3. Bakterium delbryukki (Bacterium delbriickii) bolgar tayoqchasiga
o’xshaydi. Bu bakteriyalar sanoatda sut kislota hosil qilish uchun ishlatiladi. Ularning
oziqlanish muhitiga oq bo’r qo’shilsa, to’plangan sut kislota miqdori 10% ga etib
qoladi.
4. Bakterium brassika (Bacterium brassicae) va bakterium kukkumeris
fermentati (Bacterium cucumeris fermentate).
Bu bakteriyalarning birinchisi karam, ikkinchisi esa bodring tuzlashda
ishtirok etadi (40-rasm).
Bulardan tashqari, tabiatda bakterium koli (Bacterium coli) nomli
bakteriyalar ham keng tarqalgan bo’lib, ular odam va hayvonlar ichagida yashaydi.
Bu bakteriyalar shakarni parchalagan vaqtda sut kislotadan tashqari, sirka kislota,
SO
2
va vodorod hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |