Metionin. Tana vujudida boradigan modda almashi nish
jarayonida ishtirok etadi. Yog‘ almashinish jarayonini tar-
tibga solib turadi. Ortiqcha yog‘ jigarda to‘planishiga va
zaхira hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymay, haydaydi. To‘qima
hujayralarining o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishini
ta’minlaydi. Qondagi eritrositlarning ko‘payishiga imkon
yaratdi. Sistin nomli aminokislota bilan birgalikda parran-
daning pati o‘sishini jadallashtiradi. Muskul tolalarining
oralig‘ida yog‘ to‘plami hosil qiladi.
Oziq tarkibida metionin yetishmasa, yosh mollar,
jo‘jalar o‘sishdan to‘хtaydi, ishtahasi yo‘qoladi, orga-
nizmda anemiya boshlanadi. To‘yimli ratsion bilan bo-
qilayotgan mollarning jigarini moy bosadi, buyragining
ish faoliyati susayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |