Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
159
— Men siz bilan o‘sha yerda ko‘rishaman. 
— Seni shuncha uzoqqa ovora bo‘lib kelib yurishingni istamayman, Vudi. 
— Hechqisi yo‘q. — Palmer chap qo‘lining galstuk to‘g‘nog‘ichini oldinga va orqaga aylantirib 
o‘ynayotgan barmoqlariga qaradi. — Yarim soatdan keyin, xo‘pmi? 
Berkxardt bir lahza ikkilandi. 
— Unda o‘zim kelaman. 
— Ixtiyoringiz. 
— 12.40. “Yunion lig”da. 
— Yo‘q, — e’tiroz bildirdi Palmer, — moliyaviy nusxalarga to‘lib-toshmagan biron joy bo‘lsa. 
— Maxfiy gaping bormi? 
— Juda unaqa emas, — ishontirib dedi Palmer. — Joriy ishlar haqidagi hisobotlarga o‘xshash bir 
narsa. Yaqin bir necha hafta ichi men ish bilan u yoq-bu yoqlarda bo‘laman, siz bilan ba’zi narsalarni 
maslahatlashib olmoqchi edim. 
— Vudi, sen mening hech qanaqangi maslahatimga muhtoj emassan, buni o‘zing bilasan-ku. 
— Keling, siyqasi chiqqan yo‘ldan sal chetroqda ko‘rishaylik. Ikkinchi avenyuda, menimcha, 
qirqinchi ko‘cha atrofida tamaddi qilib olsa bo‘ladigan bir restorancha bor. 
— Bu aytganing siyqasi chiqqan yo‘llardan shu qadar uzoqki, naq tupkaning tubida, — dedi 
Berkxardt. — Bo‘pti, Vudi. Sening, aftidan, oldi-qochdi kitoblardagi sarguzashtlarga ishqibozliging hali 
ham qolmabdi. 
— Ishqiboz bo‘lmagan bormi o‘zi? — so‘radi Palmer. 
Berkxardt javob berishga ulgurmay, u go‘shakni ildi. Shahar telefoni tugmachasini bosdi, 
ma’lumotlar xonasidan restoran telefonini aniqladi, u yoqqa qo‘ng‘iroq qilib, chog‘roq dasturxonga 
buyurtma berdi. 
Soatiga qaradi, hali vaqti juda ko‘p ekanini ko‘rdi va o‘rindiqqa chalqa yotdi. Hali vaqt ko‘p ekan, 
o‘yladi u. U o‘zida jang oldidagi keskinlikni, ayniqsa, chuqur his qilmoqda edi — atrofdagi odamlarga 
qattiq ta’sir, qator maqsadsiz, bir chaqaga qimmat harakatlar — ishqilib, fikrni oldinga o‘qday otilib 
ketishdan saqlab qolish uchun qilinadigan har qanaqangi chalg‘ituvchi nayrang. U to‘g‘nog‘ichni stol 
ustiga tashladi va oppoq boshcha tez aylanib, keng yoy hosil qilayotganini kuzatib turdi. Keyin uni 
yana turtdi va boshchaning aylanishini yana tomosha qila boshladi. 
Ertalabdan beri Palmerning miyasida shu fikr aylangani-aylangan: agar o‘z shubhalarini 
Berkxardtga ochiqdan-ochiq aytib solsa, to‘g‘ri qilgan bo‘larmikan? Bu o‘q ko‘rgan chumchuq rostdan 
ham ko‘p narsani bilarmikan? Agar u hech nimadan boxabar bo‘lmasa, uning g‘azabi kutilmagan 
yangilik taqdim etarmikan? Ishga faqat zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan biron harakat qilishi uchun 
yo‘l ochib berarmikan? Bordi-yu, Berkxardt biron  narsani bilsa yo his etsa, uning ishtiroklari 
Palmerning shubhalariga chek qo‘ya olarmikan? Yoki ular unga almisoqdan qolgan gaplarday bo‘lib 
ko‘rinib, Berkxardtni Palmerga qarshi  tish qayratib qo‘yarmikan? 
Albatta, ular haqiqatdan yiroqqa o‘xshab ko‘rinadi, shu qadar yiroqki, kishining aqli bovar qilmaydi, 
shunday bo‘lsa-da, ularda qandaydir ma’no bor, o‘zicha qat’iy fikrga keldi Palmer. Ha, eng yomoni 
shundaki, ularda baribir qandaydir ma’no bor. 
Palmer to‘g‘nog‘ichni oldi va uni nima qilsam ekan deb o‘ylanib qoldi. Galstugiga to‘g‘nab olgani 
ham xuddi shunaqa edi. Ortiqchasini stol tortmasiga yoki cho‘ntagiga solib qo‘ysa bo‘ladi. Yoki axlat 
savatiga qarab uloqtirsinmi? Uloqtirsa nima bo‘libdi? Moshdekkina sopol boshli bir bo‘lak temir-da. 
Nahotki, u bu to‘g‘nog‘ichni xotira sifatida asraydigan darajada ahmoq bo‘lsa? Ey xudo! U boshqa 
to‘g‘nog‘ichlarga qo‘shilib ketadi-da, bori ham, yo‘g‘i ham bir go‘r bo‘ladi-qo‘yadi. 
Virjiniya bo‘lsa uni asrab qo‘ymoqchi. Bu unga nega kerak ekan? 
Palmer to‘g‘nog‘ichni ko‘krak cho‘ntagiga solib qo‘ydi-da, o‘rnidan qo‘zg‘aldi. U tez yurib katta 
deraza oldiga keldi va quyoshli qish manzarasiga razm soldi. Garchi daraxtlari qip-yalang‘och bo‘lsa-
da, Sentral-park tinch va osuda, inson qo‘li bilangina yaratilgan oliy darajadagi san’at asaridek 
ko‘rinar edi. Birmuncha muddat Palmer cho‘g‘dek qizil palto kiygan bo‘ydor mallasoch ayolni kuzatib 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish