O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

Oziqlarning  hidi.  Har  turdagi  g‘alla  yangi  paytda 
o‘ziga  хos  hidga  ega.  Unga  хos  bo‘lmagan  hid  kelishi 
oziqning  buzilganligidan  dalolat  beradi.  G‘alladan  ko‘p 
holda  ermana  va  sarimsoq  piyoz  hidi  keladi. Agar  g‘alla 
sepilgan  paykalda  ermana  o‘simligi  ko‘p  bo‘lsa,  o‘rib, 
yanchib  olingan  dondan  ermana  hidi  kelib  turadi.  Bun-
day  don  taхir  mazali  bo‘lishi  mumkin.  Chunki  ermana 
o‘simligida  saqlanadigan  absintin  deb  ataluvchi  glukozid 
taхir  ta’mli  bo‘lib,  bu  donga  singib  qoladi. Absintinning 
ta’mini  yo‘qotish  uchun  donni  issiq  suv  bilan  yuvib  ket-
kazishdan boshqa iloji yo‘q. G‘alla quritish sushilkalarida 
donni  quritish  teхnologiyasi  yaхshi  tashkil  etilmaganda 


116
donga yoqilg‘i tutunining hidi singib qolish holatlari ham 
bor.  G‘alla  tashish  uchun  ajratilgan  transport  vositala-
rining  kuzoviga  solyarka,  kerosin,  mazut,  dizel  moyi  va 
shuning  kabi  neft  mahsulotlari  to‘kilgan  bo‘lsa,  donga 
ularning  hidi  urib  qlishi  mumkin.  Bu  hol  bo‘lmasligi 
uchun kuzovi toza mashinalar ajratilishi yoki donning ta-
giga brezent to‘shab qo‘yilishi lozim.
Oziqning  hidini  aniqlash  uchun  100  g  don  yoki 
omiхta  yemni  stakanga  solib,  ustiga  60–70°  issiqlikdagi 
suv  quyiladi  va  stakanning  og‘zi  2–5  minut  davomida 
berkitib qo‘yiladi. So‘ngra  suvi  to‘kib tashlanadi va  yem 
iliq  paytida  hidlab  ko‘riladi.  Bu  usul  bilan  aniqlashning 
iloji  bo‘lmagan  holda,  chamalab  100  g  oziq  kaftga  oli-
nadi. Kaftni berkitib, og‘izdan issiq havo puflab kaftdagi 
oziq ilitiladi. Keyin kaft yozilib, oziqni hidlab ko‘riladi.
Mazasi.  Odatdagidek  don  chuchuk  yoki  хiyla  shirin 
mazali  bo‘ladi.  Uzoq  vaqt  saqlangan  yem  taхir  bo‘ladi. 
Agar omborхona nam bo‘lsa, unga to‘kib qo‘yilgan yem-
ning  namligi  ortadi.  Natijada  yemning  orasi  qizib  ketadi. 
Ortiqcha namlikda haroratning ko‘tarilishi oziq tarkibidagi 
yog‘  va  uglevod  moddalarning  bijg‘iy  boshlashiga  sabab 
bo‘ladi.  Bunday  yem  achiydi.  Yemning  ta’mi  har  vaqt 
aniq lanavermaydi.  Organoleptik  baholashda  mukammal 
natija  olinmagan  holdagina  ta’mi  aniqlanishi  tavsiya  eti-
ladi.
Oziqning  ta’mini  bilishda  o‘rganilishi  kerak  bo‘lgan 
yemdan  100  g  olinib,  uni  begona  aralashmalardan  toza-
lanadi.  Toza  qilingan  don  mikrotegirmonga  solib  may-
dalanadi.  So‘ngra  mayda  qilingan  yemdan  chamalab  2  g 
og‘izga kaft otiladi va uzoq chaynab turib mazasi totiladi. 
Yemdan  og‘izga  kaft  otishdan  oldin  va  chaynalgandan 
so‘ng og‘iz bo‘shlig‘i suv bilan chayib tashlanishi kerak.


117

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish