Ma’mur qahhorov


Falsafa  tabiat,  jamiat  va  inson,  uning  tafakkuri  muammolarini



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/95
Sana07.07.2021
Hajmi0,63 Mb.
#111976
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95
Bog'liq
falsafa

Falsafa  tabiat,  jamiat  va  inson,  uning  tafakkuri  muammolarini 
mushohada  etish  va  tadqiq  qilish natijasida to„plangan bilimlarini 
muayyan falsafiy tushunchalar – kategoriyalar, falsafiy qonunlar va 
tamoyillarda ifodalaydi. Bu qonun, tamoyil v a kategoriyalar borliqni 
idrok  qilish,  bilishda,  faoliyatni  maqsadga  muv ofiq  tashkil  etish, 
dunyoni  izohlash  v a  o‗zgartirishda  o‗ziga  xos  tayanch  nuqtalar 
v azifasini  o‗taydi.  Falsafa  –  fan,  ammo  shu  bilan  birga  u  ijtimoiy 
ongning shakllaridan biri, ma‘nav iyat, madaniyatning ham ajralmas 
tarkibiy  qismidir.  U,  bir  tomondan,  ijtimoiy  borliqdan  o‗sib  chiqadi, 
jamiyatning talab ehtiyojlari hamda manfaatlarini ifodalaydi. Ikkinchi 
tomondan, shu zaylda dunyoga kelgan turli falsafiy ta‘limotlar, g‗oya 
v a qarashlar ijtimoiy borliqqa, kishilar ongiga faol aks ta‘sir ko‗rsatadi, 
yangi  g‗oya  v a  nazariyalarning,  ijtimoiy  ideallar,  qadriyatlarning 
shakllanishi v a riv ojlanishiga ma‘nav iy ruhiy ozuqa beradi.  Shunday 
qilib, falsafa fanlar tizimidagi oddiy bir unsur bo‗lib qolmasdan, borliq 
v a  uning  riv ojlanish  qonuniyatlari,  insonning  mohiyati  v a  olamga 
munosabatini o‗rganuvchi v a o‗rgatuvchi dunyoqarash ahamiyatiga 
molik bo‗lgan fandir.  
Falsafa tabiiy v a ijtimoiy fanlar tizimida alohida o‗rin tutadi. Falsafa 
av v alo  siyosiy,  huquqiy,  ahloqiy,  estetik,  diniy,  ilmiy  v a  boshqa 
qarashlar  bilan  chambarchas, bev osita bog‗liq. Shu sababli falsafa 


ijtimoiy  hayotning  muayyan  sohalarini  maxsus  tadqiq  etuv chi 
siyosatshunoslik,  huquqshunoslik,  etika,  estetika,  dinshunoslik  kabi 
ijtimoiy  fanlar  bilan  yaqindan  aloqadorlikda.  ―Filosofiya‖  yunoncha 
―fileo‖ – ―sev aman‖ hamda ―sofos‖ – ―donolik‖ so‗zlaridan to‗zilgan 
bo―lib,  tarjimada  ―donolikni  sev ish‖,  ―donishmandlikka  intilish‖ 
ma‘nolarini  beradi.  Arab  tilida  ―filosofiya‖  –  ―falsafa‖,  ―filosof‖  esa 
―faylasuf‖ deb nomlanadi. Tabiat, jamiat v a inson  haqidagi bilimlar 
hali  kurtak  holida  bo‗lgan  qadimgi  dav rlarda  falsafa  ozmi-ko‗pmi 
shakllanib 
ulgo‗rgan 
bilim 
sohalarining 
barchasini 
o‗zida 
mujassamlashtirgan  ―fanlar  fani‖  deb  qaralar  edi.  U  paytlarda 
―donishmand‖,  ―faylasuf‖,  ―olim‖  ―alloma‖  so‗zlari  sinonim 
tushunchalar  deb  qo‗llanilgan.  Masalan,  qadimgi  yunon  faylasufi 
Zenon  (er.av .  IV-IIIasrlar):  ―Falsafa  turli  mev alar  to‗la  boqqa 
o―xshaydi:  unda  mantiq  –  dev or,  fizika  –  daraxt,  etika  –  mev adir‖ 
degan  edi. ―Filosof‖  atamasini  birinchi  bo‗lib  qadimgi  yunon 
mutafakkiri  Pifagor  qo‗llagan  v a  o‗zini  shu  nom  bilan  atashlarini 
so‗ragan.  Aflotun  falsafani  alohida  bilim  sohasi,  olam  v a  odam 
to‗g‗risidagi  fan  sifatida  ilk  marta  ta‘riflab  bergan  faylasufdir. 
―Faylasuflarga  hayratlanish  xos,  -  deydi  u,  -  falsafa  hayratdan 
boshlanadi.  Chinakam  faylasuflar  haqiqatni  bilishni  sev adilar‖. 
Donolik,  donishmandlik  ko‗p  narsani  o‗qish,  ko‗p  narsani  bilish, 
bilag‗onlikda  emas.  Zero  qadimgi  yunon  mutafakkiri  Aristipp 
(er.av .430-355  y)  ta‘kidlaganidek,  ―odam  ko‗p  narsani  iste‘mol 
qilishdan  sog‗lomroq  bo‗lib  qolmaydi.  Olim  ham  huddi  shunday. 
Ko‗p  o‗qiyotgan  emas,  balki  foyda  bilan  mutolaa  qilayotgan  kishi 
olimdir‖.   
Haqiqiy  donolik,  faylasuflik  bilganlaridan  teran  umumlashmalar, 
chuqur xulosalar chiqarish, mohiyatni bilishdir.  ―Donolikdan, - degan 
edi  Demokrit,  -  uch  fazilat  kelib  chiqadi:  maqbul  qarorga  kelish, 
bexato  so‗zlash  v a  lozim  bo―lgan  ishni  qilish‖. Shunday  qilib,  falsafa 
juz‘iy  masalalar  bilan  chegaralanmasdan,  bir  butun  tizim  holidagi 
borliqning eng umumiy taraqqiyot qonunlarini o‗rganish, tushuntirish, 
izohlash  bilan  shug‗ullanadi.  Shu  bois  falsafa  dunyoqarash 
ahamiyatiga molik fan hisoblanadi. 
 Falsafa fanining muammolar doirasi ham birdaniga aniq-rav shan 
bo‗lib  ajralib  chiqmagan.  Falsafa  dastlabki  v aqtlarda  ―fanlar fani‖, 
―fanlar  podshosi‖,  ―fanlarning  gultoji‖  deb  qaralgan,  faylasuf    kishi 
esa  odamlarda  tug‗iladigan  har  qanday  sav olga  jav ob  bera 
oladigan  har  tomonlama  bilimdon  odam  deb  tushunilgan.  O‗z-
o‗zidan rav shanki, bu dav rlarda falsafa juda ham keng muammolar 
doirasiga  ega  bo‗lgan,  shu  sababdan  ining  predmeti,  bahs-
munozara 
mav zulari 
doirasi 
nihoyatda 
keng, 
mav hum 


bo‗gan. Keyinchalik,  kishilarning  ilgari  bir  butun  bo‗lgan  bilimlar 
doirasi  differentsiatsialanib,  maxsus  fan  sohalari tarmoqlanib chiqishi 
natijasida sof falsafiy muammolar sohasi aniq ko‗zga tashlanib qoldi.  

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish