13-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Tugunak bakteriyalarni to’plash va aniqlash.
Kerakli jihozlar: mikroskop, har xil yoshdagi tugunaklar, buyum oynalari,
sinьka yoki fuksin, spirt lampa, shakar, soda, no’xat yoki boshqa dukkakli o’simliklar
urug’i, o’lchovli kolba, voronka, filьtr.
Nazariy tushuncha: Tugunak bakteriyalar. Dukkakli ekinlar mahalliy yoki
mineral o’g’it berilmaganda ham normal rivojlanib, hosilga kirishi qadimdan ma’lum.
Buning sabablarini birinchi marta fransuz olimi Jan-Batist Bussengo 1838 yildan
boshlab tekshirgan. SHu tekshirish natijalariga asoslanib, u dukkakli o’simliklar
molekulyar azotni o’zlashtira oladi degan xulosaga kelgan. Oradan 20 yil o’tgach,
Bussengo dukkakli va don ekinlari ustidagi tajribalarini yangidan boshlaydi va bu
tajriba usullarini tobora takomillashtiradi. U tajriba uchun ishlatiladigan tuproq
tarkibidagi azotli birikmalarni yo’qotish uchun shu birikmalar batamom yonib
bo’lguncha tuproqni qizdiradi (sterillaydi). SHu tarzda tayyorlangan tuproqni
idishlarga solib, ularning yarmiga no’xat va qolgan yarmiga don ekinlari urug’ini
ekadi. Lekin ekilgan no’xat va don ekinlari urug’i ko’karib chiqsa ham, keyinchalik
o’smay qolaverganligini aniqlaydi. Bussengo bu tajriba natijalariga asoslanib,
o’zining dastlabki, ya’ni dukkakli o’simliklar havodagi erkin azot bilan oziqlanib,
bemalol o’sadi va rivojlanaveradi degan fikridan voz kechadi.
1888 yilda nemis olimlari Gelьrigelь bilan Vilьfart ham dukkakli o’simliklar
bilan tajriba ishlari olib boradilar. Ular bu
tajribalarda dukkakli o’simliklar urug’ini
qizdirilgan hamda qizdirilmagan tuproq solingan idishlarga ekadilar va shu tajriba
natijalariga aeosan quyidagi xulosaga keladilar:
1) qizdirilmagan (tabiiy) tuproq solingan idishga ekilgan urug’dan ko’kargan
dukkakli o’simliklarning ildizida tugunaklar hosil bo’ladi, qizdirilgan tuproqqa
ekilgan dukkakli o’simliklarda esa bunday hodisa yuz bermaydi;
2) ildiz sistemasida tugunaklar hosil qilgan dukkakli o’simliklargina
molekulyar azotni o’zlashtira oladi.
Dukkakli o’simliklar molekulyar azot o’zlashtirishi sabablarini rus olimi M. S.
Voronin bilan nemis olimi Beyerink ham isbotlaganlar. M. S. Voronin 1865
yilda dukkakli o’simliklar ildizidagi tugunaklar ichida tayoqchasimon va shoxlangan
bakteriyalar borligini aniqlagan. Beyerink esa 1888 yilda bu tadqiqotni davom ettirib,
tugunaklar ichidagi bakteriyalarni toza holda ajratib olgan va ularga bakterium
Do'stlaringiz bilan baham: |