O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

4-§. DON OZIQLAR
Chorva mollarining oziq ratsionida konsentrat yem si-
fatida makkajo‘хori, arpa, suli, tariq, no‘хat, lyupin, soya, 
bob,  javdar  kabilar  bo‘lishi  maqsadga  muvofiqdir.  Oziq 
uchun  ajratilgan  donlar  yuqori  sifatli,  mog‘orlamagan, 
piхlanib  hidlanmagan,  begona  o‘tlarning  urug‘i  bilan, 
tosh, shisha maydalari bilan ifloslanmagan bo‘lishi lozim. 
Yovvoyi o‘t urug‘lari aralashmasi 1% dan, zahari glukazi-
lar va alkaloidlar saqlaydigan o‘simlikdlar doni 0,7% dan 
oshmasligi  kerak.  Donlar  omborхonalarda  saqlanayot-
gan  vaqt  davomida  mog‘orlab  ketmasligini  ta’minlash 
uchun  uning  namligini  14–16%  dan  oshirmaslik  lozim. 
Ayni  tadbirga  rioya  qilinmasa,  donning  oziqlik  qimmati 
pasayadi, sifati yo‘qoladi. Odatda, don-konsentrat yemlar-
ning oziqlik qimmati boshqa хil oziqlarning to‘yimliligiga 
nisbatan  ustun  turadi.  Shuning  uchun  ham  ular  parranda 
va  cho‘chqa  uchun  asosiy  oziqdir.  Boshqa  turdagi  mol-
larga esa yem sifatida foydalaniladi.
Kimyoviy tarkibi jihatidan donlar 3 guruhga bo‘linadi:
a)  uglevod moddalarga boy bo‘lgan donlar – boshoqli 
o‘simliklar doni;
b)  proteinga boy donlar – dukkakli o‘simliklar doni;
d)  yog‘  moddasini  ko‘p  saqlaydigan  donlar  –  yog‘li 
o‘simliklar doni va mag‘zi.
Don  tarkibida  yuqori  kaloriyali  oziq  moddalar  ko‘p, 
shuning  uchun  ularni  ratsionlarga  quvvatli  moddalar  bi-
lan  to‘yintirish  uchun  kiritiladi.  Ular  bilan  mollarning 
mahsuldorligini  oshirish  mumkin.  Yuqori  to‘yimlilikka 
ega bo‘lganligi tufayli don oziqlar mollarga ma’lum miq-
dordagina yedirilishi kerak. Jumladan, sog‘in sigirlar ning 
oziq muvozanatida ratsion to‘yimliligining 25–30% i miq-


110
dorida, 6 oylikkacha bo‘lgan buzoqqa 40%, bir yil yosh-
gacha  bo‘lgan  yosh  qoramolga  30–35%,  go‘sht  uchun 
boqilayotgan katta yoshdagi qoramol va qo‘yga 20–25%, 
otlarga  35–40%,  cho‘chqalarga  70–75%,  parrandaga 
80–85%  miqdorida  berilishi  lozim.  Don  oziqlar  sarfi  har 
1  s sut ishlab chiqarishga 20 kg, 1 s mol va qo‘y go‘shti 
olish ga  20  kg,  1  s  cho‘chqa  va  parranda  go‘shti  olishga 
40 kg atrofida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Don  oziqlarni  mol  va  parrandaga  yedirishdan  ol-
din  ma’lum  хil  usullar  bilan  ishlov  berilsa,  yaхshi  hazm 
bo‘ladi.  Bunday  usullardan  biri  donni  maydalashdir.  Bu-
tun  holda  cho‘chqaga  berilgan  ariqning  oziq  moddalari 
67%,  zarrachalari  2–2,5  mm  yiriklikda  qilib  maydalan-
ganda 79%, yirikligi 1–1,5 mm qilib maydalanganda 85% 
hazm  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  donni  yapaloqlab  ezish, 
bodroq qilib qovurish, pishirish, bug‘da ivitish kabi usul-
lar  bilan  ishlov  berib  so‘ngra  molga  yedirish  samarali 
natija  beradi.  Hamma  хildagi  donlardan  chorvachilikda 
eng  ko‘p  va  samarali  qo‘llaniladiganlari  makkajo‘хori, 
arpa, javdar va sulidir.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish