O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


 Dag‘al oziqlarga kimyoviy moddalar



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

3.1. Dag‘al oziqlarga kimyoviy moddalar
bilan ishlov berish
Keyingi  yillarda  dag‘al  oziqlarning  oziqlik  qimmatini 
oshirish  sohasida  ko‘pgina  yangi  usullar  joriy  etil moqda. 
Hozir  qo‘llanilayotgan  eng  ilg‘or  usullardan  biri  dag‘al 
oziqlarni sintetik yo‘l bilan olingan mochevina CO(NH
2
), 
ya’ni  karbomid  bilan  ishlov  berishdir.  Oziq  tarkibiga 
karbomid  aralashtirilganda  undagi  azot  birikmalari  bak-
terial  oqsillarga  aylanadi.  Karbomid  ko‘proq  somon-
ning  to‘yimliligini  oshiradi.  Bunda  somonning  fizik  va 
kimyoviy  tuzilishi  o‘zgaradi.  Natijada  uning  tarkibidagi 
oziq  moddalar  yengil  hazm  bo‘ladi.  Somonga  karbomid 
bilan  ishlov  berish  uchun  maхsus  eritma  tayyorlanishi 
ke rak.  Buning  uchun  100–120  l  suvda  1,5–2  kg  kaustik 
soda,  1,5–2  kg  ohak  yoki  5–6  kg  so‘ndirilgan  ohak  va 
1–1,5  kg  karbomid  eritiladi.  So‘ngra  eritmani  7–8  sm 
uzunlikda  qilib  qirqilgan  har  sentner  somonning  ustiga 
maхsus  purkagichlar  yordamida  bir  tekisda  purkaladi. 
Shu  tarzda  ustma-ust  3–4  qatlam  somon  bostirilib,  har 
qatlamiga eritma purkaladi va usti berkitib tashlanadi.
Eritma bilan ishlov berilgan somonning umumiy nam-
ligi 55–65% ga yetkazilishi lozim. Bu esa somon qo‘rida 
bijg‘ish  jarayoni  boshlanishiga  imkon  beradi.  Natijada 
zichlangan  uyumda  sut  va  sirka  kislota  hosil  bo‘lib,  so-
monni  uzoq  muddat  davomida  buzilmay  saqlanishini 
ta’minlaydi.  Bundan  tashqari,  somon  tarkibida  protein 


106
5,1% dan 10,1% gacha, oqsil miqdori esa 4,1% dan 7,8% 
gacha ortadi.
Qoramollarga  karbomidni  mayda  qilib  qirqilgan  so-
monning  ustiga  sepib  berish  usullari  amalga  oshirildi. 
Karbomidni  bu  хilda  qo‘llash  uchun  sutkasiga  belgilan-
gan  me’yor:  sog‘in  sigirlarga  100–120  g,  bo‘rdoqiga  bo-
qilayotgan katta yoshdagi qoramolga 120–150 g, bir yosh-
dan katta mollarga 60–80 g, bir yoshgacha bo‘lgan molga 
40–80  g,  qo‘yga  10–15  g  miqdorida  boshqa  oziqlarga 
yaхshi aralashtirib beriladi.
Har  turli  dag‘al  oziqlarning  yoki  ko‘pincha  somon-
ning oziqlik qimmatini oshirish hamda uning yaхshi hazm 
bo‘lishini ta’minlash uchun ularni eritma qilib tayyorlan-
gan  ammiak  suvlari  bilan  ishlov  berish  usullari  amalda 
qo‘llanilmoqda. Ammiak suvi asosan ammiakning suvda-
gi eritmasidir. Bunday eritmani mayda, 7–8  sm uzunlikda 
qilib  qirqilgan  somon  ustiga  maхsus  purkagichlar  yor-
damida purkalganda massa tarkibida sirka kislotaning am-
moniy tuzi – NH
4
CO
3
 hosil bo‘ladi. Bu kislota mochevina 
(karbomid)  singari  oziq  tarkibidagi  proteinni  oshirishga 
imkon  beradi.  Kimyoviy  tahlillar ning  ko‘rsatishicha,  har 
kilogramm ammiak suvi purkalib ishlov berilgan somon-
da  oddiy  quruq  somondagiga  qaraganda  0,08–0,16  oziq 
birligiga  ortiq,  ya’ni  to‘yimliligi  36,4–72,7%  ga  ortadi. 
Hazm bo‘ladigan protein esa ikki baravar ko‘payib, 14 g 
o‘rniga 24 g ga yetadi.
Somonga  ammiak  suvi  bilan  ishlov  berish  uchun  uni 
7–8 sm uzunlikda qirqib, chuqurlarga to‘lg‘aziladi va har 
sentner  somon  ustiga  12  l  miqdorida  25%  ammiakli  suv 
purkaladi.  So‘ngra  uning  usti  darhol  berkitib  tashlanadi. 
Aks  holda  ammiak  gazga  aylanib,  havoga  uchib  ketishi 
mumkin.  Berkitilgan  somonni  5–6  kundan  keyin  ochish 


107
mumkin.  Ochilgan  chuqurdagi  somon  sirtga  chiqarilib, 
bir necha soat davomida ochiq havoda qoldirilishi kerak. 
Bunda  somon  tarkibidagi  ammiak  gazga  aylanib  havoga 
uchib ketadi, so‘ng mollarga berish mumkin.
Ammiak bilan ishlov berilgan somonni katta yoshdagi 
qoramolga  5–6  kg,  yosh  mollarga  esa  3–4  kg  miqdorida 
beriladi.  Odatda,  bunday  somonni  silos  yoki  ildizmevali, 
shirali  oziqlar  hamda  konsentrat  oziqlar  bilan  birgalikda 
berish tavsiya etiladi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish