£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


>  Xiroj   (er   solig’i)   -   daromadning   uchdan   bir   qismi  miqdorida yig’ilgan;   Arab



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Xiroj   (er   solig’i)   -   daromadning   uchdan   bir   qismi 

miqdorida yig’ilgan;

 

Arab 



>     Ushr, davlat idora ishlari uchun daromadning 10 foizi

 

xalifaligi 

miqdorida olingan;

 

xazinasiga       >     Zakot, mol-mulkning 2,5 foizi miqdorida olingan



to‘lanishi       >     Juzya  (jon  solig’i)   -  oziq-ovqat,  xomashyo  yoki  pul 

majburiy 

hisobida yig’ilgan;

 

bo‘lgan soliq    >     Aholidan    olinadigan    markazlashgan    soliqlar    hajmi 

turlari 

daromadning qariyb yarmini tashkil etardi;

 

Bulardan tashqari aholiga mahalliy va mavsumiy soliq va 

majburiyatlar ham yuklangan edi.

 

IX  asr  arab  tarixchisi  Xo‘rdodbehning  ko’rsatishicha,  xalifalikka  faqat 



xiroj  solig’i  hisobiga  Sug’d  viloyati  326  ming,  Farg’ona  280  ming,  Shosh  607 

ming,  Ustrushona  50  ming  dirham  soliq  to’lagan.  Buxoroga  belgilangan  xiroj 

solig’i miqdori bulardan ham ko’p bo’lgan. Shu boisdan istilochilar «kuch xiroj 

da» deb bejiz aytmaganlar.

 

Mahalliy aholi ko’zda tutilgan soliqlarni muntazam to’lab borishga majbur 



etilgan.  Bordiyu  bunga  qurbi  etmasa  o’sha  shaxsning  eri,  mulki  tortib  olinib, 

oilasi  bilan  ko’chaga  uloqtirilgan.  Arablar  dastlab  juz’ya  solig’ini  musulmon 

diniga  kirmagan  odamlarga  joriy  etganlar.  Biroq  keyinchalik  hamma  islomga 

kira boshlagach, bu soliq yana barcha erli aholiga bab-baravar solina bergan.

 

O’lka  aholisini  islomlashtirish  jarayoni  g’oyat  murakkab  kechgan.  Arab 



ma’murlari  ko’p  hollarda  zo’rlik  va  kuch  ishlatish  yo’li  bilan  mahalliy  xalq 

vakillarini, islomni qabul qilishga undaganlar. Bunga ko’nmaganlar yoxud bosh 

tortganlar esa shafqatsiz jazolangan. Ko’p joylarda mahalliy kishilar noilojlikdan, 

qiyin-qistov asosida musulmonchilikni majburan qabul etgan bo’lsalar-da, biroq 

arablar  ko’zdan  nari  ketishi  bilan  ular  yana  bu  dindan  qaytib  o’zlarining  eski 

diniy  aqida  va  marosimlariga  amal  qila  berganlar.  Hatto  arablar  ishonchini 

qozonib  musulmon dinini qabul qilgan  Buxorxudot  Tog’shoda ham  islom  dinini 

xo’ja ko’rsinga yuzaki qabul qilgan bo’lib, aslida zardushtiylik ahkomlariga amal 

qilgan.  U  vafot  etganida  ham  ajdodlari  diniy  marosimlariga  ko’ra  dafn  etilgan. 

Bundan  ko’rinadiki,  islom  dini  va  uning  ruknlarining  mahalliy  xalq  orasida 

yoyilishi  nihoyatda  qiyin,  murakkab  kechgan.  Bu  jarayonda  behisob  qurbonlar 

berilgan.  Arablarning  o’zlarini  xo’jalar,  sahobalar,  sayyidlar,  oq  suyaklar  deb 

atab, mahalliy xalqqa nisbatan mensimaslik, kalondimog’lik bilan qarashlari ham 

mahalliy aholida ularga nisbatan nafrat tuyg’usini kuchaytirgan.

 

Arablarning o’z yurtlaridan ko’p minglab qabila, urug’larni O’rta Osiyoga 



ko’chirib  keltirib  eng  yaxshi  joylarga  joylashtirish,  mahalliy  oilalalarni  o’z  er-

mulkidan mahrum etishlari ham ularga qarshi ommaviy norziliklarning kuchayib 

borishiga  bois  bo’lgan.  Masalan,  dastlabki  paytlarda  quraysh  qabilasining  5 

mingdan ziyod aholisi Samarqandga joylashtirilgan. Buxoro, Marv, Poykand va

 

87

 




boshqa  shaharlarda  ham  masjid  va  madrasalar  qurish  bahonasi  bilan  erli  aholi 

chetga  surib  chiqarilib,  ularning  erlariga  ham  arab  qabilalari  joylashtirilgan. 

Buning  asl  sababi  shundaki,  bosqinchilar  bu  begona  hududda  kuchli  ijtimoiy 

tayanch nuqta yaratish yo’li bilan o’z hukmronligini kuchaytirishga uringanlar.

 

Arablarning 



Vatanimiz 

hududida 

yurgizgan 

zo’ravonlik 

va 

mustamlakachilik siyosati, shubhasiz, erli aholining turli ijtimoiy qatlamlarining 



keskin  norozililgiga  sabab  bo’ldi.  Buning  natijasida  arablar  hukmronligi 

davomida o’lkaning turli hududlarida xalq g’alayonlari yuzaga kelib, alangalanib 

bordi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish