Namangan muhandislik pedagogika instituti


  Yangilik kiritish va taqdim etishni boshqarish



Download 5,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/223
Sana14.07.2021
Hajmi5,69 Mb.
#119196
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   223
Bog'liq
innovatsion menejment

9.3.  Yangilik kiritish va taqdim etishni boshqarish 
 
 
Ishlab chiqarish va mahsulotning qayd etilgan ishlab chiqarish omillari va 
determinatsiyalangan turiga mo’ljallangan markazlashgan boshqaruv qaytarilmaydigan 
holda o’tmishda qoldi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida har qanday firma o’z innovatsion 
strategiyasi va tashkiliy tuzilmasini mustaqil ravishda belgilaydi, qo’llaniladigan 
texnologiyalar turini tanlaydi, zarur texnologik uskunalarni tanlab oladi va kerakli miqdor 
va sifatdagi moddiy va nomoddiy resurslarni oborotga jal etadi.  
 
Firmaning yangilik kiritishdan foydalanish sohasidagi faoliyatini tashkil qilish 
alohida bosqichlardan iborat g’oyat murakkab tadbirlardan tashkil topadi, ular umuman 
yangilikning yashash davriga ta’sir ko’rsatadi. Loyihaviy yondashuv butun ilmiy ishlab 
chiqarish doirasini chiqishga asoslanadi, unda yangiliklarni ishlab chiqish, yaratish, tatbiq 
etish va tarqatishdan tortib mahsulotni foydalanishdan olib tashlashgacha bo’lgan jarayon 
tushuniladi. Innovatsiya bo’yicha ilmiy-ishlab chiqarish davra tushunchasi printsipial 
texnik-texnologik tizimlar hamda tajribali namunalar almashuvi va uskunalarning 
mavjudlarini almashtirishga tegishlidir.  
 
Ishlab chiqarishdagi texnologik qarorlar, texnika va tayyor mahsulotlar modellarining 
doiraviy aylanishi va almashuvi innovatsion jarayonning asosiy mazmuni hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish tizimlarining yashash davri ishlab chiqish bosqichidan boshlanadi. Bu 
yerda ilmiy tadqiqotlar, tajribaviy namunalarni tuzish va yaratish, sinovlarni o’tkazish 
amalga oshiriladi.  
 Mahsulot 
murakkablashgani 
va modernizatsiyalangani sari bu bosqich borgani sari 
kattaroq ahamiyat kasb etadi. Birinchi bosqich seriyali ishlab chiqarishga o’tish to’g’risida 
qaror qabul qilish bilan yakunlanadi. Mahsulotning ilm iste’moli qancha yuqori bo’lsa, 
kichik seriyali ishlab chiqarishning roli va qo’llanilayotgan texnologik qarorlarning 
egiluvchanligi va moslashuvchanligi shunchalik yuqori.  
 
Keyingi bosqich ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash va texnologiyalarni 
tanlashni o’z ichiga oladi. Yangi materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni 
o’zlashtirish usulini tanlashga ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy tayyorgarligini tashkil 
qilish tizimi va zarur texnologik uskunalarning tarkibi katta ta’sir ko’rsatadi. Ishlab 
chiqarishni texnologik tayyorlashning yagona tizimi (ICHTTYaT)ga muvofiq mahsulotlarni 
ommaviy va seriyali ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash texnologik jarayonlarni ishlab 
chiqish, jihozlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish, mahsulotning tajribaviy namunasini 
ishlab chiqarish va sinovdan o’tkazish, umuman ishlab chiqarish tizimini tashkil qilish va 
vujudga keltirishni              o’z ichiga oladi.  
 
Texnologik jarayonni ishlab chiqishda ta’sir ko’rsatish usullari operatsiya turlari va 
ularning izchilligi, mahsulotla, oraliq turlari, detallar yoki qismlarni olishusullari 
belgilanadi. Nihoyat, jarayonning asosiy, yordamchi va yakuniy bosqichlari birlashtiriladi. 
Texnologik uskuna uning texnik ta’riflari (quvvati, ishonchliligi, unumdorligi) yoshi, 
eskirish darajasi, ta’mirlanishning texnologik ta’riflari bo’yicha tanlab olinadi.  
111


  
 
 
Yaratilayotgan ishlab chiqarish tizimlarida kerakli uskunaning tuzilishi alohida 
ahamiyatga ega. U montaj qilinayotgan uskuna hamda mavjudlarini modernizatsiyalash va 
eskirganlarini hisobdan chiqarish tahlili nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. Uskunaning 
ishlashidagi tayyorlash-yakunlash va yordamchi vaqtni qisqartirish imkoniyatiga ega bo’lish 
muhim ahamiyatga ega. Yaratilayotgan texnologik tizim deyilganda texnikani tanlashda 
uskunaning ishlash tartibidan to’liqroq foydalanish, ish vaqtini texnologik, operatsiya 
ichidagi, tizim ichidagi va boshqa yo’qotishlarini qisqartirishga qaratilgan tashkiliy-
texnologik tadbirlarni ko’zda tutish zarur.  
 
Texnologik jarayonning sifati uning yangilik yaratish qobiliyatida amalga oshiriladi. 
U texnik-texnologik ta’riflar hamda iqtisodiy ko’rsatkichlar nuqtai nazaridan baholanadi. 
Tahlilning keng qo’llaniladigan texnik-iqtisodiy va vazifaviy-qiymatiy modellari 
jarayonlarning texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlari o’rtasidagi bog’liqlikni o’rnatish va ishlab 
chiqarish tizimlarini muvofiq faoliyat yuritish algoritmini topish imkonini beradi. 
 
Ishlab chiqarish hajmi ham tabiiy, ham qiymatiy aks ettirishda baholanadi. Bunda 
barcha ishlab chiqarish xarajatlari, yangi mahsulot birligiga sotish narxi va sotishdan ko’zda 
tutilgan tushumni ko’rsatish muhimdir. SHuni hisobga olish kerakki, innovatsion 
loyihalarning ko’pligi uchun boshlang’ich davrda quvvatlarni yuklash 20% va hatto kamroq 
bo’lishi mumkin.  
 
 Bunday vaziyat ham yangi mahsulotni bozorga chiqishigacha tijorat qiyinchiliklari, 
ham xomashyo, butlovlarni yetkazib berish, uskunalarni sozlash, yangi uskunalar va yangi 
texnologiyalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni tanlashning keng doirasi natijasida 
vujudga keladi. Bunday jihatlar texnik-iqtisodiy asoslashni tuzish va innovatsion loyihani 
muhandislik o’rganishida ko’rib chiqiladi.  
 
Ishlab chiqarish bosqichida yangi mahsulotni o’zlashtirish, tajribaviy partiyani ishlab 
chiqarish va yangi mahsulotni seriyali, so’ngra ommaviy ishlab chiqarishga o’tish bo’yicha 
ishlar majmuasi amalga oshiriladi. Ishga tushirilayotgan quvvatlar ehtiyojni belgilash 
ketma-ket bosqich va har bir ketma-ketlik uchun yangi mahsulotni taklif etilayotgan ishlab 
chiqarilishi yoki savdolar hajmining oraliq miqdorlariga muvofiq alohida amalga oshirish 
kerak. Har bir bosqich uchun material va ishchi kuchiga aniq ehtiyojlarni aniqlash hamda 
uskunalardan foydalanishning eng yangi varianti (parallel, izchil, aralash yoki xavfsiz-
aylanma)ga afzallik berish kerak.              
 
Resurslarga ehtiyoj va xarajatlar har bir bosqich uchun hisoblab chiqilishi va 
moliyaviy resurslar va savdolar hajmi bilan aniq tuzatishlar kiritilishi mumkin. Yo’qotishlar, 
brak, to’xtab qolishlarni ko’zda tutish kerak. Quvvatlarning turlicha yuklanishida ishlab 
chiqarishning turli bosqichlaridagi xarajatlar xarajatlarni to’liq ishlab chiqarish 
quvvatlaridagi mutanosib taqsimlanishi asosida hisoblab chiqiladi.  
 SHunday 
qilib, 
texnik-texnologik yangilanishning usuli va variantini tanlash uning 
aniq vaziyati, yangilik kiritishning xarakteri, korxonaning sohasi, resurslari va ilmiy-texnik 
salohiyatiga mos kelishiga bog’liq.  
 
Texnologik tizimlarni muvofiqlashtirish uchun innovatsiyalar turini almashtirishga 
rejali o’tish bo’yicha tadbirlar tizimini qo’llash zarur. Masalan, ishlab chiqarishning bir 
turidan boshqasiga o’tishning bir necha variantlari mavjud. Odatda boshqasiga o’tishning 
izchil, parallel, aralash usullari ajratiladi. Qoidaga ko’ra, ishlab chiqarishning yangi turiga 
o’tish qo’llanilayotgan jarayonlar va bo’lg’usi yangiliklarning texnik va texnologik 
xususiyatlari bilan uzviy bog’liqdir. 
 
Samarali izchil – parallel (aralash) usul bir qator afzalliklarga ega. Ammo ularni 
amalga oshirish uchun o’tuvchi yoki gibridli deb ataluvchi modellarni yaratish zarur. Yangi 
mahsulotlarga  izchil – parallel o’tish tekis, ishlab chiqarishni to’xtatmay, mahsulotlarni 
112


  
 
gibridli gibridli modellarni qo’llash yo’li bilan asta-sekin yangilashda amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va innovatsiyalalarni tatbiq etishning bunday usuli 
Zil, BMW, FordVaz va boshqa avtomobil gigantlarida kengroq tarqalgan. “Ishlab chiqarish 
hajmi - vaqt” bog’liqliklar grafiklari ko’rinishidagi yangi mahsulotlarga o’tishning asosiy 
usullari 9.1-rasmda ko’rsatilgan. 

Download 5,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish