Ma’mur qahhorov



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/95
Sana07.07.2021
Hajmi0,63 Mb.
#111976
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95
Bog'liq
falsafa

 
Yigitlikda yig ilmning mahzanin, 
Qarilik  chogi harj qilgil ani. 
 
Sharqning yana bir alloma shoiri A.Jomiy bunday deydi: 
 
Eng zarur bilimni qunt bilan o“rgan, 
Zarur bolmaganin ahtarib yurma. 
Zarurini hosil qilgandan keyin 
Unga amal qilmay umr otkarma. 
 
Shunday  qilib,  ―ongli  odam‖  degan  ibora  o‗z  ongi,  tafakkurini 
zamonav iy  empirik  v a  nazariy  bilimlar,  milliy  v a  umuminsoniy 
ma‘nav iy  qadriyatlar  bilan  boyitgan,  ta‘lim  v a  tarbiya  ko‗rgan 
kishiga  nisbatan  qo‗llaniladi.  Bugungi  mustaqil  O‗zbekiston  ahli 
―Kuch-bilim v a tafakkurda‖ ( I.A.Karimov  ) ekanligini anglab etgan. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‗lamdagi ma‘nav iy-
ma‘rifiy  islohotlar  natijasida  ongli,  irodali,  mustaqil  fikr  v a  e‘tiqodga 
ega yangi av lod etishib chiqmoqda. 
IV.Insonning tabiati murakkab va ziddiyatlidir. Bu turli mutafakkirlar, 
falsafiy  ta‘limotlar  tomonidan  qadim-qadimdan  qayd  etib  kelinadi. 
―Sotsial  darv inizm‖,  «antroposotsiologiya»,  «jamiyatning  organik 
tuzilishi»  singari  konsepsiyalarga  asosan odam instinktiv , sof  biologik 
mav judot, unda ijtimoiy jihatlar yoq yoki  bo`lgan taqdirda ham juda 
kam miqdordadir. 


Insonning  tabiatini  biologik  tur  sifatida  bu  xilda  biryoqlama  talqin 
etuv chi konsepsiyalarni  ―biologizatorlik‖, ya‘ni biologiyalashtiruv chi 
konsepsiyalar deb nomlash qabul qilingan. Bu hilda fikrlov chi olimlar 
uchun inson tabiati xuddi instinktlar kabi o‗zgarmasdir, ular yashash 
uchun kurash, tabiiy tanlanish, hujayrav iy tuzilish kabi biologik qonun 
v a  tamoyillarni  butunlay  boshqa  muhit  bo‗lmish  jamiyat  hayotiga 
to‗g‗ridan-to‗gri  tadbiq  etadilar.  Tabiat  bilan  jamiyat  o‗rtasidagi 
sifatiy  farq  yo‗qqa  chiqariladi.  Insonni  biologik  mav judot  deb  bir 
tomonlama  talqin  etishda  esa  turli  irqqa,  millatga  mansub  kishilar 
o‗zaro  notengligi,    insonning  tabiatini  o‗zgartirib  bo‗lmasligi, 
binobarin,  jinoyatchilik,  ahloqiy  tubanlik  singari  instinktiv       xatti-
harakatlar  tabiiy  holatlar  sifatida  oqlanishi lozimligi haqida hulosalar 
kelib chiqadi.  
Shu  bilan  birga  inson  tabiatini  biologizatorlik  nuqtai-  nazaridan  bir 
yoqlama  tabiiy-biologik  tur  sifatida  baholash  qanchalik  noto‗gri 
bo‗lsa,  uni  faqat  ijtimoiy  hislatlar    yig‗indisi  sifatida  ta‘riflash  ham 
shunchalik  biryoqlamalik  bo‗lur  edi.  Chunki  biologizatorlik 
yondoshuv ida insondagi ijtimoiylik hususiyatlari asossiz nazardan soqit 
qilinib,  hatoga  yo‗l  qo‗yilsa,  ―sotsiologizatorlik‖  konsepsiyalarida 
insondagi  tabiiy-biologik  hususiyatlar  xuddi  shunday  nazardan 
chetda qoladi v a bir yoqlamalikka yo‗l qo‗yiladi. 
Inson  tabiati  ziddiyatli  ekanligini  din  ham  qayd  etadi.  Islom diniga 
ko‗ra, hudo odamga ham hayv onlik, ham shaytonlik, ham farishtalik 
jihatlarini  bag‗ishlagan  deyiladi.  Masalan,  hayotni  faqat  yeb-ichish 
deb  bilgan  nafs  bandalarida  hayv onlik  hususiyatlari  ustun,  qing‗ir 
hayotga  o‗rgangan  kishilarda  shaytoniylik  ko‗proq,  halol  rizq  topib 
yashayotgan odamlarda esa farishtalik hislatlari ustundir.  
Inson  tabiatining  ziddiyatliligi  haqida  mashhur  tasav v ufchi  alloma 
Shayx  Aziziddin  Nasafiyning  quyidagi  fikrlari  ham  diqqatga  molik: 
―Inson hayv on turlaridan biri. Aynan hayv on ruhi tarbiya topib, talim 
v a  tahsil  ko`rib,  takrorlash,  taqv o  v a  zikr  tufayli  darajalar  bo`ylab 
riv ojlanadi  v a  har  bir  daraja,  martabada  yangi  nomga  molik 
bo`ladi.‖ Odam jisman hayv onga monand,  - degan edi mutafakkir 
shoir  Abdurahmon  Jomiy,  -shu  bilan  birga  u  biror  maxluqotda 
uchramaydigan nutq, til v a tafakkur sohibidir. Jomiy insonni ―hayv oni 
notiqa‖, ya‘ni nutqqa ega mav judot deb atagan.  
―Inson-ijtimoiy  mav judot‖  degani  inson  tabiatidagi  biologik 
jihatlarning  ahamiyatini  yo‗qqa  chiqarishni  bildirmaydi.  Dastlab 
biologik  tur  sifatida  mav jud  bo‗lgan odam ev olyutsiyaning ma‘lum 
bosqichida  mehnat,  jamoav iylik,  nutq  v a  ong  tufayli  tabiatdan 
ijtimoiy  v ujud  sifatida  ajralib  chiqdi,  ijtimoiylashdi,  ammo  uning 
biologik  jihatlari  yo`qolib  ketmadi,  shaklan  v a  mazmunan  o‗zgardi, 


holos. Muhimi-unga nisbatan tabiiy tanlanish qonuni o‗z belgilov chilik 
ahamiyatini  yo`qotdi.    Odam  o‗zida  biologik  v a  ijtimoiy  jihatlarni 
birlashtirgan murakkab sotsiobiologik vujudga aylandi.  Inson irodasi, 
hayv olarnikidan  farqli  o‗laroq,  ong  nazorati  ostidadir.  Odam  o‗z 
ehtiyojini  qondirish    bilan  cheklanmasdan,  boshqalar  uchun  ham 
hayotiy muhim ne‘matlar yaratadi. U barcha jonzotlardan ma‘nav iy 
ustunligi bilan ajralib turadi.  

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish