muvaqqat loyiha jamoalarini va firma ichidagi venchurlarni tashkil etish yirik
kompaniyalardagi innovatsion jarayonni takomillashtiradi.
Yangilanishning samaradorligiga innovatsion faoliyatning turli omillari: innovatsiya
mahsulotining sifati, qo’llanilayotgan texnologik qarorlarning sifati va loyihani amalga
oshirishning tashkiliy-texnik sharoitlari ta’rifi ta’sir ko’rsatadi. Buyumning texnik darajasi,
uning texnologiyaliligi, resursni iste’mol qilishi, unifikatsiyalanganlik va
standartlashtirilganlik darajasi, eski va yangi modellarning qiyosiy texnik-iqtisodiy
samaradorligi o’zlashtirilayotgan buyum yoki yangi mahsulot sifatini belgilab beruvchi
omillar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |