114
o‘tkazma blankasi bilan birga) yoki 116-shakldagi blanka va 114-
shakldagi tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasining blankasi to‘ldiriladi.
Ustama to‘lovli pul o‘tkazma blankasi talonining orqa tomonida
jo‘natuvchi ustama to‘lov pochta jo‘natmasining qanday turi uchun
yuborilishi kerakligini, pochta jo‘natmasi qaerda topshirilgani (pochta
aloqasi obyektining nomi), jo‘natilgan sanani, pochta jo‘natmasi qaerga
va kimning nomiga yuborilayotganini ko‘rsatadi.
Pochta jo‘natmalari bir jo‘natuvchi tomonidan jo‘natilgani va bitta
oluvchiga manzillanganiga bog‘liq bo‘lmagan
holda oddiy yoki tezkor
(telegraf) pul o‘tkazmasi har bir ustama to‘lovli pochta jo‘natmasi uchun
alohida tuzilishi kerak.
Pul o‘tkazmasi blankasida ko‘rsatilgan ustama to‘lov summasini
oluvchining manzili va nomi pochta jo‘natmasini jo‘natuvchining
manzili va nomiga mos kelishi kerak.
Ustama to‘lovli pochta jo‘natmasini qabul qilishda aloqa xodimi
quyidagilarni qo‘shimcha ravishda tekshiradi:
– pochta jo‘natmasida ustama to‘lov summasi va uni jo‘natish
usuli ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmaganligini;
– ustama to‘lov summasi pochta jo‘natmasining qiymati e’lon
qilingan summasidan yuqori emasligini;
– ustama to‘lov pul o‘tkazma blankasining to‘g‘ri to‘ldirilganligini
va uning pochta jo‘natmasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelishini.
Pochta jo‘natmasi 1-shakldagi daftarga yozib qo‘yilganidan so‘ng,
113-shakldagi pul o‘tkazmasi blankasi taloninnig orqa tomoniga pochta
jo‘natmasining topshirish raqami qo‘yiladi. 114-shakldagi tezkor
(telegraf) pul o‘tkazmasidagi yozma xabar
berish satriga aloqa xodimi
qaysi pochta jo‘natmasi uchun ustama to‘lov o‘tkazilganligi, uning
raqami, sanasi va jo‘natish joyi, pochta jo‘natmasi kimga va qachon
manzillanganligini ko‘rsatadi.
Pochta jo‘natmasini qabul qilishda ustama to‘lovli pul
o‘tkazmasining blankasiga taqvim tamg‘a izi tushirilmaydi. Ustama
to‘lovli pul o‘tkazmasining blankasi qiymati e’lon qilingan xatga yoki
qiymati e’lon qilingan banderolga yo‘lda yo‘qolib qolmaydigan ravishda
mahkamlanadi.
Agar qiymati e’lon qilingan banderol polietilen o‘roviga o‘ralgan
holda
qabul qilinsa, ustama to‘lovli pul o‘tkazma blankasi pochta
jo‘natmasi ichi (plenka osti)ga qo‘yiladi.
115
Pochta jo‘natmasi ustama to‘lovli pul o‘tkazma blankasisiz
olinganda, pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti
pochta jo‘natmasida ko‘rsatilgan ma‘lumotlar asosida barcha zarur
axborotlarni to‘ldirib, yangi pul o‘tkazma blankasini tuzishga majbur.
Ustama to‘lovli pochta jo‘natmalarini oluvchiga berishdan oldin
quyidagilarni bajarish zarur:
– pochta jo‘natmasi o‘rovida va ustama to‘lovli pul o‘tkazmasida
ko‘rsatilgan ma‘lumotlarni
solishtirish;
– ustama to‘lovli pul o‘tkazmasi blankasidagi talonning orqa
tomonida barcha zarur ma‘lumotlar ko‘rsatilgan, yo ko‘rsatilmaganini
tekshirish, agar biror bir ma‘lumotlar bo‘lmasa – ularni kiritish;
– ustama to‘lovli pul o‘tkazmasi blankasidagi talonning orqa
tomonida pochta jo‘natmasi topshirilgan sanani ko‘rsatish va imzo
qo‘yish.
Polietilenga o‘ralgan ustama to‘lovli qiymati e’lon qilingan
banderol
oluvchi ishtirokida ochiladi, undan ustama to‘lovli pul
o‘tkazma blankasi olinib, tekshiriladi va zarur bo‘lib qolganda
rasmiylashtiriladi.
Korxona, tashkilot va muassasalarga yo‘llanadigan 22-shakldagi
xabarnomalarda oddiy ma‘lumotlardan tashqari ustama to‘lov
summalari, ularni jo‘natish uchun to‘lov summasi va jo‘natuvchilarning
nomi ko‘rsatiladi.
Ustama to‘lovli pochta jo‘natmalari ustama to‘lovning va
jo‘natishdagi to‘lov(haqi)ning to‘liq summasi olinganidan so‘ng
oluvchilarga beriladi.
Pochta aloqasi obyektining topshirish joyida pochta jo‘natmalari
og‘irligida farq bo‘lsa, yoki o‘rov, bog‘ichlar, muhrlar, tasmalarning
nobutunligi joylanmaga kira olishni yuzaga keltirilganligi yoki tashqi
belgilariga qarab joylanma shikastlangani yohud buzilganini taxmin
qilish mumkin bo‘lganda, 51-shakldagi
dalolatnoma tuziladi va
oluvchidan pochta jo‘natmasi ochilguniga qadar ustama to‘lov summasi
hamda jo‘natish uchun haq olinmaydi.
Ustama to‘lovli pul o‘tkazmalari barcha pul o‘tkazmalari kabi
qabul qilinadi va rasmiylashtiriladi; bunda oddiy pul o‘tkazmasiga
berilgan 113-shakldagi talon orqa tomonining to‘g‘ri to‘ldirilgani va
talonga ustama to‘lovli pochta jo‘natmasini bergan aloqa xodimining
imzosi bor-yo‘qligi qo‘shimcha ravishda tekshiriladi. 5-shakldagi
kvitansiyaning «Alohida belgisi» satriga qisqa qilib
«Ustama to‘lov»
116
so‘zi yoziladi, «To‘lov» satrida esa ustama to‘lovni jo‘natishdagi to‘lov
summasi ko‘rsatiladi. Pullarning qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi
kvitansiya pochta jo‘natmasini oluvchiga beriladi,
topshirilgan pochta
jo‘natmasiga tegishli xabarnomada esa aloqa xodimining imzosidan
so‘ng ustama to‘lovli pul o‘tkazmasining raqami va uning jo‘natilgan
sanasi haqidagi belgi qo‘yiladi.
Pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi
obyektlarining rahbarlari belgilangan tartibda har kuni ustama to‘lov
summasining o‘z vaqtida va to‘liq jo‘natilishini tekshiradi.
Ustama to‘lovli pochta jo‘natmalarini topshiriladigan kunda yoki
keyingi kunda pul o‘tkazmalari jo‘natilmay qolganligi aniqlanganda,
kechikish sabablarini aniqlash va bunday kamchiliklarni bartaraf etish
choralari ko‘riladi. Suiiste’mol qilish hollari
aniqlanganda aybdorlar
javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: