Microsoft Word Pochta aloqalari doc


Olinganligi to‘g‘risidagi navbatdagi bildirishnomalar



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

2.6.4 Olinganligi to‘g‘risidagi navbatdagi bildirishnomalar 
 
Pochta jo‘natmasi, pul o‘tkazmasini ro‘yxatga oluvchi pochta 
aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektiga topshirilgandan 
so‘ng, olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma o‘n ikki oy mobaynida 
talab qilinishi mumkin. Bunday bildirishnoma navbatdagi deb ataladi va 
istalgan pochta aloqasi obyektiga pochta jo‘natmasi, pul o‘tkazmasini 
qabul qilganlik to‘g‘risidagi kvitansiyani ko‘rsatish bilan jo‘natilishi 
mumkin. Ro‘yxatga olinayotgan pochta jo‘natmasining turidan qat’iy 
nazar, jo‘natuvchi navbatdagi bildirishnomani 119-shakldagi blankada 
tuzadi. Blankaning yuqorisiga «Navbatdagi»  belgisi qo‘yiladi. Bunday 
bildirishnomalar pochta orqali (buyurtmali) va tezkor (telegraf orqali) 


 
112
jo‘natish uchun qabul qilinadi. Navbatdagi bildirishnomalar pochta 
aloqasi xizmatlarining amaldagi tariflariga muvofiq to‘lanadi. 
Navbatdagi bildirishnomani qabul qilayotgan aloqa xodimi unda 
ko‘rsatilgan ma‘lumotlarni berilgan kvitansiya bilan solishtirib, unga 
«___________yil, kun, oyda pochta yoki tezkor (telegraf) bildirishnomasi 
talab qilib olindi» belgisini qo‘yadi va imzolaydi. Pochta bildirishnomasi 
buyurtmali xizmat xatida pochta jo‘natmasi beriladigan yoki pul 
o‘tkazmasi to‘lanadigan joydagi pochta aloqasi hududiy tashkiloti yohud 
pochta aloqasi obyektining rahbariga jo‘natiladi. Konvert ustiga 
«Navbatdagi buyurtmali bildirishnoma» belgisi qo‘yiladi. 
Navbatdagi tezkor (telegraf) bildirishnoma bo‘yicha pochta jo‘nat-
masi, pul o‘tkazmasi yuborilgan pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki 
pochta aloqasi obyektining rahbari nomiga pullik xizmat telegrammasi 
jo‘natiladi. 119-shakldagi bildirishnoma blankasi pochta jo‘natmasi, pul 
o‘tkazmasi qabul qilinadigan joydagi pochta aloqasi obyektida qoladi.  
Pullik xizmat telegrammasi uchun jo‘natuvchiga TG-2-shakldagi 
daftardan kvitansiya berilib, unda telegramma va navbatdagi bildirishnoma 
uchun to‘lov summasi ko‘rsatiladi. Navbatdagi buyurtmali bildirishnoma 
markalar bilan to‘lanadi. 
Manzilidagi pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi 
obyekti navbatdagi pochta bildirishnomani olishi bilan pochta jo‘natmasi 
kimga va qachon topshirilganini yoki pul o‘tkazmasi kimga va qachon 
to‘langanligini aniqlaydi va hamda bu haqda navbatdagi pochta 
bildirishnomaga belgi qo‘yadi, so‘ngra belgilangan manzilga jo‘natiladi. 
Agar navbatdagi bildirishnoma telegraf orqali talab qilingan bo‘lsa, 
navbatdagi bildirishnomani qabul qilish joyidagi pochta aloqasi hududiy 
tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti rahbarining nomiga telegramma 
jo‘natiladi. 
Agar pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarining kelib tushgan 
jo‘natmalar ichida yo‘qligi aniqlangan hollarda, bu haqda belgi 
qo‘yilgan bildirishnoma jo‘natish joyining pochta aloqasi hududiy 
tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektiga jo‘natmani qidirish choralarini 
ko‘rish va bu haqda jo‘natuvchiga bildirish uchun jo‘natiladi. 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish