Yigitlikda yig‗ ilmning mahzanin,
Qarilik chog‗i harj qilgil ani.
Sharqning yana bir alloma shoiri A.Jomiy bunday deydi:
Eng zarur bilimni qunt bilan o“rgan,
Zarur bo‗lmaganin ahtarib yurma.
Zarurini hosil qilgandan keyin
Unga amal qilmay umr o‗tkarma.
Shunday qilib, ―ongli odam‖ degan ibora o‗z ongi, tafakkurini
zamonav iy empirik v a nazariy bilimlar, milliy v a umuminsoniy
ma‘nav iy qadriyatlar bilan boyitgan, ta‘lim v a tarbiya ko‗rgan
kishiga nisbatan qo‗llaniladi. Bugungi mustaqil O‗zbekiston ahli
―Kuch-bilim v a tafakkurda‖ ( I.A.Karimov ) ekanligini anglab etgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‗lamdagi ma‘nav iy-
ma‘rifiy islohotlar natijasida ongli, irodali, mustaqil fikr v a e‘tiqodga
ega yangi av lod etishib chiqmoqda.
IV.Insonning tabiati murakkab va ziddiyatlidir. Bu turli mutafakkirlar,
falsafiy ta‘limotlar tomonidan qadim-qadimdan qayd etib kelinadi.
―Sotsial darv inizm‖, «antroposotsiologiya», «jamiyatning organik
tuzilishi» singari konsepsiyalarga asosan odam instinktiv , sof biologik
mav judot, unda ijtimoiy jihatlar yoq yoki bo`lgan taqdirda ham juda
kam miqdordadir.
Insonning tabiatini biologik tur sifatida bu xilda biryoqlama talqin
etuv chi konsepsiyalarni ―biologizatorlik‖, ya‘ni biologiyalashtiruv chi
konsepsiyalar deb nomlash qabul qilingan. Bu hilda fikrlov chi olimlar
uchun inson tabiati xuddi instinktlar kabi o‗zgarmasdir, ular yashash
uchun kurash, tabiiy tanlanish, hujayrav iy tuzilish kabi biologik qonun
v a tamoyillarni butunlay boshqa muhit bo‗lmish jamiyat hayotiga
to‗g‗ridan-to‗gri tadbiq etadilar. Tabiat bilan jamiyat o‗rtasidagi
sifatiy farq yo‗qqa chiqariladi. Insonni biologik mav judot deb bir
tomonlama talqin etishda esa turli irqqa, millatga mansub kishilar
o‗zaro notengligi, insonning tabiatini o‗zgartirib bo‗lmasligi,
binobarin, jinoyatchilik, ahloqiy tubanlik singari instinktiv xatti-
harakatlar tabiiy holatlar sifatida oqlanishi lozimligi haqida hulosalar
kelib chiqadi.
Shu bilan birga inson tabiatini biologizatorlik nuqtai- nazaridan bir
yoqlama tabiiy-biologik tur sifatida baholash qanchalik noto‗gri
bo‗lsa, uni faqat ijtimoiy hislatlar yig‗indisi sifatida ta‘riflash ham
shunchalik biryoqlamalik bo‗lur edi. Chunki biologizatorlik
yondoshuv ida insondagi ijtimoiylik hususiyatlari asossiz nazardan soqit
qilinib, hatoga yo‗l qo‗yilsa, ―sotsiologizatorlik‖ konsepsiyalarida
insondagi tabiiy-biologik hususiyatlar xuddi shunday nazardan
chetda qoladi v a bir yoqlamalikka yo‗l qo‗yiladi.
Inson tabiati ziddiyatli ekanligini din ham qayd etadi. Islom diniga
ko‗ra, hudo odamga ham hayv onlik, ham shaytonlik, ham farishtalik
jihatlarini bag‗ishlagan deyiladi. Masalan, hayotni faqat yeb-ichish
deb bilgan nafs bandalarida hayv onlik hususiyatlari ustun, qing‗ir
hayotga o‗rgangan kishilarda shaytoniylik ko‗proq, halol rizq topib
yashayotgan odamlarda esa farishtalik hislatlari ustundir.
Inson tabiatining ziddiyatliligi haqida mashhur tasav v ufchi alloma
Shayx Aziziddin Nasafiyning quyidagi fikrlari ham diqqatga molik:
―Inson hayv on turlaridan biri. Aynan hayv on ruhi tarbiya topib, talim
v a tahsil ko`rib, takrorlash, taqv o v a zikr tufayli darajalar bo`ylab
riv ojlanadi v a har bir daraja, martabada yangi nomga molik
bo`ladi.‖ Odam jisman hayv onga monand, - degan edi mutafakkir
shoir Abdurahmon Jomiy, -shu bilan birga u biror maxluqotda
uchramaydigan nutq, til v a tafakkur sohibidir. Jomiy insonni ―hayv oni
notiqa‖, ya‘ni nutqqa ega mav judot deb atagan.
―Inson-ijtimoiy mav judot‖ degani inson tabiatidagi biologik
jihatlarning ahamiyatini yo‗qqa chiqarishni bildirmaydi. Dastlab
biologik tur sifatida mav jud bo‗lgan odam ev olyutsiyaning ma‘lum
bosqichida mehnat, jamoav iylik, nutq v a ong tufayli tabiatdan
ijtimoiy v ujud sifatida ajralib chiqdi, ijtimoiylashdi, ammo uning
biologik jihatlari yo`qolib ketmadi, shaklan v a mazmunan o‗zgardi,
holos. Muhimi-unga nisbatan tabiiy tanlanish qonuni o‗z belgilov chilik
ahamiyatini yo`qotdi. Odam o‗zida biologik v a ijtimoiy jihatlarni
birlashtirgan murakkab sotsiobiologik vujudga aylandi. Inson irodasi,
hayv olarnikidan farqli o‗laroq, ong nazorati ostidadir. Odam o‗z
ehtiyojini qondirish bilan cheklanmasdan, boshqalar uchun ham
hayotiy muhim ne‘matlar yaratadi. U barcha jonzotlardan ma‘nav iy
ustunligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |