£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


So‘fiyonning 654 yilda Maymurg’ga, 667 yilda Chag’oniyonga, 673 yilda uning  o’g’li  Ubaydulla  ibn  Ziyod



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

So‘fiyonning 654 yilda Maymurg’ga, 667 yilda Chag’oniyonga, 673 yilda uning 

o’g’li  Ubaydulla  ibn  Ziyodning  Amudan  o’tib  Poykand,  Romiton  erlarini 

egallashi,  so’ngra  Buxoro  hukmdorini  engib,  o’z  foydasiga  sulh  tuzib,  katta 

xazina,  boyliklarni  qo’lga  kiritishi  va  nihoyat,  675-676  yillarda  Said  ibn 



Usmonning  yangidan  Buxoro  va  Samarqand  tomon  qo’shin  tortib  kelishi  va 

mahalliy hukmdorlarni engib, katta boylik va ko’p sonli asirlar bilan Arabistonga 

qaytib  ketishi  -  bular  O’rta  Osiyo  hududlarini  egallash  borasidagi  dastlabki 

urinishlar edi.

 

O’lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi 



VIII

 

asrning  birinchi  choragiga  to’g’ri  keladi.  Xususan,  704  yilda  Qutayba  ibn 



Muslimning  Xuroson  noibi  etib  tayinlanishi  bilan  uning  zimmasiga  butun  O’rta 

Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707 yilda

 

85

 




Amudaryodan o’tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy xalq 

qarshiligini engib shaharni qo’lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, 

Nasaf  ham  og’ir  janglar  bilan  fath  etiladi.  710  yilda  Qutayba  mahalliy 

hukmdorlarning o’zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, Sug’dning bosh shahri 

-  Samarqandni  bosib  olishga  tayyorgarlik  ko’radi.  Shu  orada  Xorazm  shohi 

Chag’on o’z ukasi Nurzod boshchiligidako’tarilgan xalq qo’zg’olonidan qo’rqib, 

711 yilda yordam so’rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan 

foydalanib  Xorazmga  yurish  boshlaydi.  Nurzod  tarmor  qilinadi  va  o’ldiriladi. 

Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o’z mustaqilligini 

yo’qotib, xalifalikka tobe bo’lib, uning bojdoriga aylanadi. Chag’onning qo’shini 

Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi.

 

712  yilda  Qutayba  Samarqandga  hujum  qiladi.  Bu  paytda  Samarqand 



hukmdori  G’urak  edi.  G’urak  arab  qo’shinlariga  qarshi  jang  qiladi,  ammo 

kuchlar  teng  bo’lmaganligi  sababli  engiladi.  Qutayba  bilan  G‘urak  (709-738) 

o’rtasida  tuzilgan  Shartnomaga  binoan  u  arablarga  bir  yo’la  2  ming,  yiliga  esa 

200  ming  dirxam  hisobiga  boj  to’lash,  30  ming  baquvvat  yigitlarni  qul  o’rnida 

berishi ko’zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi -

Afrosiyob  kelgindi  arab  aholisi  uchun  turar  joy  sifatida  beriladi.  Uning  tub 

aholisi esa o’z joyidan mahrum etiladi. Arab qo’shini 713-yilda Sirdaryo orqali 

yurish  boshlab  O’rta  Osiyoning  sharqiy  hududlarini  egallashga  kirishadi. 

Qutayba  shu  yurishi  davomida  Choch  viloyati,  Farg’ona  vodiysini  egallaydi, 

ko’p  o’tmay  o’lkaning  boshqa  hududlari  ham  birin-ketin  ishg’ol  qilinadi.  Shu 

tariqa, 10 yil davom etgan qirg’inborot janglar oqibatida arablar Movarounnahr 

deb  nom  bergan  Vatanimiz  hududlari  bosib  olindi.  Bosib  olingan  hamma 

viloyatlarga arablardan amirlar tayinlandi.

 

Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz 



zulm  va  zo’ravonlik  o’tkazdilar.  Xalq  tomonidan  asrlar  davomida  yaratilgan 

noyob  moddiy  va  ma’naviy  boyliklar,  asori  atiqalar  talandi,  yakson  qilindi. 

Mahalliy  yozuvlarda  bitilgan  son-sanoqsiz  nodir  kitoblar,  qo’l  yozmalar 

yondirildi.  Zardushtiylik,  buddizm  dinining  ko’plab  ibodatxonalari,  muqaddas 

qadam jolari kunpaya-kun etildi.

 

Ulug’  bobokalonimiz  Beruniy  o’zining  «O’tmish  xalqlardan  qolgan 



yodgorliklar»  asarida  achchiq  alam  bilan  ta’kidlaganidek,  arablar  mahalliy  din, 

san’at,  adabiyot  namoyandalarini,  olimlarni  o’ldirdilar,  asarlarini  esa  olovda 

yondirdilar. So’ngra ular ajdodlarimizning bebaho boyligi hisoblangan mahalliy 

yozuvlar,  tarixiy  hujjatlarni  yo’q  qildilar.  Musulmonchilik  diniga,  islom 

aqidalariga  zid  keladigan  jamiki  narsalar  ularning  nazarida  g’ayritabiiy  hol 

hisoblanib,  ayovsiz  yo’q  qilindi.  Bularning  o’rniga  arablar  aholidan  olingan 

mo’may daromadlar, to’lovlar evaziga hashamatli, serviqor masjidu, madrasalar 

xonaqolar,  maqbaralar  barpo  etib  odamlarni  ularga  da’vat  etdilar.  Yurtimiz 

jilovini  qo’lga  olgan  arab  hukmdorlari  xalqqa  zulmu  asoratni  kuchaytirish 

maqsadida turli xil soliq, o’lponlarni joriy etdilar.

 

86

 





Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish