0
5
10
15
20
25
30
35
40
45
1 кв
2 кв
3 кв
4 кв
9.1-rasm. Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga o’tishning asosiy usullari
14
Ilmiy-texnik yangilikni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uni innovatsion tovarga
aylantirish uchun texnologik qarorlar va talab qilinayotgan uskunalarni ishlab chiqarish
jarayonlarining keyinchalik boshqarishga ega tanlovini tahlil qilish zarur.
Boshqaruvning asosida nafaqat vaqtning ushbu paytida, balki istiqbolda ham eng
yaxshi bo’lgan texnologik yechimlarni tanlash, ularni amaliyotga tatbiq etish bo’yicha
tadbirlarning maqsadga qaratilgan tizimi yotadi.
Yangilik kiritish loyihasini amalga oshirish uchun texnologik yechimni tanlash
muqobillik asosida amalga oshiriladi. Tanlash mezonlari g’oyatda turli-tuman, ammo
moliyaviy maqsadga muvofiqlik va texnologik amalga oshirilishi hal etuvchi hisoblanadi.
Buni odatda qabul qilinayotgan loyihaning rentabelligi, uning texnologiya, uskunalar,
asboblar, jihozlar, ijrochilarning sifati va soni jihatidan amalga oshirish mumkinligi
tushuniladi.
Umuman texnologik yechimni tanlashga 50 dan ortiq, shu jumladan moliyaviy,
iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy, ekologik, bozor va boshqa mezonlar ta’sir ko’rsatadi.
Texnologik yechimlarning ehtimoliy variantlarini tahlil qilishda texnologik
jarayonning texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlarining o’zaro aloqasini belgilash va xarajatlarni
kamaytirish va tatbiq etilayotgan yangilikning muvofiq sifatiga erishishga ko’maklashuvchi
omillarni aniqlash muhimdir. Bu yerda ishlab chiqarishning tashkiliy-texnologik omillari:
qo’llanilayotgan texnologiyaning ilg’orlik darajasi, ishlab chiqish tartiblari, texnologik
jarayonlarning parametrlari, texnik jihozlanganlik darajasi, uskunalarni tanlashning
tizimliligi va uni unifikatsiyalash darajasi katta rolь o’ynaydi.
Tashkiliy omillarga ishlab chiqarishning turi (yakka, seriyali, ommaviy), texnologik
jarayonlarni vaqtda tashkil qilish usuli (uzluksiz yoki diskretli) uskunalardan foydalanish
darajasi, mahsulotni ishlab chiqarish hajmi, partiyaning o’lchami va hokazolar kiradi.
Bunda ayrim omillarning o’zaro aloqasiga alohida e’tibor qaratiladi, chunki ularning paydo
bo’lishi oqibatida foydali yoki zarali bo’lishi mumkin. Masalan, mahsulotni materialni
iste’mol qilishga nafaqat detalning o’lchami va og’irligi, balki tanlab olingan tayyorlash
turi, uni olish usullari, ishlab chiqarish tartibi ham ta’sir ko’rsatadi. Texnologik jarayonni
mehnat iste’moli va operatsiyani bajarish vaqtining me’yoriga konstuktsiyaning
14
Ðóìÿíöîâà À.À. Ìåíåäæìåíò èííîâàöèè. Êàê íàó÷íóþ ðàçðàáîòêè äîâåñòè äî èííîâàöèè: Ó÷åáíîå
ïîñîáèå. – Ñàíêò Ïåòåðáóðã, 2007.
Do'stlaringiz bilan baham: |