar ekanman?
— Sen har doimgiday sertakalluf va haqsan, o‘lay agar. — Tishining orasidan dedi Berkxardt. —
Menga yordam kerak bo‘lganida, o‘zim so‘rayman. Ammo qachondir yangi kelgan odam menga
yordam bermoqchi bo‘lsa, bilayki boshimga musibatning zo‘ri tushadi. — Aftidan, o‘zini jamoatchilik
joyida talab etilgandek tutishga harakat qilgancha u asta o‘rnidan turdi. — Endi quloq sol, — davom
etdi u. — Ajoyib lenchni rasvo qilding. Lekin men sendan xafa bo‘lmayman. Ko‘p bo‘lmag‘ur gaplarni
gapirding. Buni ham esimdan chiqaraman. Faqat bir narsani tushunishingni istardim: ko‘chani kesib
o‘tishda Berkxardtga hech kimning yordami kerak emas. Yetaklovchi kerak bo‘lib qolganida, o‘zim
chaqiraman. Hozir esa, bor, ma’ruzangni o‘qi, qolganini menga qo‘yib ber. Tushundingmi?
Palmer o‘rnidan turdi.
— Bu sizning bankingiz.
— Mana endi sen qandaydir chigal gapni aytding, — dedi boss. — Yaxshisi, buni esingdan
chiqarma. — U qo‘lini uzatdi. — Gap oramizda qolsin, xafa bo‘lish yo‘q, Vudi.
Palmer uning qo‘lini oldi va qo‘pol va yo‘g‘on barmoqlarning qattiq qisganini sezdi.
— Siz nima desangiz — shu.
— Bo‘pti, — dedi boss. — Shoshmasak bo‘lmaydi. Sen bilan keyin gaplashamiz. Yoki ertaga. — U
qo‘lini siltab qo‘ydi, garderobdagi kiyim ilgichdan paltosini oldi va restorandan chiqib ketayotib hayron
qarab turgan qizga 25 tsent tashlab ketdi.
Palmer derazaga qaragancha ancha turib qoldi. Ko‘chadan Berkxardtning chorpahil qomatini,
paltosini kiyayotganini naridan-beri ko‘rdi. U kimgadir qo‘l siltab qo‘ydi. So‘ng Palmer bossning
transportdan ilgarilab ko‘chani kesib o‘tganini, narigi tomonda turgan o‘zining “rolls”i tomon yo‘l
olganini ko‘rdi. Berkxardt mashinaga chaqqon o‘tirdi, eshikni yopdi va yelib ketdi. Palmer o‘zicha to
Berkxardt uning qo‘lini qisib xayrlashganidan hozir g‘oyib bo‘lganiga qadar taxminan 30 soniyacha
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |