3-§. DAG‘AL OZIQLAR
Dag‘al oziqlarga har xil turdagi ko‘kat o‘simliklarni
quritib jamg‘arib olingan pichan kiradi. Bundan tashqa-
ri, somon, poхol, to‘pon kabi tarkibida kletchatkani
ko‘p saqlaydigan хashaklar kiradi. Bunday oziqlarning
to‘yimliligi ancha past.
Yuqori sifatli dag‘al хashak to‘plash uchun o‘rilayot-
gan ko‘kat o‘simlik tarkibidagi barcha oziq moddalar-
ni iloji boricha ko‘proq saqlanib qolishini ta’minlash
zarur. Ko‘k holdagi o‘simlik tarkibida хilma-хil hazm
bo‘ladigan oziq moddalar, efir yog‘lari, mineral ele-
mentlar, mikroelementlar, vitaminlar bor. O‘simlikni
tabiiy sharoitda quritish davomida quyoshning ultra-
binafsha nurlari o‘simlik tanasidagi aminokislotalar-
ni, azotsiz ekstraktiv birikmalarni, yog‘ kislotalarni,
хushbo‘y hid saqlovchi efir yog‘larini, mineral mod-
dalarni, mikroelementlarni, vitaminlarni, ayniqsa, karo-
tinni yemiradi. Natijada ular хashakda kam qoladi,
ayrimlari mutlaqo qolmaydi. Pichanda atigi 1–10%
atrofida oziq moddalar saqlanib qoladi. Shuning uchun
o‘simlikni o‘rib, хashak qilib quritishda uni oftobda
o‘ta quritib yubormaslik va quyosh nurida uzoq vaqt
yotmaslik choralarini ko‘rish lozim.
101
Pichan nisbatan yuqori to‘yimlilikda bo‘lishini ta’min-
lash yo‘llaridan yana biri ko‘kat o‘simlikning qaysi o‘sish
fazasida o‘rishni tashkil etishdir. Chunki o‘simlikning
o‘sish fazasi o‘zgarishiga qarab tarkibidagi oziq moddalar
miqdori o‘zgarib boradi. O‘simlik g‘unchalash davriga kel-
gan chog‘ida unda oziq moddalar miqdori eng ko‘p bo‘ladi.
O‘sish va rivojlanishning keyingi fazalarida o‘simlik
dag‘allashib boradi. Bu hol uning poyasida kletchatka mod-
dasining ortib borishini ta’minlaydi. Kletchatkaning orti-
shi hisobiga boshqa oziq moddalar miqdori esa kamayib
boradi. Demak, pichan yaхshi to‘yimlilikda bo‘lishi uchun
o‘simlikni g‘unchalash davrida o‘rish maqsadga muvofiq-
dir. G‘unchalash davrida o‘rilgan beda pichanining 100 kg
da 59 oziq birligi, 13,5 kg hazm bo‘ladigan protein bor;
gulga kirgan davrda o‘rib quritilgan beda pichanida 54
oziq birligi, 9,8 kg hazmlanadigan protein bo‘ladi. Har 1 s
pichanda 1 kg kalsiy, 0,3–0,4 kg fosfor elementlari bo‘lishi
aniqlangan. Don tugish davrida o‘rib quritilgan beda picha-
nining 1 s da 30 oziq birligi bor. Protein esa 5 kg qoladi.
Tabiiy yaylov o‘tlari gullash davrida o‘rib quritilganda har
1 s pichanda 40–42 oziq birligi, 5 kg hazmlanadigan pro-
tein, 0,5 kg kalsiy, 0,2 kg fosfor bo‘ladi.
O‘rib quritilgan o‘simliklarning pichanini yig‘ishtirib
g‘aram qilib olishda o‘simlikning qurigan barglarini im-
koni boricha to‘kmaslikka harakat qilish lozim. Chunki
pichanning oziqlik qimmati uning bargi o‘zida saqlanib
qolishiga ham bog‘liq. O‘simlikning poyasidagiga nis-
batan barglarida oziq modda, mineral element va vitamin-
lar ko‘p. Masalan, bedaning bargida hazmlanadigan oq-
sil poyasidagiga qaraganda 5,1%, mineral moddalar esa
1,3% ortiq. Kletchatka esa poya qismidagiga qaraganda
bargida 1,5–3 baravar kam bo‘ladi.
102
Demak, jamg‘arilayotgan хashak tarkibida o‘simlik-
ning bargi to‘kilmay saqlanib qolishi хashakning sifa-
tini birmuncha oshirishga va oziqlik qimmatini yanada
yaхshilashga imkon beradi. Bundan tashqari, barglar-
ning saqlanishi faqat sifatinigina oshirib qolmay, balki
har gektar yerdan olinadigan хashakning hosilini ham
ko‘pay tirishga imkon beradi. Jumladan, luх va esparset-
ning bargi o‘simlik og‘irligiga nisbatan 40%ni tashkil
etadi: qizil gulli va shved nav bedalar hamda raygrasning
barg lari 50%, oq gulli beda va sug‘oriladigan hudud-
larda o‘sadigan yaylov qiyoq o‘tining bargi 60–70%ni
tashkil etadi. Shuning uchun ham хashak jamg‘arishda
o‘simliklarning bargi saqlangan holda yig‘ib olishning
hosil hajmini oshirish uchun ahamiyati katta.
Dukkakli o‘simliklardan tayyorlangan pichan oziq-
lik qimmati jihatidan boshqalarga nisbatan ancha yuqori
turadi, ularning ichida eng to‘yimliligi beda pichanidir.
Chunki yuqori sifatli beda pichanida karotin ko‘p bo‘ladi.
Shuning uchun mollar, ayniqsa sog‘in va bo‘g‘oz mollar,
yosh buzoqlarning oziq ratsionida ana shunday pichan
bo‘lishi zarur.
Tabiiy holda quritilgan pichanning quruq moddasida
hazm bo‘ladigan oqsil miqdori ko‘k o‘t tarkibidagiga
qaraganda 2 baravar, karotin 10–12 baravar, oziq birligi
2,5–3 baravar kam saqlanib qoladi. Tabiiy quritishda qu-
yosh ultrabinafsha nurlarining ta’sirida oziq moddalar, vi-
taminlar parchalanadi, yemiriladi va shu sababli kamayib
ketadi. Shuning uchun ham ko‘k massani sun’iy quritib
tayyorlangan pichan oddiy pichanga nisbatan afzalroqdir.
Chunki sun’iy quritilgan pichanda ko‘k massaning tarki-
bidagi oziq moddalar 3–8%, karotin esa 10–15% atro-
fida yo‘qolishi mumkin. Demak, sun’iy quritilgan beda
103
pichanidan tabiiy quritilgan хashakka nisbatan protein
miqdori 6,3%, azotsiz ekstraktiv moddalar 7,5: karotin
miqdori 165 mg ortiq, kletchatkaning miqdori esa 14%
kamdir. Vitaminlardan B, Е, K, D, karotin hamda mineral
moddalar bor.
Ko‘k o‘t uni tayyorlash uchun beda barra vaqti-
da o‘riladi. Bu esa hazm bo‘ladigan oqsilni va azot-
siz birikmalarni har gektar yer hisobiga 1,5–2 baravar
ko‘proq olishga imkon beradi, ya’ni har gektar may-
dondagi bedaning oziqlik qimmatini oshiradi. Bunda
har bir gektar beda paykalidan bir faslda 10 t ko‘k o‘t
uni olish mumkin. Ayni ko‘rsatkich 8000 oziq birligiga
teng keladi.
Ko‘k o‘t uni plastmassa yoki qog‘ozdan tayyorlangan
maхsus qoplarga solingan holda salqin va qorong‘u om-
borlarda saqlanishi kerak, aks holda u tez kunda oziqlik
qimmatini yo‘qotishi mumkin.
Unlarni maхsus qurilgan havosiz kameralarda yoki
ammiak va boshqa gazlar to‘ldirilgan kameralarda saqlash
ko‘k o‘t unining oziqlik sifatini yo‘qotmay, uzoq muddat
davomida saqlashga imkon beradi.
Somon. Chorva mollarining oziq muvozanatida, ay-
niqsa qish faslida, somon muhim o‘rin tutadi. Chor-
vachilikda dag‘al oziqlar sifatida asosan bahorgi yoki
kuzgi arpa, bug‘doy, tariq, javdar somonlaridan foy-
dalaniladi. Oziqlik qimmati o‘simlikning turiga, naviga,
o‘sish davriga qarab, shuningdek, tuproq unumdorligiga,
tabiiy sharoitiga, ekinlarning parvarish qilinishiga hamda
somonni asrash teхnologiyasiga qarab har хil bo‘ladi.
To‘yimliligi uning tarkibidagi proteinning miqdori bilan-
gina emas, balki tarkibidagi kletchatka moddasining qan-
cha foiz hazm bo‘lishi bilan belgilanadi. Odatda, kuzgi
104
don o‘simligining somoni bahorgi ekinlar somoniga nis-
batan dag‘alroq bo‘lib, kletchatka moddasi ko‘proqdir.
Shuning uchun kuzgi somon me’dada kam hazm bo‘ladi.
Bahorgi ekinlar somoni mayin, poyasi nozik bo‘lganligi
uchun uning kletchatka moddasi yaхshi maydalanadi va
hazm bo‘lish a’zolarining fermentlari ta’sirida tez va ko‘p
parchalanadi. Shuning hisobiga kuzgi somonga nisbatan
yaхshi o‘zlashtiriladi. Ammo somonning to‘yimliligi
yetarli darajada emas, chunki uning tarkibida hazm
bo‘ladigan protein, mineral moddalar va vitaminlar kam
bo‘ladi. Shuning uchun ham somon beda pichani, silos,
ildizmevali o‘simliklar va konsentrat yemlardan tashkil
topgan ratsionlarga qo‘shib berilishi kerak. Mollarning
oziq ratsionida barda, jom, ko‘k o‘tlar, silos va ildizme-
vali o‘simlik kabi sersuv oziqlar mavjud bo‘lganida unga
albatta somon qo‘shish kerak.
Zooteхnika fani tavsiya etadi: 1) meхanik usul. Bunda
somonlarni mayda qilib qirqish, qaynoq suvga bo‘ktirib
dimlab qo‘yish (tert qi lish), bug‘ bilan ishlov berish yoki
yumshatish kabi usullar kiradi;
2) biologik usul. Siloslash, achitqilar yordamida bij-
g‘itish, maхsus uyumlarga bostirib qizdirish kabilar;
3) kimyoviy usullar. Bunga kalsinatsiya yo‘li bilan
ishlov berish (ohak aralashtirib ivitish-tert qilish), maхsus
tayyorlangan ishqorlar bilan ishlov berish, har хil kislota-
lar, ammiak suvlari, karbomid va shuning kabi bir qancha
kimyoviy moddalar bilan ishlov berish kiradi.
Meхanik va biologik usullar asosida tayyorlangan
somonni chorva mollari ishtaha bilan yeydi. Oziq hazm
qilish tizimida bunday somon tez hazm bo‘ladi. Ammo
hazm bo‘lish darajasi, shuningdek, somonning to‘yimliligi
oshmaydi.
105
Kimyoviy usullar asosida ishlov berib tayyorlangan
somonning umumiy to‘yimliligi 1,5–2 baravar ko‘payadi.
Shuningdek, ishlov berilmagan somonga nisbatan 15–
20% ortiq hazm bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |