Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
160
turdi, u “Bokvit” do‘konidan chiqdi-da, “Plaza” tomon yurib ketdi. Shu masofadan ham ayolning bo‘yi 
rosa 180 sm kelishligi bilinib turardi. Agar paltosi rangini aytmasa, bu Edis ham bo‘lishi mumkin edi. 
Bu ham Edisga o‘xshab katta-katta odimlar bilan shaxdam yurib borar, sochi ham Edisdaqa yaltiroq 
va qo‘lini ham shunaqa burchaksimon qilib siltar edi. Ayol oliy darajada maftunkor ko‘rinardi. 
Qiziq, bordi-yu, agar bu yangi palto olgan Edisning o‘zi bo‘lib chiqsa, men o‘zimni qanday his etgan 
bo‘lardim, deb o‘yladi Palmer. U ayolning poshnasi balandligini chamalab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Ko‘zi o‘tkir 
bo‘lgani bilan shuncha yerdan turib buni hatto chamalashning ham iloji yo‘q edi. Biroq uning hozirgi 
yurishi hech bo‘lmaganda Virjiniya Kleri tuflisiga o‘xshash juda baland poshnali tufli kiyib olganiga 
Palmerning imoni komil edi. Edis esa juda nari borganda besh santimetrcha keladigan poshnali tufli 
kiyadi. Demak, bu Edis emas. Lekin u juda ham jozibador edi. 
Qurib ketsin bu gaplarning bari, o‘yladi Palmer derazadan shartta o‘girilar ekan. U birdaniga 
haddan tashqari ko‘p narsalar haqida xayol suradigan bo‘lib qolibdi o‘ziyam. 
Palmer paltosini kiydi-da, bankdan chiqib, sharq tomon yo‘l oldi. Ikkinchi avenyuga yetib bordi va 
restorangacha shu yo‘ldan ancha yurdi — bungacha uni birov zimdan kuzatayotibdimi yo yo‘qmi, 
bemalol bilib olsa bo‘lardi. 
Kun uncha sovuq bo‘lmasa-da, izg‘irinli shamol yuzga urardi va Palmerning ko‘zi yoshlana boshladi. 
Peshtaxtaga qaramoqchi bo‘lgan odamday u mahalla o‘rtasida to‘xtadi. Bir mahalla o‘tib, bu usulni 
yana takrorladi. 
Kun sovuq, ammo quyoshli bo‘lganidan odamlar ko‘chada serob edi. Ular lenchga borar yoki o‘sha 
yoqdan qaytar edilar, musaffo osmon, yo‘lak asfaltining jimir-jimir yog‘dusi, o‘tib ketayotgan 
mashinalar oynasidan hammayoqqa tashlanayotgan quyosh shu’lalarining o‘ynoqi aksidan 
zavqlangancha tez va shaxdam qadam tashlar; kiyimlarini hilpiratgan shamoldan zavqlanib yurib 
borar edilar. Palmer bunday zavqni tuymayotgan edi. 
Lekin u o‘ziga nisbatan ishonchsizlikni his etmoqda edi. O’z shubhalarini ming bir taroziga solib, 
ulardan xatolar topib, xulosalar chiqarib, o‘zini g‘irt ahmoq sanab va hatto jinni hisoblab, u shu 
narsani anglay boshlagan ediki, o‘zining asosiy fikrini tasdiqlash uchun haddan tashqari kam isbotga 
ega ekan. Modomiki shunday ekan, buni Berkxardtga izhor qilishning nima keragi bor? Hech 
bo‘lmaganda birgina keskin isbot bo‘lishi shart. Shunday  xayollar bilan u burchakdagi telefon 
budkasiga kirdi va o‘z makleriga qo‘ng‘iroq qildi. Ularning suhbati qisqagina bo‘lsa-da, biroq Palmer 
uchun nimanidir oydinlashtirganday bo‘ldi. 
Restorangacha yarim mahallalik yo‘l qolganda u ortidan hech kim kuzatmayotibdimikan degan 
o‘yda yana bir tekshirib oldi va hech qanday g‘ayriodatiy narsa payqamadi. Shu top miyasiga uning 
shubhasi adolatlimi yo yo‘q, bundan qat’i nazar, o‘zimni muttahamlarcha tutayotibman, degan o‘y 
keldi. U restoranga ta’bi tirriq bir holda kirib keldi, o‘z stolchasini topdi-da, viski buyurdi. 
Berkxardt kirib kelganida Palmer allaqachon ikkinchi stakanga o‘tib ulgurgandi. Garchi kechikkani 
uchun choldan g‘ijinib o‘tirgan bo‘lsa-da, u baribir dastlabki yengil va mazmunsiz suhbatni ochilibgina 
o‘tkazdi. Restoran kambargina xonada joylashgan bo‘lib, “N” harfining ikkala oyog‘iga o‘xshash ikkita 
xonaga ajratilgandi. Qachonlardir ilgari devorlarga manavi yerda yuztacha odamning kulgili 
basharalari chizib tashlangandi. Suvratlar tagidagi aji-buji imzolar ulardan birontasining kimligini 
bilishga xalal bermasdi. Asl qahramonlari kimligidan bexabar Palmer suvratlarning kimligini bilish 
uchun Nyu-York ahli bo‘lish kerak deb behuda taxmin qilmoqda edi. 
— ... Biqin go‘shtiga gap yo‘q, — der edi bu orada Berkxardt. 
— Bu joy haqida menga Garri Elder aytgandi, — izoh berdi Palmer. — Men sizni bu yerda 
bo‘lgansiz deb o‘ylovdim. 
— Bu yerda-ya? Bu yerda hech ham bo‘lmaganman ilgari, — Berkxardt go‘shtdan katta bo‘lak 
kesib oldi-da, sanchqi bilan uni ikki bukladi va likobchadagi tiniq qizil sharbatga botirib olib, yeya 
boshladi. — O’-o‘, mazaligini qarang. 
Berkxardt tez-tez chaynab, tez-tez yutar edi. So‘ng sanchqini qo‘ydi-da, Palmerga qaradi. Uning 
mitti to‘g‘nog‘ich boshi sanchib qo‘yilgandek qorachiqli och moviy ko‘zlari hozir kattalashganday 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish