Metodologik funksiya shunda ko‗rinadiki, o‗z tadqiqot ob‘ektidan
kelib chiqib, falsafa borliqning eng umumiy xususiyat, jihat v a
bog‗lanishlarini tegishli kategoriyalar, tamoillar v a qonunlarda
umumlashtiradi. Tabiat, jamiyat v a inson tafakkurini o‗rganuv chi
konkret fanlar o‗zlari erishgan yutuqlarni izohlash, talqin etishda
ushbu nazariy xulosalarga yol-yoriq sifatida tayanadilar. Negaki
qismni tadqiq etish bilan mashg‗ul fanlar bir butun haqida
umumlashmalar chiqarishga qodir emaslar. Borliqning ma‘lum bir
qismini, ya‘ni bo‗lakni o‗rganish, u haqda xulosalar chiqara olish
uchun esa butun haqida umumiy, nazariy bilimga ega bo‗lish zarur.
Shu jihatdan falsafa xususiy fanlarga nisbatan umumnazariy,
umummetodologiyav iy asos v azifasini bajaradi.
Falsafaning evristik funksiyasining ma‘nosi shundaki, u ham barcha
fanlar qatori borliqdan yangi jihat v a qonunlarni kashf etadi.
―Ev ristika‖ – lotinchadan tarjimada ―kashf etmoq‖, ―ochmoq‖
deganidir. Tarixdan ma‘lumki, ko‗plab faylasuflar aniq fanlar
sohasida, masalan, fizika, matematika, geometriya, tibbiyot,
biologiya fanlarida olamshumul kashfiyotlar qilishgan, yangiliklar
yaratishgan. Misol tariqasida, Ibn Sino, Forobiy, Pifagor, Arastu,
Leybnits, Kantning ilmiy yangiliklarini keltirish mumkin. Muhimi
faylasuflar – bir butun borliq harakati v a taraqqiyotiga daxldor
nihoyatda muhim umumfalsafiy qonun v a tushunchalarni kashf
etganliklari bilan mashhurdirlar. Masalan, Arastu to‗g‗ri fikrlashning
uch qonuni – ayniyan, ziddiyat v a istisno qonunlarini, Gegel
dialektika qonunlarini tom ma‘noda kashf etgandilar. ―Haqiqat –
chuqur quduqning tubida yashiringan‖ – degan edi qadimgi yunon
mutaffakkiri Demokrit. Falsafiy haqiqatlarni topish esa boshqa
sohalardagi kashfiyot v a ihtirolardan nazariy qimmati jihatidan aslo
kam emas.
Falsafaning eng muhim funksiyalaridan biri – gnoseologik funksiya
bo‗lib, insonning biluv chanlik qobiliyati, bilish faoliyati, uning
mexanizmlari, bocqichlari, usullari, v ositalari, haqiqatning mezonlari
haqidagi ta‘limot – bilishning umumfalsafiy nazariyasidir. Falsafani
o‗rgangan kishi olam haqidagi umumiy bilimlar sohibi bo‗libgina
qolmay, shu bilimlarni ko‗paytirish, yanada chuqurlashtirish yo‗llari,
usullaridan ham boxabar bo‗ladi.
Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi shundaki, u insonning mohiyati,
yashashdan maqsadi, hayotning qadr-qimmatini o―tmish v a kelajak
nuqtai nazaridan oqilona tushuntiradi, moddiy v a ma‘nav iy
boyliklarning hayotdagi o‗rnini to‗g‗ri belgilashga, insonni oliy
qadriyat deb bilishga, ma‘naviy-ruhiy poklikka da‘v at etadi. Faylasuf
o‗zini foniy dunyoning o‗tkinchi hoyu-hav aslari bilan bog‗lab
qo‗ymaydi, zero olamda yaxshi nom v a ezgu ishlargina mangu
qoladi. Faylasuf odamning qanoat v a shukronalik hissi bilan
yo‗g‗rilgan kamtarona, ammo yuksak ma‘naviyat to‗la shaxsiy hayoti
har qanday namunadan kuchliroq ibrat maktabidir. Riv oyat
qilishlaricha, qadimgi yunon faylasufi Diogendan: ―Falsafa sizga nima
berdi?, - deb so‗raganlarida donishmand kamtarlik bilan: - Hech
bo‗lmaganda taqdirning har qanday taqozolariga tayyor turishni‖
deb jav ob qilgan ekan. Donishmand allomalarning pand-nasihatlari,
o‗gitlari inson ma‘nav iyatiga tengsiz ozuqa beradi. Bu haqda
qadimgi dav r allomalaridan Epikur shunday degan: ―Faylasuflarning
ulardan inson dav o topmagan so‗zlari puchdir. Xuddi inson
tanasidan kasallikni quv ib chiqarmayotgan tabobatdan hech
qanday foyda yo‗qligi kabi inson qalbidan dardlarni haydamagan
falsafa ham befoydadir‖.
Falsafaning mafkuraviy funksiyasi shundaki, u odamni tabiat bilan
bir qatorda jamiyat taraqqiyotining ustuv or yo‗nalishlarini,
istiqbollarini oldindan ko‗ra bilishga, ko‗p qutbli murakkab bu
dunyoda mustaqil yo‗l topishga o‗rgatadi. Globallashuv v a
information tajov uzlar ta‘sirida keng tarqalayotgan g‗ayri ilmiy, mistik,
irratsional, ekletik, aqidaparastlik mafkura v a g‗oyalarining
tazyiqlariga bardosh berish uchun odam umuminsoniy ma‘nav iy
qadriyatlar tizimiga, sobit ilmiy asoslangan e‘tiqodga tayanmog‗i,
av lodlardan meros falsafiy madaniyatni puxta o‗zlashtirmog‗i lozim
bo‗ladi. Ayniqsa, jamiyat v a davlat rahbarlarining falsafiy madaniyati
nihoyatda zarurdir. Aflotun bu to‗g‗rida shunday deydi: ―Inson zoti,
dav lat lav ozimlarini haqqoniy v a to‗g‗ri fikrlov chi faylasuflar
egallamaguncha yoki dav latlardagi xukmdorlar qandaydir ilohiy
ajrimga ko‗ra, chinakam faylasuflarga aylanmagunlarigacha,
musibatlardan xalos bo‗la olmaydi‖.
Falsafa insonni mustaqil, erkin fikrlashga o‗rgatadi, fikriy qaramlik v a
mahdudlikka, g‗oyav iy bo‗shliqqa barham beradi, boshqa insonlar
sha‘ni, fikri, g‗oyasini, mafkurav iy plyuralizmni hurmatlashga, turli
g‗oyalar ichidan saragini-sarakka, puchagini-puchakka ajrata bilish
malakasini hosil qiladi.
O‗zbekisonning dav lat mustaqilligi barcha sohalarda bo‗lganidek,
falsafada ham sifat o‗zgarishlari amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Umuminsoniy v a milliy, sharqona v a islomiy an‘analarga qirilgan XXI
asr o‗zbek milliy falsafasini yaratish dolzarb ilmiy-amaliy v azifaga
aylandi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Dunyoqarash, indiv idual v a ijtimoiy dunyoqarash, dunyoqarashning
ijtimoiy-tarixiy tiplari: mifologik, diniy v a falsafiy, falsafa fani, falsafa
fanining predmeti, falsafiy bilimlar tizimi, falsafiy fanlar turkumi,
falsafaning muammolar doirasi, tarkibiy qismlari, ijtimoiy v azifalari v a
funksiyalari.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. E‘tiqod v a mafkura dunyoqarash tizimida qanday o―rin tutadi?
2. Falsafiy dunyoqarashning mifologik v a diniy dunyoqarashdan
farqi nimada?
3. ―Falsafa – fanlar fani‖ degan iborani qanday izoxlaysiz?
4. Falsafa fanida milliy v a umuminsoniy jihatlar qay nisbatda?
5. Falsafa v a falsafiy fanlarning o‗zaro aloqadorligi nimada?
6. Falsafa fanini o‗rganish insonga qanday naf keltiradi?
ADABIYOTLAR:
1. Karimov I. A. Yuksak ma‘nav iyat- yengilmas kuch. – T,
Ma‘nav iyat, 2008.
2. Karimov I. A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga
ishonaman. ―Fidokor‖ gazetasi, 2000 yil, 8 iyun.
3. Karimov I. A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat
qilishga xizmat etsin. – ―Tafakkur‖ jurnali, 1998, 2-son.
4. Komilov N. Tasav v uf. – Toshkent, 2001.
5. Falsafa O‗quv qo‗llanma. – Toshkent, 2005.
6. Falsafa Ma‘ruzalar matni. – Toshkent. 2000.
7. Qahhorov M. Falsafa. Ma‘ruza matnlari. — Farg‗ona, 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: |