£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Kay  yoki  G‘uriy,  G‘aricha



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Kay  yoki  G‘uriy,  G‘aricha  kabi  xalq  qahramonlarini  ham  etishtirib  chiqardi. 

Ular  oxirgi  tomchi  qonlari  qolgunga  qadar  bosqinchilarga  qarshi  mardonavor 

kurashdilar.

 

780-783 yilarda qo’zg’olon harakatlari so’nggi hal qiluvchi pallaga kiradi. 



Bu  davrda  Muqannaning  asosiy  kuchlari  Qashqadaryoning  Kesh  vohasida 

to’plangan edi. Qo’zg’olonning bosh tayanch nuqtasi-Som qal’asi ham shu joyda 

bo’lgan. Albatta, bu vaqtga kelib xalifalik qo’shinlari katta ustunlikka ega bo’lib, 

ular  mahalliy  aholining  yuqori  tabaqalarini  o’z  tomoniga  jalb  etib, 

qo’zg’olonchilarni 

tobora 


siqib 

borayotgan 

edi. 

Muqanna 


Somda 

mustahkamlanib, o’z tarafdorlari bilan so’nggi nafasigacha kurashdi. Pirovardida 

esa  dushman  qo’lida  mag’lub  bo’lmay,  o’zini  yonib  turgan  olovga  otib, 

qahramonlarcha  halok  bo’ladi.  Bu  voqea  Beruniy  ma’lumotiga  ko’ra  783  yilda 

yuz  beradi.  Garchand  Muqanna  qo’zg’oloni  engilgan  bo’lsa-da,  biroq  u  buyuk 

xalq  qudratini,  agar  u  birlashsa,  uyushsa  nimalarga  qodirligini  to’la  namoyon 

etdi. Qo’zg’olon ayni chog’da xalifalikning Movarounnahrdagi mustamlakachilik 

va bosqinchilik ildizlarini ham qaqshatdi. Uning hukmronligining davom etishini 

shubha ostiga  solib  qo’ydi.  Eng  muhimi,  u  erk va ozodlik  uchun  talpinayotgan 

yurtimiz  kishilarida  vatanparvarlik  tuygusini  jo’sh  urdirdi,  ularni  ajnabiy 

zolimlarga  qarshi  yanada  shiddatkorlik  bilan  kurash  olib  borishga  da’vat  etdi. 

Buning  samarasi  esa  IX  asrning  boshlariga  kelib  yurtimiz  ustidan  xalifalik 

hukmronligining uzil-kesil  ag’darilishi va bir qator  mustaqil  milliy  davlatlarning 

yuzaga kelishida to’la namoyon bo’ldi.

 

Arablar  istilosi  va  hukmronligi  Vatanimiz  hududida  qanchalik  murakkab 



ijtimoiy-siyosiy  oqibatlar  bilan  bog’liq  bo’lmasin,  shu  bilan  birlikda 

yakkaxudolik  g’oyasi,  ilg’or  ijtimoiy-siyosiy,  falsafiy  qarashlarni  o’zida 

mujassam  etgan  islom  dini  va  ta’limotining  o’lkamizda  asta-sekin  ildiz  otib 

borishi  ulug’  ajdodlarimiz  hayoti  va  tafakkurida  katta  ahamiyatga  ega  bo’ldi. 

Butun  arab  dunyosini  birlashtirish,  uning  ma’naviy  qudratini  kuchaytirishda 

etakchi  omil  rolini  o’ynagan  islom  dini  va  uning  muqaddas  kitobi  -  Qur’oni 

Karim  g’oyalari  va  oyatlarining  mahalliy  xalqlarning  ongi,  shuuriga  singib, 

ularning  turmush  va  fikrlash  tarzining  ajralmas  qismiga  aylanib  borishi, 

shubhasiz, ularning ma’naviy olamiga sezilarli hayotbaxsh ta’sir ko’rsatdi hamda 

yuksak  moddiy  va  ma’naviy  madaniyat  namunalarini  ijod  qilib  borishlarida 

yangi ufqlar  ochib  berdi. Buning asosiy  boisi shundaki, Allohning  yagonaligiga 

imon  keltirish,  uning  muqaddas  kitobida  ifoda  etilgan  yuksak  insonparvarlik 

g’oyalariga  ishonch  va  e’tiqod  -  bular  yurt  kishilarida  bir-birlarini  quvvatlash, 

birlashish, o’zlarini yagona makonda his qilish, o’zaro hamkorlikda, keng sa’y-

harakatlarda  bo’lish  tuyg’usini  shakllantirib  bordi.  Negaki,  islom  ta’limoti, 

Qur’oni  Karim  g’oyalarining  o’lkamizga  yoyilishi,  o’tmishdoshlarimizning 

Alloh  buyurgan  olijanob  amallarga  rioya  etib,  ruhiy-ma’naviy  poklanish  sari 

harakatlanishi, tabiiyki, jamiyat hayoti va uning asosiy

 

90

 




tamoyillarining  sog’lom  negizlarda  rivojlanib,  takomilashib  borishiga  sezilarli 

ta’sir  ko’rsatdi.  Shu  ma’noda  Yurtboshimiz  ham:  «Biz  ota-bobolarimizning 

muqaddas dini bo’lgan islom dinini qadrlaymiz, hurmat qilamiz, odamzod ruhiy 

dunyosida iymon- e’iqodni, insoniy fazilatlarni mustahkamlashda uning o’rni va 

ta’sirini yuksak baholaymiz»

1

,  deb  bejiz  ta’kidlamagan.  Zero,  o’lka  xalqlarining 



ma’naviy  yuksalishini  ta’minlash,  ularning  bir-biriga  qon-qardoshligi, 

hamjihatligini 

jipslashtirishda 

muhim 


omil 

sanalgan 

asriy 

bebaho 


qadriyatlarimizni  o’zida  mujassam  etgan  islomiy  ahkomlarning  bugunda  ham 

hayotimizda  o’z  munosib  o’rnini  topayotganligi  islomning  jamiyat  taraqqiyotida 

muhim o’rin tutishidan dalolat beradi.

 

Darhaqiqat,  islom  dini  va  musulmonchilik  tamoyillarining  O’rta  Osiyo 



hududida  tarqalishi,  chuqur  ildiz  otishi  barobarida  o’lkamiz  xalqlari  keng 

musulmon  olami  bilan  tutashib,  uning  boy  diniy  va  dunyoviy  madaniyati,  ilmu 

urfoni  bilan  yaqindan  oshno  bo’lib  bordi.  Ayni  chog’da  azaldan  ilmu  ma’rifat 

o’chog’i  bo’lib  kelgan  ko’hna  yurtimiz  bag’ridan  bu  davrda  jahonga  dovrug’ 

solgan,  dunyo  madaniyati  va  tsivilizatsiyasi  xazinasiga  salmoqli  hissa  qo’shgan 

ko’plab nomdor allomalar, buyuk muhaddis olimu ulamolar etishib chiqdi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish