Namangan muhandislik pedagogika instituti


Innovatsion   davr   bosqichlari   bo’yicha  ITTKIga



Download 5,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/223
Sana14.07.2021
Hajmi5,69 Mb.
#119196
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   223
Bog'liq
innovatsion menejment

            9.2. Innovatsion   davr   bosqichlari   bo’yicha  ITTKIga  
                                xarajatlarning   tuzilishi  
 
  Hozirgi  zamon  amaliyotida ITTKI ga  xarajatlar, qoidaga  ko’ra, sotish hajmining 
3 dan 5 %gacha qismini tashkil etadi. Innovatsion biznesning o’rtacha statistik firmasi 
tomonidan ITTKI doirasida amalga oshiriladigan ish bosqichlari bo’yicha xarajatlarning 
taqsimlanishi 9.1-jadvalda berilgan.  
106


  
 
9.1-jadval 
Innovatsion davr bosqichlari bo’yicha ITTKIga xarajatlarning tuzilishi 
 
№ Bosqichlar  Yakunga 
nisbatan 

dagi xarajatlar 

Muammo bo’yicha ilmiy boshlanish tadqiqoti,  fundamental 
tadqiqotlarning mavjud ma’lumotlari tahlili 
3,0 
2 Innovatsiya 
g’oyalarini o’rganish 
1,1 

Laboratoriya eksperimental tadqiqotlari 
13,1 
4 Yangiliklarning 
loyiha-konstruktorlik ishlab chiqilishi 
16,7 

Yangilik kiritish tajribasi namunasining hujjatli va tashkiliy-
texnologik ta’minlanishi 
 
 
ITTKI bosqichlari bo’yicha o’rtacha statistik xarajatlar tahlilidan kelib chiqishga, 
yangi namunani ishlab chiqishni hujjatli va tashkiliy-texnologik ta’minlash eng katta 
ulushni tashkil qiladi. Bu texnik-texnologik yangiliklarning o’sib boruvchi ta’siri va 
zamonaviy firmalarning shaxsiy ilmiy boshlanish va ITTKIning rivojlangan tarmog’iga ega 
bo’lishga intilishlari haqidagi fikrni yuzaga keltiradi. 
Korxonaning ushbu uchastkasidagi yetarlicha bo’lmagan faolligi xorijdagi yirik sanoat 
kompaniyalari rahbarligi ta’minlamaganligidan kelib chiqadi. Masalan, 1999 yilda 500 yirik 
TMK rahbarlaridan faqat 3,4 % firmalari yetarlicha shaxsiy ilmiy-texnik boshlanmagan 
egaligini ta’kidlagan, 32,8 % uning yetarlicha  emasligi, 34,8 % esa shaxsiy ilmiy 
tadqiqotlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga ega emasliklarini aytganlar. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan kompaniyalar yarmining innovatsion faoliyati 
takomillashtirilgan innovatsiyalar, yangi tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga 
asoslangan. So’ralgan kompaniyalarning bundan keyingi rejalariga kelsak, 24,6 % shaxsiy 
ilmiy-texnik va fundamental tadqiqotlarni rivojlantirishga zarurat ko’rilgan.  
Keyingi o’n yil ichidagi xorijdagi yirik korporatsiyalar rivojlanishining o’ziga xosligi 
shundan iboratki, o’tkazilayotgan ITTKIning hajmi va amaliy ahamiyati bo’yicha ular 
nafaqat kichik biznesdan, balki OO’Yu va akademik fandan ham o’zib ketgan. Yirik 
firmalar patent va nou-xaularni sotish bo’yicha shubhasiz ustuvorlikka ega, bu quyidagi 
ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi: patentlarning yapon bozorida xorijiy sotuvchilar 
savdolarining 40%ga yaqiniga tegishli ravishda yirik firmalar 39,9 %, akademik va OO’Yu 
sektorlari - 11 %, kichik va o’rta biznes – deyarli 10 % ga ega.   
Sanoat firmalarining innovatsion yo’naltirilganligi ana shunda yaqqol ko’rinadiki, 
ITTKIga bozor holatining qisqa muddatli o’zgarishlariga nisbatan kamroq bog’liq bo’lgan 
uzoq muddatli istiqbol sifatida qaraladi. Jahonning ko’pgina sanoat kompaniyalari ITTKIga 
savdolarning 4dan 7%gacha summali hajmlarini sarflaydi.  
ITTKIdagi tadqiqotlar va ishlab chiqarishlarda davlatning ishtiroki amalda pasaygan 
mamlakatlarda innovatsion faoliyatning rivojlanishi milliy iqtisodiyot rivojlanishining 
nomuqobil varianti bo’lib ko’rinadi. Mamlakatimizdagi vaziyat akademik sektorning og’ir 
holati va OO’Yu fanining yetarlicha bo’lmagan natijaviyligi bilan yanada murakkablashadi.  
Mamlakat bozorida loyihaviy moliyalashtirishni haqiqatda yo’qligi, aqliy mulk 
bozorining qoniqarsiz holati, texnologiyalar transfertining yo’lga qo’yilgan amaliyoti 
yo’qligi, hamda yangi texnologiyalarning importiga cheklovlar yirik kompaniyalarda 
ITTKIni rivojlantirish vazifasini ilgari suradi. Yaponiya va AQSH firmalari uchun ITTKI 
turlarining nisbiy ahamiyati quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi (9.2-jadval).  
107


  
 
Zamonaviy kompaniyalardagi tadqiqotlar va ishlab chiqarishlarni guruhlar bo’yicha 
tasniflash mumkin: yangi texnologiyalar sohasidagi tadqiqotlar, mavjud mahsulotlarni 
takomillashtirish va modernizatsiyalash sohasidagi tadqiqotlar, yangi mahsulotlar va ishlab 
chiqarishning yangi usullari o’zlashtirilishi.                
   9.2-jadval 
Yaponiya va AQSH firmalari uchun ITTKI turlarining nisbiy ahamiyati, %da 
 
№ ITTKI 
turi 
Yaponiya AQSH 

Yangi texnologiyalar sohasidagi fundamental 
tadqiqotlar 
 
15,9 
 
8,4 

Mavjud mahsulotlarni takomillashtirish va 
modernizatsiyalash sohasidagi tadqiqotlar 
 
26,6 
 
35,9 

Yangi mahsulotlarning o’zlashtirilishi 
 
33,9 
 
29,9 
4  Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish jarayonining 
yangi usullarini o’zlashtirish 
 
23,9 
 
26,1 
 Jami 
100,0 
100,0 
 
Ishlab chiqarishni yangilash, ishlab chiqrilayotgan mahsulot navlarini o’zgartirish, 
yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini tatbiq etishni turli yo’llar bilan: patentlar, 
litsenziyalar, nou-xaularni xarid qilish, kompaniya ITTKIning fundamental bo’linmalarida 
shaxsiy tadqiqotlarni o’tkazish, yangiliklarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish uchun firma 
ichidagi venchurli bo’linmalarni tashkil qilish vositasida amalga oshirish mumkin. 
Yirik kompaniyalarning oldida ITTKIni qo’lga kiritishning turli muqobillari vujudga 
keladi – ilmiy ishlab chiqarishlarning yuqori darajasiga ega kichik firmalarni yutib yuborish 
hisobiga, firmalararo tadqiqotchilik va ishlab chiqarish kooperatsiyasi hisobiga qo’shma 
korxonalar tashkil qilish yo’li bilan va hokazo. Yirik korxonalar kichik innovatsion biznes 
ustidan nazorat o’rnatish yoki keyinchalik xarid qilish bilan moliyalashtirish uchun xatarli 
sarmoyalar fondini tashkil qilishi mumkin.  
Kompaniyada ilmiy boshlanishlarni yaratish va ishlab chiqarishning yangilanishini 
ilmiy ta’minlashning har bir varianti muqobil asosda ko’rib chiqiladi va quyidagilarni 
hisobga oluvchi aniq vaziyatga asoslanadi: 
- yangilikning ta’rifi; 
- uning faoliyat sohasiga mos kelishi; 
- yangilik yashash davrining xususiyatlari va bosqichlari; 
- innovatsion infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi; 
- moliyaviy, moddiy va axborot resurslari bilan ta’minlanganligi; 
- xodimlarning malakasi, kasbiy ko’nikmalari va texnik tajribasi; 
- ishlab chiqarish tizimlarining texnik-tashkiliy darajasi; 
- firmalarning sohaviy tegishliligi va hokazo. 
Ko’pgina, ayniqsa davlat ishtiroki past darajada bo’lgan mamlakatlarda ITTKIni 
tashkil etish shakllari “portfeli”dagi eng katta salmoqni firma ichidagi ishlab chiqarish va 
yangiliklakrni ITTKI bo’linmalari bazasida tatbiq etish egallab turishda davom etadi.  
Yangi tashkiliy tuzilmalar va ITTKIni boshqarishning yangi usullarini yaratish ilmiy 
tadqiqot va konstruktorlik bo’linmalari tizimi faoliyatini takomillashtirishda muhim rolь 
o’ynaydi. Masalan, agar an’anaviy korxonaga matritsali, divizion yoki tarmoqli tuzilmalar 
doirasida yangiliklarni ishlab chiqishning chiziqli – izchil ishlab chiqilishi xos bo’lsa, u 
holda zamonaviy korxonalarda ITTKIni boshqarishga loyihaviy yondashuv muvaqqat 
108


  
 
maqsadli loyihaviy guruhlarni boshqarish tizimi yoki yirik korporatsiyalar doirasida 
innovatsion venchurli bo’linmalarni tashkil qilish ustuvorlik qiladi.  
Yangiliklarni ishlab chiqishning an’anaviy chiziqli – izchil usuli ilmiy ishlab 
chiqarishning texnologiyalarning radikal almashuviga to’siq bo’luvchi moddiy-texnik 
bazasininginertligi o’sishi singari ob’ektiv sabablari oqibatida yangiliklarning yangilanish 
sur’atlari sekinlashuvini keltirib chiqaradi.  
ITTKIning sifati va samaradorligiga rahbarlikning undovchi sabablarini 
pasaytiruvchi, kommunikatsiyalar va yangiliklarni ishlab chiqish va tatbiq etishga mas’ul 
bo’lgan turli vazifaviy bo’linmalar harakati muvofiqlashganligini yomonlashtiruvchi sof 
ma’muriy usullarning ustunligi ta’sir ko’rsatadi. Loyihali boshqaruv usullarini qo’llash, 

Download 5,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish