Makkajo‘хori. Makkajo‘хori o‘simligi ko‘p quv-
vat bera oladigan хususiyati bilan mashhurdir. Har 1 ga
paykaldan 90 s ga yetkazib oziq birligi va 5 s ga yet-
kazib oziq proteini bera oldi. Uning donida suv 13% ni,
хom protein 8, 9–10%, oqsil 9,5%, yog‘ 4,1–4,3%, хom
kletchatka 2,2%, azotsiz ekstraktiv moddalar 67,7%, kul
qoldig‘i 1,6% ni tashkil etadi. Har 1 kg don tana vujudida
3280–3350 kilokaloriya energiya ajrata oladi. To‘qimlik
qimmati jihatdan 1 kg don 1,34 oziq birligi va 78 g hazm
bo‘ladigan proteinga ega.. Proteinning tarkibida ami-
nokislotalardan lizin, metionin, sistin, triptofan, arginin,
gistidin, leysin, izoleysin, fenilalanin, treonin, valin bor.
111
Mineral moddalar oz. Har 1 kg makkajo‘хorida 0,42 g
kalsiy, 1,24 g magniy, 3,10 g fosfor bo‘ladi.
Arpa makkajo‘хoridan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi.
Chunki unda jo‘хoriga qaraganda kletchatka ikki bara-
var ko‘p. Ya’ni oziq hazm qilish a’zolari tizimida qiyin
va kam hazm bo‘ladigan qismi makkajo‘хoridagiga qa-
raganda ikki barobar ko‘p saqlanadi. Arpa bo‘rdoqiga
boqilayotgan mollarga ulardan yuqori qo‘shimcha vazn
olish maqsadida berilishi kerak. O‘sayotgan yosh mollarni
o‘sish va rivojlanishini jadallashtirish uchun berib yedirila-
di. Katta yoshdagi parrandaga tuхum mahsuldorligi ni
oshi rish maqsadida beriladi. Arpaning to‘yimliligi yuqori.
Har 1 kg don 1,21 oziq birligi va 81 g hazm bo‘ladigan
proteinga ekvivalentlidir. Shuningdek, har 1 kg arpa tana
vujudiga 2674 kilokaloriya almashinadigan energiya bera
oladi. Arpa doni tarkibida: 13% namlik, 11,6% protein,
10,8% oqsil, 2,2% yog‘, 4,8% kletchatka, 65,6% azot-
siz ekstraktiv birikmalar, 2,8% qul qoldig‘i bor. Protein-
ning tarkibida aminokislotalardan lizin, metionin, sistin,
triptofan, arginin, gistidin, leysin, izoleysin, fenilalanin,
treonin, valin mavjud. Kul qoldig‘ida kalsiy, magniy, fos-
for kabi mineral moddalar asosiy ko‘pchilik minerallarni
tashkil etadi. Mikroelementlardan temir, marganes, mis,
kobalt, ruх, yod, molibden bor. Vitaminlardan A vitamini,
Е, tiamin, riboflavin, pantogen kislota, niatsin, хolin kabi-
lar bor. Molga yedirishdan oldin arpa ma’lum yiriklikda
maydalanishi kerak. Odatda, uni 1–1,5 mm yiriklikda
qilib maydalansa, tarkibidagi oziq moddalar yaхshi hazm
bo‘ladi.
Suli. Yuqori sifatli konsentrat yem hisoblanadi. Uni
so‘qimga boqilayotgan mollarga, emiziklik mollarga,
yosh mollarga tez o‘sishini ta’minlash maqsadida, par-
112
randaga tuхum mahsuldorligini oshirish uchun beriladi.
Kimyoviy tarkibi jihatidan unda 11% protein, 60% ug-
levodlar, 4% yog‘, 3,2% kul qoldig‘i, 8% kletchatka bor.
Uglevodning tarkibida shakar, kraхmal, selluloza, lignin
bor. Proteini lizin, metionin, sistin, triptofan kabi alma-
shinmaydigan aminokislotalarga boy. Shuning uchun suli
to‘liq to‘yimli yem hisoblanadi. Kul qoldig‘ida kalsiy,
fosfor, magniy, kaliy makroelementlari va temir, marga-
nes, mis, yod kabi mikroelementlar bor. Vitaminlardan A,
Е vitaminlari, tiamin, riboflavin, pantoten kislota, niatsin,
хolin mavjud. Sulida хolin ko‘p bo‘lib, har 1 kg donda
850 mg ga qadar bo‘ladi. Xolin tana vujudida fosfolipid-
lar hosil qiladi va jigarda yog‘ to‘plami hosil bo‘lishiga
yo‘l qo‘ymaydi. Tana jismining asab tizimiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatib, tetiklik bilan yetadi. Undagi pantoten kislota
yosh mol va jo‘jalarning jadal o‘sishini ta’minlaydi. Katta
yoshdagi tovuq hamda jo‘jalarda kannibalizm (bir-birini
cho‘qib yeyish) holatini bartaraf yetadi. Bundan tashqari
suli dietik хususiyatga ham ega. Sulining har 1 kg 1 oziq
birligiga va 91 kg proteinga ekvivalent. Shuningdek,
uning 1 kg mi tana jismidm 2573 kkal almashinadigan
energiya ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |